Основы пакета



Yüklə 3,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/357
tarix21.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#188477
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   357
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA tarmoqlari111

 
36

ko‗p protsessorli: Wang VS 7320, AT&T 3B 4000; 
supermini-kompyuterlar: 
HS 
4000, 
ko‗rsatkichlari 
bo‗yicha 
meynfreymlardan qolishmaydi. 
Mikrokompyuterlar. Mikrokompyuterlar juda ham ko‗p va ko‗p turlidir. 
Ular o‗rtasidagi bir necha guruh ostilarini ajratib ko‗rsatishimiz mumkin (1.9-
rasm). 
Ko‗p 
foydalanuvchili 
mikrokompyuterlar–bular 
quvvatli 
mikrokompyuterlar, bir necha videoterminallar bilan jihozlangan va vaqtni 
taqsimlash ish tartibida faoliyat ko‗rsatadi, bu unda bir necha foydalanuvchi 
samarali ishlashiga imkon beradi. [4],[5] 
1.9-rasm. Mikrokompyuterlarning turlari. 
Shaxsiy kompyuterlar–bitta foydalanuvchi ishlatadigan mikrokompyuter, 
ommaboplik va universallik talablariga javob beradi.
Ish stansiyalari (workstation)-hisoblash tarmoqlarida bitta foydalanuvchi 
tomonidan ishlatishga mo‗ljallangan, ko‗pincha ma‘lum ko‗rinishdagi ishlarni 
bajarishga maxsuslashtirilgan (grafik, muhandislik, matbaa va hokazo). 
Mikrokompyuterlar 
Universal 
Maxsuslashtirilgan 
Kо‗p 
foydalanuvchili 
Bir 
foydalanuvchili 
Kо‗p 
foydalanuvchili 
(serverlar) 
Bir 
foydalanuvchili 
(ish stansiyalar) 
Tarmoq 
kompyuterlari 


 
37
Serverlar (server)–hisoblash tarmoqlaridagi ko‗p foydalanuvchi uchun 
quvvatli mikrokompyuterlar, tarmoqning barcha ish stansiyalaridan keluvchi 
so‗rovlarga ishlov berish uchun ajratilgan. 
Tarmoq 
kompyuterlari 
(network 
computer)–soddalashtirilgan 
mikrokompyuterlar, tarmoqda ishlashni va tarmoq resurslariga ega bo‗lishni 
ta‘minlovchi, ko‗pincha ma‘lum turdagi ishlarni bajarishga maxsuslashtirilgan 
(tarmoqqa ruxsat etilmagan ega bo‗lishni himoyalash, tarmoq resurslarini ko‗rishni 
tashkillashtirish, elektron pochta va hokazo). 
Shaxsiy kompyuterlar. Shaxsiy kompyuterlar (ShK) mikrokompyuterlar 
guruhiga taalluqli, lekin ular ommaviy tarqalganligi uchun alohida diqqatga 
sazovordir. ShK tatbiq etilishdagi ommaboplik va universallik talablarini bajarish 
uchun quyidagi sifatlarga ega bo‗lishlari kerak: 

narxining arzon bo‗lishi; 

atrof-muhitga maxsus talabsiz alohida ishlata olishlik; 

arxitekturasining moslashuvchanligi, boshqarishda, ilm-fanda, ta‘limda, 
ro‗zg‗orda va boshqa turli sohalarda tatbiq etilishiga uni moslashtirib beradi; 

hech qanday maxsus tayyorgarliksiz foydalanuvchi operatsion tizimining 
va boshqa dasturiy ta‘minotlarining do‗stonaligi (ishlata olishligi); 

ishlashining yuqori ishonchliligi (birinchi buzilishgacha ishlash vaqti 5000 
soatdan ko‗p). 
Shaxsiy kompyuterlar orasida birinchi navbatda IBM (International Business 
Machine Corporation) firmasining kompyuterlarini qayd qilib o‗tish kerak: 

IBM PC XT (Personal Computer eXtended Technology); 

IBM PC XT (Personal Computer Advanced Technology) 80286 (16-
razryadli) mikroprotsessorlarida; 

IBM PS/2 8030–PS/2 8080 (PS Personal System, quyidagilardan tashqari 
barchasi PS/2 8080,-16- razryadli, PS/2 8080 – 32- razryadli); 

IBM PC AT 80386 va 80486 mikroprotsessorlarida (32-razryadli); 



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   357




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin