O’zbekisтon respublikasi хalq тa’limi vazirligi navoiy davlaт pedagogika insтiтuтi



Yüklə 135,75 Kb.
səhifə35/46
tarix21.12.2022
ölçüsü135,75 Kb.
#76993
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46
Kitob 8564 uzsmart.uz - копия (14) - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копи - копия

Kishilar boshi birikuvida ham o’zining asl ma’nosidan chekinib, ko’chma “eng oldingi, birinchi” semasini namoyon qilib kelmoqda. Bunda tana a’zosi- chetlashgan sema o’rni yo’ldosh sema bilan to’ldirilgan va natijada “kishilarning eng oldi, asli, birinchisi” ma’nosi hosil qilingan.
Har ikki holatda ham metaforani hosil qilishda predmetlardagi shakl o’xshashligiga asoslanilgan.
Bayat fazli birla ag’irlar qilur,
Bilig qapg’a achlur, o’ngarur yo’lug’. Bilig bilsa kunda kutadur kuni, Necha ma kichig ersa bo’ldi ulug’.
Mazkur bandda qapg’a so’zi bilan bog’liq ma’no ko’chishi kuzatilmoqda.
Xudo fazli birla ulug’lar qulin, Ochar ilm eshigin, topar o’z yo’lin. Bilm bo’lsa kunda topar ro’shnolik, Kichig bo’lsa hamki ulug’lar o’rin.
(www.ziyouz.com kutubxonasi )


Qapg’a(eshik) so’zi o’z ma’nosida “uy, xona, bino yoki hovlining kiraverishida o’rnatiladigan, ochib-yopib turiladigan qurilish buyumi”(O’TIL.V.64-bet) ma’nosini bildiradi. Mazkur (biligqapg’a(eshigi)) birikmasida eshik so’zi asl “buyum” ma’nosidan uzoqlashib, “bir maqsadga erishish yo’li, imkoniyat yo’li” -ko’chma ma’nosida qo’llangan. Bunda narsa predmetlardagi shakl o’xshashligiga asoslanilgan.
Urug’lug’ kishilar qilinchi silig,
Vafa birla xalqqa yadig’li alig. Arig’siz, qilinchi vafasiz, jafa, Necha ma etursa shaker ham yilig.
***


Asl, sof kishilar ishi –yaxshilik, Vafo birla xalqqa qilar ezgulik. Tuban, pastlar ishi- vafosiz, jafo. Agarchi yedirgay shaker ham ilik.
(www.ziyouz.com kutubxonasi )

Ushbu (urug’lik kishilar) birikmasida urug’lik so’zi asli “ekish uchun ajratilgan don-dun, meva va.h”(O”TIL.IV.298-bet) ma’nosini anglatadi. Ma’lumki, ekish uchun eng sara,asl urug’lar olinadi. Ana shu “saralik, asllik” semasi o’xshashlik asosida kishi leksemasiga ko’chirilgan. Bunda “narsa,urug’” semasining chekinishi natijasida, “saralik” semasi kuchaytirilgan.


Ma’no ko’chishining metafora usulini hosil qilishda bir predmetga xos harakatning nomi boshqa bir predmetning harakatiga ko’chirilishiga ham asoslaniladi. Buni durdona asar-“Qutadg’u bilig” da ham ko’rish mumkin:
Kishi ko’ngli tutchi tilar edguni, Avitur tilak bulguqa o’zini.
Qali bo’lsa arzu, tilakin tugal, Ko’ngul ko’trur andin, kesar so’zini.
(www.ziyouz.com kutubxonasi )

Ushbu o’rindagi so’zini kesarbirikmasidagi kesmoq asli-“tig’ bilan tanasi, etini tilmoq; bo’laklarga ajratmoq”(O”TIL. II.357-bet) ma’nosini bildiradi.


Mazkur (so’zini kesar) birikuvidagi kesmoq so’zining asl (tig’ bilan kesish) semasi uzoqlashib, ko’chma “oraga luqma tashlab, gapni bo’lmoq, to’xtatmoq” ma’nosi kuchaygan. Natijada “to’xtatilgan gap” ma’nosi yuzaga kelgan. Bu esa ma’noda noziklik va ekspressivlikni ta’minkashga xizmat qiluvchi vosita bo’lmoqda.
Metaforalarning go’zal na’munalari, yuqorida aytib o’tilganidek, “Qutadg’u bilig” ning keng ommaga mo’ljallangan Boqijon To’xliyev tomonidan ishlab chiqilgan tabdilida ham uchraydi:
Esa keldi Sharqdan bahorning yeli Olamga ochildi go’zallik yo’li.
Bo’z yer iporlandi qoru muz ketib,



Yüklə 135,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin