O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla Qodiriy nomli Jizzax Davlat Pedagogika instituti, Tarix fakulteti


Ijtimoiy huquqiy faollikni rivojlantirish yo’llari



Yüklə 46,2 Kb.
səhifə6/7
tarix06.06.2022
ölçüsü46,2 Kb.
#60741
1   2   3   4   5   6   7
Alimardon Xudaydotov

2.1 Ijtimoiy huquqiy faollikni rivojlantirish yo’llari.
Huquqning asl qadr-qimmati, ijtimoiy ahamiyati uning kishilar ongi-irodasiga ta’sir etish orqali insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga sola olish salohiyatida namoyon bo‘ladi. Gap huquqning real hayotga joriy qilinishi, ya’ni uning harakatlanishi xususida bormoqda. Huquqning harakatlanishi, amal qilishi uning funksional holati ifodasidir. Huquqning jamiyat hayotida o‘z amalini topib, ijtimoiy munosabatlarning mazmuniga singishi, ularni me’yoriy tartibga solishda ifodalanadigan ijtimoiy manfaatli vazifani bajarishi uning funksional jihatini tashkil etadi. Huquqning harakatlanishidan muayyan ijobiy samara kutiladi. Buning uchun huquq amalga oshirilishi, hayotga tatbiq etilishi lozim. Huquq normalari bevosita hayotga, turmush amaliyotiga joriy etilgan taqdirdagina jamiyat, inson va davlat uchun foydali hamda manfaatli bo‘lishi mumkin. Huquq qanchalik sobitlik bilan, izchil amalga oshirilsa, ijtimoiy munosabatlar shunchalik samarali tartibga solinishiga erishiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan ma’qullangan «2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»da belgilangan besh ustuvor yo‘nalishdagi muhim vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyotini va ilg‘or xorijiy tajribani chuqur tahlil etish asosida ish tutish e’tiborga molik jihatdir . 9Ushbu g‘oya davlat boshlig‘i Sh. Mirziyoevning ma’ruzalarida yanada aniq ifoda etilgan: «Konstitutsiyamizda belgilangan qonun ustuvorligi prinsipi jamiyatimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, barcha islohotlarni samarali amalga oshirishning muhim kafolatidir... Asosiy masala – qonunlarning... ijrosini to‘g‘ri tashkil etish hamda qonun talablariga qat’iy amal qilishni ta’minlashdan iboratdir». 10 Huquqning harakatlanishi va uni amalga oshirish Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning samarasi, unumdorligi ko‘p jihatdan huquqni to‘g‘ri amalga oshirishga bog‘liq. Agar huquq tatbiq etilmasa, insonlar xatti-harakatida o‘zining mujassam ifodasini topmasa, ijtimoiy tartibga soluvchi vosita sifatidagi qiymatini yo‘qotadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta’kidlab o‘tganidek, «qonunlarni qabul qilish – bu ishning bir qismi xolos». Lekin eng muhim masala ularni hayotga tatbiq etishdir. Huquqning talqini oxir-oqibatda uning ijtimoiy munosabatlarning regulyatori bo‘la olishiga, tartibga solish qobiliyatiga borib taqaladi. Huquqning qadriyat sifatidagi mantig‘i – uning insonlarning ongi va irodasiga ta’sir o‘tkaza olish qobiliyatidadir. Aynan shu narsa huquqning harakatlanishi masalasini dolzarb mavzuga aylantiradi. Huquqning harakatlanishi yoki amal qilishi – huquqning muayyan makon, zamonda tegishli shaxslar doirasidagi ijtimoiy munosabatlarga qadriyatlar nuqtayi nazaridan maqsadli, axborot yetkazuvchi omil va bevosita tartibga soluvchi ta’sir etishidir. Huquqning harakatlanishi ijtimoiy modellarni va abstrakt qadriyatlarni real hayotga o‘tkazishda namoyon bo‘ladi. Huquqning harakati uning alohida shaxslar, guruhlar xulq-atvorida, jamiyat hayot tarzida adolat mezonlarini ta’minlashga oid mohiyatini ro‘yobga chiqarishdir. Huquq ijtimoiy kuch sifatida ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etish jarayonida o‘z salohiyatini namoyon qiladi. Huquqning harakatlanishini davlatdan ajratilgan holda talqin etish mumkin emas. Hozirga qadar hech bir jamiyat davlatning ishtirokisiz adolat muhitini ta’minlay olgan emas. Hamma yerda davlat huquqiy normalarning harakatlanishini, amalga oshishini ta’minlaydi. Davlat huquqiy tartibga solish vositalarini (mexanizmlarini) yaratadi, huquqning pirovard maqsadlariga erishish uchun ushbu vositalarni (mexanizmlarni) ishga soladi. Huquq harakatlanishining asosiy ko‘rinishi sifatida huquqni amalga oshirish – davlat tomonidan yuridik mustahkamlangan va kafolatlangan imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish, ularni odamlar va ularning tashkilotlari faoliyatida hayotga tatbiq etish demakdir. Yuridik adabiyotlarda «huquqiy normani amalga oshirish», «huquqni tatbiq etish», «huquqiy normalarni tatbiq etish», «huquqiy normani qo‘llash» kabi tushunchalar yuzasidan yakdil fikr yo‘q. Lekin, huquqiy normalarni tatbiq etish – huquqiy normalarni amalga oshirishni anglatishi aksariyat nazariyotchi olimlar tomonidan tan olinadi. Etimologiya nuqtayi nazaridan «amalga oshirish» ma’nosini bildiradigan «realizatsiya» atamasi lotinchadan olingan bo‘lib, «realis» – moddiy yoki moddiylashtirish degan ma’noni anglatadi. Hozirgi kunda bu so‘z ko‘proq u yoki bu reja, dastur va loyihalarni, maqsadlar va hokazolarni amalga oshirish yoki ularni tatbiq etish ma’nosida qo‘llaniladi. Huquq mafkuraviy hodisa bo‘lib, muayyan Davlat va huquq nazariyasi imkoniyat sifatida odamlar harakatida, faol xulq-atvorida, moddiy va ma’naviy boyliklar, ne’matlardan foydalanishda ro‘yobga chiqadi, moddiylashadi. Ayni vaqtda, uni amalga oshirish yana bir ma’noga ega: boshqa imkoniyatlar(rejalar, dasturlar, niyatlar va sh.k.)dan farqli o‘laroq, huquq amalga oshirish imkoniyatining ko‘proqligi bilan tavsiflanadi, kafolatlar bilan ta’minlanadi. Tahlil qilinayotgan tushunchani izohlovchi yana bir holat shundan iboratki, huquq tabiiy va ijobiy, obyektiv va subyektiv huquqni o‘z ichiga oluvchi serqirra hodisadir. Huquqni amalga oshirish institutini uning serqirra mazmunini hisobga olgan holda talqin etilishi lozim. «Huquqni amalga oshirish» kategoriyasi yuqoridagi mazmunga mos keladi. Darhaqiqat, huquq nomoddiy ko‘rinishga ega bo‘lsa ham, u kishilarning faoliyatida, faol xulqi va yurish-turishlarida, ularning moddiy va ma’naviy qadriyatlardan foydalanganlarida moddiylashadi. Demak, huquqni amalga oshirish – uning talablarini huquqiy munosabatlar ishtirokchilari faoliyatida namoyon bo‘lishi, uning ko‘rsatmalarini huquqiy xatti-harakatga aylantirishni anglatadi. Yuridik talqini va mohiyatiga ko‘ra, huquqni amalga oshirish davlat – hokimiyat xarakteriga ega bo‘lgan faoliyat bo‘lib, u qonunda mustahkamlangan irodaga muvofiq ro‘y beradi. Uning yakuniy natijasi – qonunning talabini bajarish yoki undagi taqiqqa yarasha o‘z xatti-harakatlaridan tiyilish, ularni cheklashdan iborat bo‘ladi.

Xulosa
Huquqiy madaniyat kishilarning huquq to’g’risidagi bilimga , qonunga bo’lgan hurmati, huquqiy me’yorlarni bajarishi, ularga amal qilmaganda huquqbuzarliklar sodir qilinsa, tegishli jazo choralari olishiga aytiladi.
O’zbekistonda demokratik huquqiy davlatni shakllantirish jamiyat, mansabdor shaxslar va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishni talab qiladi. SHuning uchun huquqiy davlatning muhim beligsi - bu huquqiy madanyatdir.O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tishi turli demokratik islohotlarni o’tkazishlarni talab qiladi. Bu esa fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini rivojlantirishni talab qiladi. Huquqiy madaniyat umuminsoniy madaniyatning bir qismi hisoblanadi. Unda kishilar qanchalik madaniyatli bo’lsa, qanchalik huquq normalari va qonunlarni bilsa, yuridik
adabiyotlarni bilib ularga amal qilsa, shunchalik huquq buzilishi kam bo’ladi. SHuning uchun respublikamizda kishilarning huquqiy madaniyatini oshirishga katta e’tibor berilmoqda. Jumladan, Oliy Majlisnnig IX sessiyasi jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish to’-risida dastur qabul qildi. 11Bu dasturda mamlakat miqyosda aholining huquqiy madaniyatini rivojlantirish va , huquqiy savodxonligini
oshirish, huquqiy tarbiyani yaxshilash, yuridik adabiyotlarni ko’paytirish, xalqning yuridik sohada bilimlarini oshirishga katta e’tibor berib, kishilarni huquqiy ongini rivojlantirish masalasi qo’yildi. Bu borada O’zbekiston respublikasining hozirgi bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tish davrida huquqiy
demokratik davlat qurishda, qonunchilikni mustahkamlashda va turli ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy islohotlar o’tkazish uchun aholini huquqiy jihatdan tarbiyalash va huquqiy madaniyatini rivojlantirish muhim rol o’ynadi. SHuning uchun hukumat tomonidan huquqiy tarbiyani yaxshilash, huquqshunos kadrlarni tarbiyalash va jamoatchilik fikrini o’rganish ishini yaxshilash haqida maxsus farmonlar qabul qilindi. Bu farmonlarda Respublika miqyosida aholini huquqiy tarbiyalash va huquqiy madaniyatin oshirish davlat siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri deb belgilandi


Yüklə 46,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin