124
Maxsus yoqilg‗ilar bilan qizdiriladigan havo qizdirgichli vagrankalar arzon
yoqilg‗i ko‗p bo‗lgan rayonlarda yirik kompleks shaklida qo‗llaniladi. Pechni
kislorod bilan boyitib, qizitish issiqlikni isrof bo‗lishini va yoqilg‗ini sarfini
kamaytiradi.
Hozirgi vaqtda vagrankada eritish jarayonini jadallashtirish ishlariga kislorod
uch yo‗nalishda yo‗llanilmoqda:
1) vagrankadagi havoni boyitish uchun kislorod havo qirgizgichlaridan yoki
kolosha (vagrankaga solinadigan ruda, flyus va yoqilg‗i) aralashtiriladi. Bunda
koksni yonish jarayoni tezlashadi va metallni qizdirish jarayoni oshadi. Natijada
cho‗yan komponentlarini kuyishini kamaytiradi, vagranka ishlab chiqarish
unumdorligini oshiradi.
3) cho‗yan aralashmalarini kislorod bilan oksidlanishidan ajralgan issiqlik
hisobiga suyuq vagranka cho‗yani vagranka (kopilniki) g‗aladonida kerakli
haroratgacha qizdiriladi.
3) vagranka novi (jelob) dan o‗tayotgan cho‗yan kislorod oqimi yuborilib
tozalanadi.
Ko‗rib o‗tilgan yo‗nalishlarda kislorodni sarf bo‗lishi, puflanadigan havoni
kislorod bilan boyitganga qaraganda 4-5 marta kam bo‗ladi. Vagrankada eritishni
jadallashtirish uchun ayrim zavodlarda kalsiy karbid ishlatiladi. CaC
2
2 %
miqdorda ishlatilishi metall haroratini 40-70
0
C oshiradi. Kalsiy karbidining
cho‗yan haroratiga ta‘siri 5.4-jadvalda keltirilgan.
Hozirgi vaqtda cho‗yanni eritishda yuqori kaloriyali yoqilg‗i vazifasini tabiiy
gaz bajarayapti. Cho‗yanni tabiiy gaz yordamida eritish koks va xohlagan qattiq
yoqilg‗i ishlatib eritishga nisbatan bir qator afzalliklarga ega:
1)
yoqilg‗iga bo‗lgan sarf-harajatlarni kamaytiradi;
2)
eritilgan cho‗yan tarkibidagi oltingugurt miqdori kamayadi;
3)
atrof-muhitga cho‗yan eritish natijasida tarqalayotgan zararli chiqindilar
kamayadi.
Dostları ilə paylaş: