243
Tarbiya jarayonida uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning
o‘z-o‘zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim o‘rin tutadi.
Ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida belgilangan tarbiyaviy faoliyatni
amalga oshirishda ma’lum shart-sharoitlarning mavjudligi talab etiladi.
Ushbu g‘oyalar yaxlit tarzda quyidagicha aks etadi:
Tarbiyani samarali modellashtirish uchun uning harakatlantiruvchi
kuchini, har bir o‘quvchining tarbiya jarayonidagi faoliyatini yaxshi bi-
lish kerak. Buning uchun o‘qituvchi quyidagi holatlarni unutmasligi
lozim:
tarbiyalanuvchi ruhiyatini puxta bilish;
ota-onalar bilan muntazam aloqada bo‘lib, ular ishtirokida
o‘quvchi bilan tarbiyaviy mazmunda suhbatlar o‘tkazish;
o‘quvchining ichki dunyosini, xarakterini bilmasdan u bilan qo‘pol
muomalada bo‘lmaslik, sodir etilgan xatoliklarni kechira olish;
o‘quvchining qiziqishlarini, uni o‘rab turgan tashqi muhitni doimiy
nazorat qilish;
o‘quvchini qat’iy kundalik rejimga o‘rgatish va uni kuzatib borish;
iste’dodini, qobiliyatini va o‘zi tanlagan kasbga moyilligini e’ti-
borga olib uni takomillashtirish;
o‘quvchining bola ekanligini, adashishga, ba’zan xatoliklarga yo‘l
qo‘yishini unutmaslik, ushbu salbiy holatlarni kechiktirmasdan tuzatib
borish.
Tarbiya
O‘z-o‘zini
tarbiyalash
O‘z-o‘zini qayta
tarbiyalash
Dostları ilə paylaş: