O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


Yosh o‘qituvchining iqtidori va qobiliyati



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə200/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   284
Yosh o‘qituvchining iqtidori va qobiliyati
rivojlanganligi o‘z 
mehnatini pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil etishda muhim ahamiyatga 
ega. Pedagogikada o‘qituvchi qobiliyati – bu ulkan imkoniyatdir, uning 
mohirligi, mehnatsevarligi faqatgina o‘qitish va tarbiyalash jarayonida 
takomillashib boradi va yutuqlarga erishishida zamin yaratadi. O‘qituv-
chi qobiliyati zehnining o‘tkirligidan dalolat beradi. Iqtidor, iste’dod, da-
holik – o‘qituvchining ijodiy mehnati jarayonida erishiladigan natijalari-
ning rivojlanish bosqichlari hisoblanadi. Qobiliyatlar, inson xarakteri ka-
bi, shaxsning faqatgina ma’lum faoliyatidagina mavjud bo‘lgan sifat-
lardir.
Psixologiyada qobiliyatga – insonning kasbiy bilim, ko‘nikma va 
malakalarni qiyinchiliksiz, osonlik bilan mukammal egallashi va biror 
faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishi deb ta’rif beriladi.


324 
Demak, o‘qituvchining iqtidori va qobiliyati uning mehnatini har 
tomonlama mukammal shakllantirib, ilmiy jihatdan ijodkorligini to‘g‘ri 
tashkil etishga ta’siri cheksiz ekanligidan dalolat beradi. Iqtidor va 
qobiliyat o‘qituvchining mehnat faoliyatida:

o‘z kasbiga bo‘lgan munosabati asosida kasbiy ehtiyojini ku-
chaytiradi;

kasbiy faoliyatga chinakam qiziqish namunalarini rivojlantiradi;

pedagogik mahorat asoslarini egallashda bir maqsad sari intiluv-
chanlikni shakllantiradi;

o‘z ilmiy mehnati uchun ahamiyatga ega bo‘lgan ijodkorlik sifatlari 
majmuasining yuzaga kelishini ta’minlaydi. 
O‘qituvchining iqtidori va qobiliyati psixologik texnologiyalar 
bilan kuchaytirilib modifikatsiyalanadi va o‘qituvchining mehnat faoli-
yatida bu muhim ahamiyat kasb etadi: muloqot qilish (kommunikativ), 
voqealarni oldindan ko‘ra olish, eshitish va his qilish, o‘zligini bilish, 
tushunish va his qilish
 
kabi qobiliyatlar o‘qituvchi mehnatida muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
 
Iqtidor va qobiliyat o‘qituvchining individual imkoniyatlarini xa-
rakterlaydi. Bir xil sharoitda qobiliyatli o‘qituvchilar pedagogik mehnat 
faoliyatida qobiliyati past o‘qituvchilarga qaraganda ko‘proq ulkan 
yutuqlarni qo‘lga kiritadi. Qobiliyatli, ammo noshud o‘qituvchi ko‘p 
narsaga erisha olmaydi.
Iqtidor va qobiliyat o‘qituvchining amaliy va nazariy bilimlarni 
chuqur egallashda tezroq siljib borishini, uning ijrochilik va ijodkorlik 
faoliyatlarida eng yuqori natijalarga erishishini ta’minlaydi. Qobiliyatli 
bo‘lajak o‘qituvchi mutaxassislikni tez egallay oladi va yuqori natijalarga 
erishadi hamda ishlab chiqarishda, fan va texnika jarayonlariga yangilik 
kirita oladi. 
O‘qituvchining iqtidori va qobiliyati – N.V.Kuzminaning fikricha, 
pedagogik faoliyat talablariga javob beruvchi va ta’lim–tarbiyada 
belgilangan maqsadga osonlikcha erishishni ta’minlovchi hamda mehnat 
unumdorligini oshiruvchi xususiyatlar majmuasidir. N.V.Kuzmina iqti-
dor va qobiliyat o‘qituvchining mehnat faoliyatiga, izlanayotgan natija-
larni egallashning eng samarali usullarini topishga o‘ziga xos sezgir-
likdan iborat individual, turg‘un xususiyatlar deb ta’rif beradi va peda-
gogik qobiliyatlarning refleksiv darajasi uch xil turdagi sezgirlikni o‘z 
ichiga olishini ta’kidlaydi:


325 

tarbiyalanuvchi obyektni his qilishi; 

me’yor va xushmuomalalikni his etish;

o‘z kasbiga nisbatan javobgarlikni his qilish. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin