350
4.49-rasm. MPLS tarmog„i.
MPLS texnologiyasida chegaraviy LSR qurilmalari maxsus nomga ega -
belgilar bo‗yicha chegaraviy kommutatsiyalovchi marshrutizatorlar (Label switch
Edge Routers, LER).
LER qurilmasi bajaradigan vazifasi bo‗yicha ancha murakkab bo‗lib,
boshqa tarmoqlardan trafikni standart IP-paket ko‗rinishida qabul qilib olgach,
so‗ng ularga belgini qo‗shadi va bir necha oraliq LSR qurilmalar orqali mos yo‗l
bo‗ylab LER chiqish qurilmasiga yo‗naltiradi. Bunda paket borishi kerak bo‗lgan
IP-manzil asosida harakatlanmay belgi asosida harakatlanadi.
Ekvivalent harakatlanish sinifi haqidagi (Forwarding Equivalence Class,
FEC) axborot deb ataluvchi asosida tarmoqda mavjud LSR yo‗llardan bittasida
LER IP-manzilni aks ettirishni amalga oshiradi.
IP-tarmoq
IP-tarmoq
IP-tarmoq
IP-tarmoq
IP-tarmoq
LER6
LER2
LER3
LER7
LER8
LER9
LER1
LER5
LSP1
LSP2
LSP3
LSP4
MPLS-tarmoq
LER4
351
FEC qaysidir IP tarmoq ostisiga yoki IP-tarmoq ostilar to‗plamiga mos
kelishi mumkun. FEC belgilari sifatida va IP-manzildan farqlanuvchi axborot
sifatida masalan, paket kelgan interfey nomerini yoki agarda paket Ethernet
kadrlarida inkapsulyatsiyalangan bo‗lsa VLAN nomerini ishlatishi mumkin.
Virtual kanallar texnikasini ishlatadigan xuddi boshqa texnologiyalaridek,
har bir LER va LSR qurilma doirasida belgi
mahalliy
ahamiyatga ega, yani kirish
interfeysidan chiqishga paketni uzatishda belgi qiymatini o‗zgartirish bajariladi.
MPLS da LSR yo‗llari topologiyaga mos ravishda xomaki (predvaritelno)
o‗rnatiladi. Yo‗l o‗rnatishga bir necha yondoshish mavjud, uni tanlash ko‗rsatkichi
va topish usuli bilan ular farqlanadi.
LSR bu bir yo‗nalishli virtual kanaldir, shuning uchun ikki LER qurilmalari
o‗rtasida trafikni uzatish uchun kamida ikkita belgi bo‗yicha kommutatsiya yo‗lini
o‗rnatish kerak – har bir yo‗nalishga bittadan. 4.49- rasmda ikki juft belgi bo‗yicha
kommutatsiyalash yo‗li ko‗rsatilgan, LER2 va LER3, shuningdek LER1 va LER4
qurilmalarini ulovchi. Ayonki, barcha tarmoqlarni aloqasini ta‘minlash uchun bu
yetarli emas. Odatda LER qurilmalari belgi bo‗yicha kommutatsiyalash yo‗li
yordamida to‗liq bog‗langan tarkibni tashkil qilishi kerak, uning aniq MPLS
tarmoqlarda o‗rni bor. Bu tarkib rasmda uning grafik ko‗rinishda ta‘svirlash juda
katta bo‗lganligi uchun ko‗rsatilmadi.
LER chiqish qurilmasi belgini olib tashlab keyingi tarmoqqa paketni endi
tarmoq uchun standart bo‗lgan IP shaklda uzatadi. Shunday qilib, MPLS
texnologiyasi qolgan boshqa IP tarmoqlar uchun shaffof bo‗lib qoladi.
MPLS sarlavhasi bir necha maydonlardan tashkil topgan (4.50-rasm).
Belgi
(20 bit) belgilar bo‗yicha mos ulanish yo‗lini tanlash uchun xizmat
qiladi.
Hayot vaqti
(TTL). Bu maydon 8 bitli bo‗lib, IP paketning bir xil
maydonini takrorlaydi. Bu LSR qurilmasi ―adashgan‖ paketni IP sarlavhasiga
|