O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə33/42
tarix11.05.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#57548
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42
T. Kuchkarov, A. Ishmuradov, D. Xudaynazarova «ekonometrika» O‘q

Geteroskedastiklik nima?13

Gomoskedastiklik va geteroskedastiklik so‘zlarining dastlabki ta’rifi bilan boshlansa yaxshi bo‘lar edi. Ba’zi mualliflar avvaldan keltirilgan gomoskedastiklikni turlicha ta’riflagan. Lekin, Makkullok (1985) gomoskedastiklik so‘zi yunonchadan kelib chiqqanligi haqiqatiga asoslanib, bu ixtilofni gomoskedastiklik foydasiga hal qilgan ko‘rinadi. Bizning o‘quv tajribamizdan shuni angladikki, talabalar geteroskedastiklik terminidan negadir “qo‘rqishadi” va iqtisodning qiyinligini namoyish qilmoqchi bo‘lgan paytda ular bu atamadan juda ko‘p foydalanish kerakligini ko‘rsatishadi. Shuning uchun, bizning fikrimizcha, bu so‘zning aniq ma’nosini va kelib chiqishini oydinlashtirish zarur. Ijobiy jihatdan Styudentmand (2001) juda chiroyli tarzda, talaffuz qilish qiyin bo‘lsada, ota-onalar hamma pulga nimani o‘rganding?, deb so‘raganda, albatta ta’sirchan javob berishini ta’minlaydi.

Ikkita so‘zni ikki qismga bo‘lish mumkin. Yunoncha so‘zlarning 1-qismida Gomo (bir xil yoki teng ma’nolarini anglatadi), yunoncha so‘zlarning 2-qismi sedastic (tarqatish, sotish va h.k.). Shunday qilib, gomoskedastiklik teng taqsimlash, geteroskedastiklik esa teng bo‘lmagan taqsimlanishni bildiradi.

Ekonometrikada taqsimlanish o‘lchovi uchun variantlilikdan foydalanamiz.

Chiziqli regressiya klassik modelining takliflarga asoslangan holda, buzilishlar i ga nomunosib ravishda doimiy (teng) dispersiyaga ega bo‘lishi lozim. Tenglama quyidagi matematik shaklda keltiriladi:14

(3.45)

Shuning uchun, teng farq bo‘lgan buzilishlar gomoskedastiklik degan ma’noni anglatadi. Shu bilan birga, ko‘pchilik taxminlar buzilish holatlari regression tahlillarda uchraydi. (Umumiy holatda geteroskedastiklik ko‘ndalang kesimli doiralarda joylashish ehtimoli ko‘proq. Lekin, bu geteroskedastiklikning vaqtli qatorlar modellarida bo‘lishi mumkin emas, degan ma’noni anglatmaydi).

Bunday holatlarda biz gomoskedastiklik taxminlari buzildi deb ayta olamiz va xatolar shartlari dispersiyasi aynan qaysi kuzatish muhokama qilinayotganligiga bog‘liq bo‘ladi, aynan:
(3.46)
(3.14) va (3.15) o‘rtasidagi yagona farq i indeksning ga biriktirilganligiga ahamiyat bering, ya’ni i = 1,2,3, ..., n ko‘rinishdagi turli kuzatish uchun dispersiya o‘zgarishi mumkin degan ma’noni anglatadi. Buni yanada aniq qilish uchun, regressiya modelining quyidagi ko‘rinishdagi oddiy ikki o‘zgaruvchisiga qaytish foydalidir:
(3.47)
Birinchidan, 3.2-rasmda keltirilgan to‘plam regressiya chizig‘i grafigini ko‘rib chiqamiz va uni 3.3-rasm bilan solishtiramiz. 3.2-rasmdagi nuqtalar X(X1<X2<X3) ning turli qiymatlariga tegishli bo‘lsada, Y ga ta’sir ko‘rsatadi. Ular regressiya chizig‘i ustida va ostida teng tarqalishi bilan regressiya chizig‘i atrofida yaqindan jamlangan (ya’ni, teng tarqalgan = gomoskedastik).

3.2-rasm. Doimiy dispersiya ma’lumotlari


3.3-rasm. O‘sib boruvchi dispersiya geteroskedastikligiga misol


Boshqa tomondan, 3.3-rasmdagi X1, X2 va X3 lar X ning turli xil mazmunlariga bog‘liq, lekin bu safar aniqki, qanchalik X ning mazmuni yuqori bo‘lsa, shunchalik chiziq atrofidagi tezlik yuqori bo‘ladi. Bu holatda tarqalish har bir Xi dan boshqacha yoki teng emas hisoblanadi (regressiya chizig‘i ustidagi va ostidagi nuqtali chiziqdan berilgan), shunday qilib biz geteroskedastiklikka ega bo‘lamiz. Endi tushunarliki, 3.4-rasmda biz qarama-qatshi holatga egamiz (past Xi uchun dispersiya yuqori). Geteroskedastiklik birinchi misoli daromad va iste’mol modellari nuqtai nazaridan berilgan bo‘lishi mumkin

Kam daromad oluvchi odamlar katta xarajatlar qilish tarafdori emas. Ularning daromadlari katta qismi oziq-ovqat olishga, kiyinishga va transportga sarflanadi. Daromadning past bosqichlarida, iste’mol modellari ko‘p farq qilmaydi va tarqalish ko‘proq yoki kamroq past bo‘ladi. Boshqa tomondan, boy odamlarning ko‘proq sarflashga imkoniyati va xohishi mavjud.


3.4-rasm. Pasayuvchi dispersiyali geteroskedastlikka misol



Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin