O'zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə19/35
tarix02.06.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#123489
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35
Monografiya 28.04.2023г.

II-bob bo’yicha xulosalar
Ushbu bobda bajarilgan ilmiy-tadqiqot natijasida olingan ilmiy natijalar quyidagilardan iborat:
BFNda elektr tokining o’tkazuvchanligini (qarshiligini) o’lchash orqali turli kasalliklarga tashxis qo’yish mumkinligi amaliyotda bir necha o’n yillardan buyon qo’llanib kelishi aniqlandi.
Foll usuli qo’l va oyoqlardagi BFNda elektr tokining o’tkazuvchanligini (qarshiligini) o’lchashga asoslangan bo’lsa-da, ushbu diagnostik tadqiqot usulining an'anaviy usullardan asosiy farqi uninig noinvazivligidadir. Shu bilan birgalikda Foll usuli bilan tashxislash an’anaviy tashxislash usullaridan oldin kasallangan organni toppish inkonini beradi.
Nakatani tomomonidan aniqlangan inson tanasidagi elektr o’tkazuvchanligi yuqori bo’lgan chiziqlar «xitoy» tabobotidagi meridianlar bilan to’liq mos kelishi tadqiqotlar natijasida aniqlangan.
Tadqiqotlar natijasida hayvonlarda (baqa, mushuk, it va quyonlarda) ham BFNlar mavjudligi isbotlangan.
BFN joylashgan teri qatlamida elektr kuchlanishi (EK) sog’lom insonga nisbatan kasalga chalinganlarda 2-3 mV oshib ketishi aniqlangan.
QDning og’ir formasida engil formasiga nisbatan BFNdan o’lchangan dielektr tok o’tkazuvchanlik va biopotentsial miqdorlari yuqori bol’shi aniqlangan.
Ma’lum bir kasalliklar topografik zonalarida joylashgan kasal informativ BFNni aniqlash yordamida stenakardiya, infarkt miokard, oshqozon va o’n ikki barmoq ichak xastaliklarida hosil bo’lgan yaralar, ko’richak, surunkali tomoq yallig’lanishi kasalliklarini aniqlash va tashxis qo’yishda foydalanish mumkinligi isbotlangan.
Mavjud adabiyotlarni tahlil qlish natijasida QDni tashxislashda qo’llanilib kelinayotgan informativ BFN guruhlari shakllanturildi.
QDni tashxislash va davolashda qo’llanilib kelinayotgan IRT usullari tahlil qilindi. IRTning EPDU usulida informativ BFNdagi biofizik parametrlari QDning 1,2-bosqichlarida bir-biridan farq qilishi aniqlangan.
Qon tarkibidagi glyukoza miqdorini biofaol nuqtalardagi biofizik parametrlar ko’rsatkichlaridan foydalanib aniqlashga asoslangan qandli diabetni tasxislashning m atematik modellarini qurish bo’yicha ilmiy izlanishlar hozirgi kungacha deyarli olib borilmaganligi aniqlandi.

III-BOB. QONDAGI GLYUKOZA DARAJASINI ANIQLASHNING NOINVAZIV USULLARI UCHUN INFORMATIV PARAMETRLAR MAJMUASINI SHAKLLANTIRISH



Ushbu bobda qandli diabet kasalligini tashhis qilish uchun qondagi glyukoza darajasini o’lchashda inson organizmidagi biofaol nuqtalar va ular joylashgan meridianlar turlarining ta’siri tadqiq qilinadi. Boshqacha aytganda, qon tarkibidagi glyukoza miqdorini aniqlashda mavjud barcha 14 ta meridianlar yoki ulardagi BFN bir xil ahamiyatga egami degan savolga dispersion analiz yordamida javob izlanadi. Buning uchun inson tanasidagi mavjud 14 ta meridianda joylashgan BFNdagi EQ miqdorlaridan foydalaniladi. Javob esa qon tarkibidagi glyukoza miqdorini noinvaziv usulini modellashtirishda muhim hisoblanadi.
Olib borilgan ilmiy-tadqoqotlar natijasida qondagi glyukoza darajasini aniqlashning noinvaziv usullari uchun informativ boifaol nuqtalar gruppasi shakllantirisladi.


Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin