Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/184
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194223
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

 
Transport 
Ayol kishiga joy berayotgan erkak o‘rnidan turib, uzoqroq joyga borib turadi. 
Ishdan charchab kelayotgan erkak ayolga joy bo‘shatish kerak, deb hech kim 
majburlamaydi. O‘z vijdoniga havola. Ammo odob bolali ayollarga, yoshi katta yoki 
nogironga joy berishni talab qiladi. Ba’zida qariyalar turib, erkaklarimiz yoshgina 
chiroylik qizlarga, garchi ular o‘tirmasa ham bo‘lsa-da, sakrab turib joy beradilar. 
Ba’zida esa kuchli jins vakillaridan deb, ayollarni noziklikda ayblashni yaxshi 
ko‘radigan o‘sha erkaklarimiz qizlarga tugul yoshi katta ayollarga ham joy 


137 
bermaydilar yoki yonida o‘tirgan yosh qizni turib joy berishini kutib o‘tiradilar. 
Mardlik ham nomardlik ham, haqiqiy erkaklik g‘ururi ham mayda narsalardan 
boshlanadi. O‘zini jonini shuнerda ayagan erkakdan boshqa narsani kutmasa ham 
bo‘ladi.
Qizlarimiz esa o‘zlarini dugonalari bilan gaplashib ketayotgan va kattalarni yoki 
homilador ayollarni «sezmay» qolganlarini ko‘rsatishga intilsalar-da, bu juda xunuk 
ko‘rinish kasb etadi. Garchi yo‘lovchilar sizlarga hech narsa qila olmasalar-da, siz 
ham kelajagingiz uchun kichiklar oldida shunday «ibrat» tayyorlaysiz. Keyin xafa 
bo‘lmang. Joy berilgan odam tashakkur aytadi, ammo uni gapga tutmaydi. Agar 
erkak bilan ketayotgan ayolga boshqa erkak joy bersa, tashakkurni yonidagi erkak 
kishi bildiradi. Transportdan chiqishda avval erkak tushib, ayolga chiqishga yordam 
beradi. Notanish erkakka bu gap taalluqli emas. Biron qiyinchilik tug‘ilmasa, ayol 
kishini o‘tkazib yuboraveradi. Bolali yoki yuki bor ayolga chiptachi yoki haydovchi 
yordam bermagan taqdirda notanish erkak buni o‘z bo‘yniga oladi, ammo buni 
ortiqcha so‘zlarsiz, tanishuvga intilishsiz jiddiy tarzda bajaradi. 
Poyezd, tramvay yoki avtobusda yonimizda turgan kattalarni, erkaklar – 
ayollarni o‘tkazib navbat bilan shoshmasdan chiqiladi. Agar ayol erkak kishi bilan 
bo‘lsa, navbatga qarab joy olishadi. Ayollar o‘z «imkoniyatlaridan» foydalanib 
tramvay vagoni yoki avtobusga hammadan oldin, yonidagi yo‘ldoshini tashlab chiqib 
olmaydi. Ammo bu ro‘y bersa, erkak unga yetib olishga harakat qilib oldinga boshqa 
ayollarni turtib jon-jahdi bilan intilmaydi. Olomon bir pasga sizni ayirsa, buni 
qo‘rqinchli joyi yo‘q. Ayolga joy berilgach, u o‘zining sog‘lom maktab yoshidagi 
farzandini u joyga o‘tkazishi yaxshi emas. Yoshi o‘tgan ayolni yetaklab ketayotgan 
ayol o‘tirishga joy topolmasa, yoshroq odamdan iltimos qilishi mumkin, albatta, odob 
bilan. Ayollar o‘zidan katta yoshdagi erkaklarga joy bermaydilar. Bir tarafdan bu 
ko‘rinishning qari yekanligini ko‘rsatib, xafa qilib qo‘yishi mumkin. YOsh qiz yoshi 
katta odamga joy bersa bo‘ladi. Transportda odamlarni oyog‘ini bosmaslikka, birovga 
suyanib olmaslikka, elkasidan turtmaslikka harakat qilish lozim. Yo‘lovchilarni 
zimdan kuzatish ham yaxshi emas.
Poyezdda atrofdagilarga nisbatan e’tibor va mulozamat ancha qiyinchilik talab 
qiladi. Tiqilinch, issiq va yuklar – bularning barchasi bosiq odamni turtinishni va 
achchiq so‘zini «ayamaydigan» temiryo‘lchiga aylantirib qo‘yadi. 
Samolyotdagi yo‘lovchilardan odatiy yo‘l qoidalarini talab qiladi. Bu yerda 
yuqoridagi muammolar yo‘q. Ammo yo‘lovchilar orasida vahima qilish ham 
yaramaydi: «Menimcha bitta motor ishlamayapti

», yoki sizga ma’lum bo‘lgan 
havo yo‘llardagi falokatlarni eslab o‘tirish: «O‘shanda ob-havo xuddi Shunday ochiq 
edi

» qabilidagi voqealarni aytish yaramaydi. 
Avtomashinada kezish – bu ham o‘ziga yarasha qoidalarga amal qilishni talab 
qiladi. Eng yaxshi joy – haydovchining yonida. To‘g‘ri, bu sal xavfliroq, ammo 


138 
qiziqarli. Bu joy ikki kishiga mo‘ljallangan. Birinchisi – mashina egasining rafiqasi, 
qolganlar esa orqa o‘rindiqda o‘tiradi. Ammo mehmonga ixtiyor berganingiz ham 
ma’qul, unga orqa o‘rindiq yoqishi mumkin. Demak, ikkita «mezbonlar» – oldinda va 
ikkita mehmonlar – orqa o‘rindiqda. Ba’zida esa mashina egasining yonida erkak 
mehmon o‘tiradi, ayollar esa – orqa o‘rindiqda. Ikkala variantni mehmonlarga tanlash 
orqali tavsiya etgan ma’qul. 
Bir paytlar ayol kishini olib ketayotgan haydovchining vazifasiga eshikni ochib 
berish qo‘yilar edi. Buning uchun u rulni tashlab, mashinaning boshqa tarafiga 
aylanib o‘tib, ayolga chiqishga yordam berar edi. Hozir bunday emas. Ammo u 
chiroyli ko‘rinishga ega. Ko‘p hollarda esa haydovchi bir oz cho‘zilib eshikni ayol 
uchun ochib yuboradi. Bugun esa bunday harakat faqat yaqin qarindosh yoki yoqqan 
ayolga nisbatan ishlatiladi. Doimo erkak-haydovchi ayol kishini yukini olib berishi 
shart.
Haydovchining yonida o‘tiradigan yo‘lovchi o‘ziga bir qancha majburiyatlarni 
oladi. Haydovchi tormoz berib mashina silkinganida, qo‘rqib ketgan bo‘lsangiz ham 
«Esing joyidami?!» qabilidagi hayqiriqlarga o‘xshash tanqidiy gaplardan o‘zini 
tiygan ma’qul. Yo‘lovchilar haydovchiga to‘liq ishonch bildirmoqlari lozim. 
Zaruratsiz to‘xtatishni so‘ramagan yaxshi. Bunday masalalarni haydovchining o‘zi 
hal qiladi. Tanishingizdan sizni ishxonangizga «tashlab» o‘tishni yoki dam olish 
kunlari siz bilan aylangani chiqishni iltimos qilmaslik kerak. Bunday takliflar faqat 
haydovchi tarafidan bo‘lishi lozim. Garchi shoshilinch bo‘lsa ham, mozor va turli 
ziyoratgohlar yonidan past tezlikda o‘tayotgan haydovchidan «tezlatishni» 
so‘ramaslik joiz.
Milliy odatlarimizga binoan bunday joylardan o‘tayotgan otliq, otdan, umuman, 
egardan tushib sekin o‘tgan. Agar sizni yo‘lakay yetkazib qo‘yishgan bo‘lsa-yu, kira 
haqini kelishmagan bo‘lsangiz, taxminiy ketadigan qiymatni berish mumkin. Ba’zilar 
buni rad etadilar – bu ularning ishi. Shaxsiy mashinani qoidaga binoan, berib 
turilmaydi. Zarurat yuzasidan maxsus vaziyatlarda tanishingizdan kasalxona yoki 
vokzalga olib borib qo‘yishni so‘rash mumkin. Tanishingiz uyidan mehmonlar bilan 
chiqar ekansiz, mashina egasi ularga olib borib qo‘yishni taklif etadi. Agar, masalan, 
besh kishi bo‘lsa, mashinaga faqat uchta kishi sig‘adi, kim kyetishni esa o‘zlari hal 
qiladi.
Davlat haydovchisi haydaydigan xizmat mashinasining orqa o‘rindig‘i eng 
nufuzli joy hisoblanadi. Agar rahbar haydovchining yoniga o‘tirsa, tavozelik qilgan 
bo‘lardi. Rahbar xodimini haydovchining yoniga o‘tkazib, o‘zi orqaga o‘tirib olsa, 
g‘alati ko‘rinadi. Uning orqa o‘rindiqda xodimasi bilan yoki haydovchining yonida 
o‘tirish bilan obro‘si tushmaydi. 
Agar taksida «Chekilmasin» degan e’lon yopishtirilib qo‘yilgan bo‘lsa, 
yo‘lovchi bunga bo‘ysunishi lozim, o‘z o‘rnida esa haydovchi ham yo‘lovchining 


139 
oynani yopib qo‘yish iltimosini bajarishi lozim. Taksiga o‘tirayotgan yo‘lovchi 
haydovchi bilan ko‘rishadi. U ham alik oladi. Ikkita yo‘lovchidan ayol kishi birinchi 
bo‘lib taksiga o‘tiradi. Uni kuzatib ketayotgan erkak haydovchining emas, ayolning 
yoniga o‘tiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin