15
davlatining jamoalari qatnashadi, “So‘g‘diyona” orkestri esa mehmon sifatida taklif
etiladi.
Festival konsert dasturi “O‘yin Bayoti”, “Cho‘li Iroq”, “Soqinomai Savti
Kalon”, “Norim-norim” va shu kabi asarlar bilan boyitildi. Shuningdek, O‘zbekiston
kompozitorlari – M.Bafoyevning ud va orkestr uchun “Poema”si, M.Tojiyevning
chang va orkestr uchun yozgan “Sharqona raqsi”, I.Rahimovning qo‘shnay va
orkestr uchun “Sabo” kuyi, F.Alimovning “Shodiyona” kabi asarlari ham alohida
ahamiyat kasb etdi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abduhalil Abduqodirov
ijrosida yangragan “Xumor o‘ldim” Ozarbayjon xalq qo‘shig‘i va orkestr ijrosidagi
Markaziy Osiyo xalqlari mavzularidan iborat termasi tinglovchilar olqishiga sazovor
bo‘ldi.
Yosh maqom ijrochilarining Respublika ko‘rik-tanlovi laureate Sh.Murodov
ijrosidagi “Voxoron” va “Habiba” arabcha qo‘shiqlari orkestr ijrosidagi Muhammad
Al-Kasabiyning “Esdaliklarim”, Muhammad Abdul Vahobning “Aziza” va “Al-
fan”, Riad Az-Sumbatining “Lunga” asarlari tinglovchilarni hayratga soldi. “Bizni
ayniqsa quvontirgani – aynan shu asarni bizning
jamoamiz ijrosida festival
davomida “chaqiriq” kuyi sifatida har kuni televidenie orqali ijro etilgani bo‘ldi. Biz
borgan kuni bu kuy ularning milliy ansambli ijrosida yangrayotgan edi. Bizning
konsertimizdan so‘ng bu kuy bizning ijromizda yangraydigan bo‘ldi. Bu xol albatta
badiiy jamoaning ruhini yanada tetiklashtirdi va kayfiyatini ko‘tardi”,
- deydi
F.Abdurahimova. Shuningdek, Respublikada xizmat ko‘rsatgan artistlar –
M.Bekjonova o‘zining
shirali ovozi bilan, S.Isroilova esa jozibali raqsi bilan
tinglovchilar olqishiga sazovor bo‘lishdi.