har qanday madaniyatning murakkab tizim ekanligi yuqorida aytib o‘tildi. Madaniyat ichki jihatdan o‘zaro ta’sir etadigan bir qator qismlar, munosabatlar va vazifalar o‘rtasidagi aloqalarni gavdalantirib, muayyan jamiyatda o‘zining mavjud bo‘lib va yashab turishini ta’minlaydi.
Madaniyat kishilar hayotining juda rang-barang sohalarini qamrab oladi. Mohiyatan olib qaraydigan bo‘lsak, ijtimoiy hayotning har qanday sohasini madaniyat nuqtai nazaridan qarab chiqish va tavsiflash mumkin.
Moddiy va ma’naviy madaniyat sohasidagi tafovutlar jamiyatning asosiy tarmoqlari hamda kishilarning ehtiyojlarini qondirish xususiyatlarini o‘zida aks ettiradi. Bunda inson ijtimoiy faoliyatiga xos moddiy-amaliy va ma’naviy sohalarda ro‘y beradigan taraqqiyot belgilari qayd etilgan bo‘ladi.
Boshqa tomondan, madaniyat nafaqat ijtimoiy tuzilma, balki shaxsning o‘z tarkibiy tuzilishi tomonidan ham farq qiladi. Shunga ko‘ra, insonning mehnat madaniyati, muloqot madaniyati, xulq madaniyati, tafakkur madaniyati, axloqiy-estetik madaniyati, fanning dunyoqarash funksiyalari va boshqalar to‘g‘risida fikr yuritish mumkin. Madaniyatning rang-barang tarkibiy qism (komponent) lari va shakllari insonning ijtimoiy aloqa va munosabatlarining
turli-tumanligi va boyligi bilan belgilanadi.
57
madaniyatshunOslik asOslaRi
Madaniyatning mohiyati va ijtimoiy hayotdagi o‘rnini to‘g‘ri tushunish uchun uning tarkibiy qismlarini qarab chiqish muhimdir. Umumiy maqsad
— insonni shakllantirish va uning komillikka erishuvini ta’minlashda madaniyatning har bir turi o‘ziga xos vazifa bajaradi. Jamiyatda mehnat madaniyatini rivojlantirish, kishilarning siyosiy ongliligini oshirish, axloqiy va estetik komilligini barqarorlashtirish va hokazolarda buni ko‘rish mumkin.
Murakkab ijtimoiy tuzilma sifatida madaniyat ilmiy bilimlarni, dunyoqarashni, axloqiy va estetik qadriyatlarni, xulq va huquqning me’yorlarini, tarixan tarkib topgan urf-odatlar, an’analar, ramziy holatlarni o‘z ichiga oladi. Shu asosda madaniyat moddiy va ma’naviy boyliklarni ko‘paytiradi va tarbiya jarayonida muhim ma’naviy rol o‘ynaydi.
endi madaniyatning asosiy sohalari bilan tanishib chiqaylik.