102 Yuqorida qayd qilingan ko‗pchilik qurilmalar shartli ravishda ajratilgan
guruh multimedia vositalariga taalluqlidir.
Multimedia (multimedia, ―ko‗p muhitlilik‖)–bu apparat va dasturiy
vositalarning majmuasi bo‗lib, u insonga o‗zi uchun turli-tuman tabiiy muhitdan
foydalanib, tovush, tasvir, grafika, matnlar, animatsiyalar va boshqalar orqali
kompyuter bilan muloqot qilishiga imkon beradi. Multimedia vositalariga tovushli
axborotni kiritish va tovushli axborotni chiqarish qurilmalari; mikrofonlar va
videokameralar, kuchaytirgichli akustik va tasvirlarni aks ettirish tizimlari, tovush
kolonkalari, katta tasvir ekranlari; tovush va videoadapterlar, videozaxvat platalari,
videomagnitofonlardan tasvirlarni oluvchi yoki videokameralar va ularni ShK ga
kirituvchilar; bosma matnlarni va rasmlarni kompyuterga avtomatik ravishda
kiritishga imkon beruvchi ko‗p tarqalgan skanerlar; tovush va videoaxborotlarni
yozish uchun ishlatiladigan katta sig‗imga ega bo‗lgan optik disklardagi tashqi
xotira qurilmalari.
Qo‗shimcha integral mikrosxemalar .
Tizimli
shinaga
va
mikroprotsessorga, shaxsiy kompyuterga, tipik tashqi qurilmalar qatorida ba‘zi
qo‗shimcha integral mikrosxemalarni ham ulash mumkin, ular mikroprotsessor
bajaradigan vazifalarning imkoniyatlarini kengaytirish va yaxshilash uchun xizmat
qiladi:
matematik soprotsessor;
xotiraga bevosita ega bo‗lish kontrolleri;
kiritish-chiqarish soprotsessori;
uzulishlar kontrolleri va hokazolar.
Matematik soprotsessor suriluvchi va qayd qilingan vergulli ikkilik sonlar
ustida operatsiyalarni bajarilishini, ikkilik kodlashtirilgan o‗nlik sonlar ustidagi,
ba‘zi transsendent hisoblashlarni va trigonometrik funksiyalarning bajarilishini
tezlatish uchun ishlatiladi. Matematik soprotsessor o‗zining buyruqlar tizimiga ega
va asosiy MP bilan parallel (bir vaqtda) uni boshqarishida ishlaydi. Operatsiyalarni