Основы пакета


Ko‗p yadroli mikroprotsessorlar



Yüklə 3,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/357
tarix21.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#188477
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   357
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA tarmoqlari111

Ko‗p yadroli mikroprotsessorlar
Ko‗pchilik mutaxassislarning fikricha, mikroprotsessorlarning takt 
chastotasini oshirish yo‗li orqali tezligini oshirish o‗z imkoniyatlarini tugatib 
bo‗lgan. Takt chastotasi 3,8 GGs Pentium 4E mikroprotsessori iste‘mol quvvati 
160 Vt atrofida (tok kuchi 100 A ko‗proq) va bu kristallning maydoni 1,2 sm
2
bo‗lganda. Shuning uchun Intel kompaniyasi MP takt chastotasini 20 GGs gacha 
oshirish rejasidan to‗xtatgan, MP unumdorligini hisoblashlarni parallel bajarish 
yo‗li bilan oshirishga qaror qilgan. Shu kabi g‗oyalar yuqori parallelli ko‗p 
protsessorli tizimlarda va serverli MP Xeon (Intel) va Opteron (AMD) larda joriy 


 
72
etilgan edi. 2005-yillar o‗rtasida shaxsiy kompyuterlarda bitta jismoniy 
mikroprotsessorda faqat ikkita parallel ishlovchi virtual protsessor (masalan, NT 
texnologiya) bilan ish chegaralangan edi. Lekin virtual mikroprotsessor real 
unumdorlikni 10–30% oshirgan, ammo faqat hisoblashlarni parallellashtirishi 
mumkun bo‗lgan dasturlar uchun va muhimi ularda parallel oqimlar buyruqlari bir 
vaqtda mikroprotsessorning bir xil apparat resurslarini ishlatmaydilar, masalan, 
mikroprotsessor xotirasi, L1 kesh-xotira, AMQ va boshqalar. Bu esa juda ham kam 
ro‗y beradi. 
Ikki yadroli Xeon va Opteron mikroprotsessorlari sezilarli darajada kuchli 
taassurotni ta‘minlaydi. Birinchi ikki yadroli protsessorlar AMD kompaniyasi 
tomonidan 2004-yili avgustda havola qilingan va 2005-yili ishlab chiqarilgan 
(yuqori unumdorli 64-razryadli Opteron). Intel kompaniyasi o‗zining ikki yadroli 
64-razryadli Xeon mikroprotsessorini ishlab chiqarishda biroz kech qolgan (2005-
yili sentabr). 2,8 GGs takt chastotali ikki yadroli Xeon mikroprotsessori 
(kodlangan nomi Paxville) L2 kesh-xotira sig‗imi 2 Mbayt va DDR 2 operativ 
xotira bilan ishlaydi. Bu mikroprotsessorning ikki yadrosi uchun bitta shina xizmat 
qiladi. Paxville server protsessori hisoblanadi, uning ishlashi uchun yangi Intel 
YE8500 chipseti talab etiladi. Mikroprotsessorning Smithfield yadrosi bitta 
monokristallda ikkita Prescott yadrosini mujassamlashtirgan, umumiy sxemali 
komponentlarga ega emas (AMD kompaniyasining Athlon 64X2 ikki yadroli MP 
yadro uchun umumiy komponentlarga ega: shina arbitri va DDR xotira 
kontrolleri). 
Ikki yadroli MP parallel virtual protsessorga qaraganda yuqori unumdorlikni 
ta‘minlaydi, chunki ularda birga ishlatiladigan resurslar deyarli yo‗q (AMQ, MPX, 
L1 kesh-xotira har birining o‗ziniki bor). Ularning iste‘mol quvvati yuqori 
chastotali bir yadroli mikroprotsessorlarga qaraganda ancha kam. Qayd qilingan 
afzalliklarni hisobga olgan holda, ikki va ko‗p yadroli protsessorlar shaxsiy 
kompyuterlarda keng miqyosda qo‗llanib boriladi. 2007-yilda ishlab chiqarilgan 



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   357




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin