O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


Jamoada o‘zaro munosabatni tarbiyalash



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   284
Jamoada o‘zaro munosabatni tarbiyalash
metodi jamoa a’zola-
rining birgalikdagi faoliyati va xulq-atvorlariga qo‘yiladigan talablarning 
aks etishidir. Jamoa bo‘lib va ayrim kishilar tomonidan jamoaning fikr-
mulohazalarini ifoda etish uni amalga oshirish vositalariga o‘qituvchi 
rahbarlik qiladi. Tarbiyalanuvchilarning faoliyatini, xulq-atvoridagi ijo-
biy hislatlarni baholash asosida ularni rag‘batlantiradi, jamoada sog‘lom 
fikrni, o‘zaro yaxshi muhitni tarkib toptiradi, do‘stona munosabatlarni 
shakllantiradi. 
O‘rgatish 
– bu tarbiyalanuvchilar uchun belgilangan axloqiy me’yor-
larni ularning xulq-atvoriga singdirish, ko‘nikmalar hosil qilish kundalik 
faoliyatga aylantirish va doimiy bajarilishini tashkil etishdir. O‘qituvchi 
ushbu barqaror odatlarning shakllanishiga o‘quvchilarga yordam beradi. 
Belgilangan axloqiy va ma’naviy me’yorlarni kuzatish, shuningdek, mavjud 
qoidalarning (shaxsiy gigiyena, muomala va boshqalar) bajarilishi shaxs 
rivojlanishining ilk bosqichlarida yaxshi samara beradi. Tarbiyaviy vosi-
talar tarbiyalanuvchilarga nimani, qanday va nima uchun bajarish kerak-
ligini tushuntirish o‘qituvchidan talab etiladi. Bir vaqtning o‘zida o‘qitish, 
xatti-harakatlar bajarilishining tekshirilishini ham ko‘zda tutadi. 
Mashq qilish
fe’l-atvorga xos odatlarni, aniq sohada faoliyatning 
maqbul algoritmini shakllantirish maqsadida harakat usullarining ma’lum 
bir tartibda qaytarilishidan iborat. Mashq qilish metodining vositalariga 
oilada, ta’lim muassasasida va boshqa jamoat joylarida belgilangan 
tartibga rioya qilish, to‘g‘ri tashkil etilgan o‘quv faoliyati, bir maqsadga 
yo‘naltirilgan ijtimoiy topshiriqnomalar kiradi. 
Bu keng ma’noda o‘qituvchi-tarbiyachi rahbarligida ijtimoiy me’yor-
larga muvofiq xatti-harakatlar uchun shart-sharoitlar yaratuvchi, o‘quv-
chilar hayoti va faoliyatining to‘g‘ri tashkil etilishidir. Mashq qilish o‘r-
gatishga tayanadi, shuning uchun o‘qituvchi asosiy vazifani bajaradi. 
Rejalashtirish, ijro etish, baholashda jamoada faol bo‘lish o‘quvchining 
iqtidorini rivojlantiradi va axloqiy sifatlarini shakllantiradi. Biroq o‘rga-
tish va mashq qilishda o‘quvchilar faoliyatining ijobiy tomonlariga 
tayanish lozim va o‘z navbatida ularni shakllantirgandagina samara beri-
shini hisobga olish zarur. 


253 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin