O’zbekisтon respublikasi хalq тa’limi vazirligi navoiy davlaт pedagogika insтiтuтi


II BOB. Qutadg’u bilig” asaridagi so’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlari



Yüklə 135,75 Kb.
səhifə12/46
tarix21.12.2022
ölçüsü135,75 Kb.
#76993
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   46
Kitob 8564 uzsmart.uz - копия (14) - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копи - копия

II BOB. Qutadg’u bilig” asaridagi so’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlari.


1.1Asarda qo’llangan sinonim so’zlarning o’ziga xos xususiyatlari

Ma’lumki, tilning boyligi va nutqning jozibadorligi, ta’sirchanligini ta’minlashda sinonimlarning ahamiyati katta. Sinonimik qatorni tashkil etgan so’zlar qaysidir ma’no qirralari bilan bir-biridan farqlanadi va o’z navbatida ma’no nozikligini ta’minlaydi. “Sinonimlar nutqda qaytariqlarga yo’l qo’ymaslik, nutqni ravon tuzish imkoniyatini beradi. “17


Shaklan har xil ,ammo bir tushunchani turli bo`yoq va ottenka tusi bilan ifodalaydigan leksemalar sinonim deyiladi. Sinonim leksema orasidagi munosabat deb yuritiladi.18
Sinonim leksema sememalaridagi atash va vazifa semasi aynan bir xil bo`lib, ifoda semasi farqlanadi.
Bir umumiy ( birlashtiruvchi ) ma`nosi bilan o`zaro bog`lanuvchi so`zlar gruppasi sinonimik qator deyiladi. Sinonimik qator ikki yoki undan ortiq so`zdan tashkil topishi mumkin. So`zlarni sinonim qiladigan narsa ularning bir xil ma`noga egaligi ekan, ko`p ma`nosida boshqa so`zlar bilan sinonim bo’lishi mumkin. Boshqacha aytganda, ko`p ma`noli so`z har bir ma`nosi bilan boshqa-boshqa sinonim qatorda bo`lishi mumkin.19
Sinonimlar odatda bir xil ma`noli so`zlar, bir-biriga yaqin ma`noli so`zlar, yaqin yoki bir ma`noli so`zlar, lekin uslubiy bo`yoqlari qo`llanish sathlari faqlanuvchi so`zlar sifatida ta`riflanadi. Ta`riflardan ko`rinib turibdiki, sinonimlar





17O’zbek tili leksikologiyasi. Toshkent: 1981-yil 244-bet.
18To`xliyev B, Shamsiyev M, .Ziyodova J .O`zbek tili o`qitish metodikasi .Toshkent:2006.70-bet.
19Shoabdurahmonov Sh va boshqalar.Hozirgi o`zbek adabiy tili.Toshken:,1980.114-bet.
chegarasi fanda unchalik aniq emas, cho`chimoq-hayiqmoq-qo`rqmoq qatorida harakat belgi darajasi turlicha atalmoqda.20
Sinonimlarning mohiyatini to`g`ri tushunish uchun ikki hodisani bir-biridan farqlash lozim:

  1. Tushuncha va so`z, ularning o`zaro munosabati;




  1. So`z va uning ma`nolari, har bir so`zning ma`no ottenkalari.21

Ma`nodoshlik qatoridagi leksemalarning ifoda semasi turli-tuman , ularning ayrimlari quyidagilar:



  1. Ijobiy yoki salbiy baho yoxud munosabat semasi;




  1. Leksemalarning qo`llanish davrini ko`rsatuvchi sema:”eskirgan”, “yangi”, “o`ta yangi”, “arxaik”.

  2. Leksemalarning qo`llanish doirasini ko`rsatuvchi sema: “shevaga xos”, “so`zlashuvga xos”, “kitobiy”, “ko`tarinkilik” va boshqalar.

Shuning uchun ham an`anaviy sinonimlarni:



  1. Bir atalmishni (denotatni , borliq-hodisani) turli munosabatlar bo`yog`i bilan atovchi so`zlar guruhi;

  2. Atalmishdagi belgini turli darajalarda ifodalovhi so`zlar guruhi.22

Sinonimlar obrazlilik, emotsionallik, ta’kidni ta’minlash maqsadida ham keng qo’llanadi. Buni Yusuf Xos Hojib asari misolida ham ko’rishimiz mumkin:


Qamug’ nangka vaqt ul, kuni belguluk,



Yüklə 135,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin