Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/184
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194223
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

«o‘tib ketsam maylimi», 
«kechirasiz»
so‘zlarini aytib o‘tishni unumaslik joiz).
O‘tib ketayotgan ayollarni orqasidan tez-tez o‘grilib qarashdan ayniqsa, 
yoningizda ayol kishi bo‘lsa, o‘zni tiygan yaxshi. Sherigi bilan ketayotgan tanishni 
to‘xtatish ham bundan istisno emas. Ko‘chada chekmaslikka, tuflamaslikka harakat 
qilish kerak. Hech bo‘lmasa vatanparlik nuqtai nazaridan – ona Yerga tuflayotganini 
bilgan odam buni boshqa qaytarmasa kerak. Zotan, buyuk vatandoshlarimizdan biri 
Ahmad Yassaviy, Umar Xayyom o‘z asarlarida tuflash tugul tuproqqa ehtiyot bo‘lib 
qadam bosish kerakligini odamlarga bejiz uqtirishmagan.
Ko‘pchilik bilan yurish tavsiya etilmaydi. Agar shoshayotib, oldinda ketayotgan 
odamni yonidan o‘tib ketmoqchi bo‘lsangiz, uni chap tomonidan o‘tishga harakat 
qilmoq, 
«o‘tib ketsam maylimi», «kechirasiz»
so‘zlarini aytib o‘tishni unumaslik joiz. 
Agar yo‘lda to‘xtashga to‘g‘ri kelsa (biror tanishini uchratib qolsangiz, sumkadan 
biror narsani olmoqchi bo‘lsangiz), chetga o‘tgan ma’qul. Tirsak yoki qo‘l bilan 
tiqilinch joylarda turtib-surtib o‘tishga intilish qo‘pollikdir. Agar bu o‘ta zaruriyat 
kasb etsa, uzr so‘rashni unutmaslik lozim.
Yo‘lda o‘ng‘aysiz holatga tushib qolmaslik uchun, masalan, tanishni ko‘rmay 
o‘tib kyetish, salomga alik olmaslik hollari bo‘lmasligi uchun ziyrakroq bo‘lgan 
ma’qul. Juda shoshib turgan va gaplashishga moyil bo‘lmagan odamni to‘xtatish 
befarosatlikdir. Harakat ko‘p bo‘lgan joylarda uzoq suhbatlar olib borilmaydi. Shu 
bilan birga hozirda rusm bo‘lgan musiqa uchun mo‘ljallangan telefon jihozlarni 


141 
quloqqa taqib olish bir tomondan tushunmovchilikni, ikkinchi tomondan esa hayotga 
xavf ham tug‘dirishi mumkinligini o‘ylab ko‘rish lozim. Musiqaning balandligi 
orqavarotdan kelayotgan avtomobilni shovqini eshitmay qolish mumkin. Imkon 
boricha bunday narslarni eshitadigan darajada musiqaning ovozi past bo‘lgani 
ma’qul.
Agar yo‘lda biror bir ma’lumot va ko‘rsatmaga muhtoj bo‘lib qolsangiz, savollar 
bilan ichki ishlar xodimiga yoki haydovchiga murojaat qilish mumkin. Ularni 
topolmagan taqdirda uzr so‘ragan holda yo‘lovchilarga murojaat qilsa bo‘ladi. 
Kerakli ma’lumotga ega bo‘lgandan so‘ng, tashakkur bildirish odobdandir. Agar 
sizdan ko‘chada biror bir narsa so‘rashsa, tavoze’ bilan aniq, ravshan va qisqa javob 
berish kerak. Uzoqdan-uzoq tushuntirishlar bilan murakkablashmagan ma’qul. 
Ko‘chada ovqatlanish odobga to‘g‘ri kelmaydi. Yaqin-atrofdagi restoran, bufet yoki 
qahvaxonaga kirgan ma’qul. Bolalar oldida o‘zingizni madaniyatliroq tuting (garchi 
o‘z farzandlaringiz bo‘lmasa ham) – har qanday katta yoshdagi odam o‘zi istar-
istamas yonida turgan bolalarga ta’sir qila olish xususiyatiga ega. 
Ko‘chada ayolning chap tarafidan yuriladi, agar ikkita erkak bo‘lsa, chapdan 
yoshrog‘i yuradi. Agar yo‘lda ta’mirlash ishlari olib borilayotgan bo‘lsa, erkak 
trotuardan tashqarida yuradi. Agar uchta bo‘lib ketayotgan bo‘lsangiz, o‘rtadagi joyni 
nufuzliroq odamga beriladi. Masalan, professor ikkita talaba o‘rtasida, ayol kishi ikki 
erkak o‘rtasida, ikkita ayolnining o‘rtasida bitta erkak yuradi. Bunday vaziyatda har 
bir ayol uchun erkak tayanchiq vazifasini o‘taydi, hamda suhbat ham jonliroq bo‘ladi. 
Agar to‘rtta bo‘lib ketayotgan bo‘lsalar juft bo‘lib olganlari yaxshi. Yoshi kattaroqlari 
oldinda, yoshlar orqada. Beshta bo‘lsalar biri uchtadan, ikkinchisi ikkitadan bo‘linib 
olishadi. Zinapoyadan ko‘tarilayotganda erkak ayoldan kerak bo‘lganda qo‘llab turish 
uchun bir pog‘ona pastroq ketadi. Zinapoyadan tushayotganda esa ayol qoqilib 
ketaganida ushlab qolish mumkin bo‘lgan masofada tushadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin