O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   284
 
 
8 – BOB. PEDAGOGIK NAZOKAT VA ODOB-AXLOQ
 
Tayanch tushunchalar

 
Pedagogik nazokat; xulq – atvor; barkamol inson; talabchanlik va 
qattiqqo‘llik; etnopedagogik tuyg‘ular; informatsion jarayon; qo‘pol va 
dag‘al so‘zlar; ishonch tuyg‘usi; nisbiylik va subyektivlik; dilkashlik; 
pedagogik takt; ekstravert shaxslar; introvert shaxslar; o‘qituvchining 
kommunikativ madaniyati; yuksak odob namunasi; xushmuomalalik; 
shirinsuhanlik; pedagogik taktga zid; pedagogik dilkashlikni o‘rganish 
dasturi; o‘z–o‘zini tarbiyalash; individual – tipologik DASTUR; mimika 
va pantomimika. 
 
 
8.1. Pedagogik nazokat haqida tushuncha 
O‘qituvchining o‘quvchilar muhitiga uzviy ravishda qo‘shilib keta 
olishi nihoyatda qiyin jarayon. Lekin uning pedagogik faoliyati bevosita 
o‘quvchilar orasida olib boriladi. O‘zaro munosabatlarni ishonch va 
do‘stlik tuyg‘ulari bilan mustahkamlab borish o‘qituvchidan jiddiy psixo-
logik tayyorgarlikni talab qiladi. Buning uchun o‘qituvchi avvalo, turli 
xarakterdagi o‘quvchilardan iborat bo‘lgan, sinf jamoasida tez-tez o‘z-
garib turadigan pedagogik vaziyatlarga darhol o‘z munosabatini bildirishi 
va unga odilona baho berishi kerak. U o‘quvchilar xatti-harakatini to‘g‘ri 
idrok etishi, vaziyatlarni oldindan ko‘ra bilishi, tarbiyaviy metodlarni o‘z 
o‘rnida qo‘llashi, o‘quvchilar bilan muomalada bosiqlik, sabr, milliy 
an’ana va turmush tarzimizdan kelib chiqqan muruvvat va himmat, 
odamiylik va mehr-oqibat tuyg‘ularini ko‘rsata olishi shart. Bu vazifalar 
o‘qituvchining zimmasiga yuklanadigan va u rioya qilishi lozim bo‘lgan 
pedagogik nazokat
deb atalmish faoliyatning zarur shartidir.
Pedagogik nazokat – o‘qituvchi axloqiy-ma’naviy qiyofasini namo-
yon etuvchi me’yor tuyg‘usi yoki xulq va odob qoidalariga rioya qilishi 
demakdir. Pedagogik nazokat o‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro 
munosabatini tashkil qilish vositasi. Psixologik til bilan aytilganda, 
nazokat insonning bir qolipdagi barqaror tasavvurlarida mujassam-
lashgan shaxsiy insoniy hislatlarining yig‘indisidir.
Pedagogik nazokat me’yorlari o‘qituvchidan avvalo yuksak insoniy 
fazilatlarga ega bo‘lishni talab qiladi. Zero, ta’lim-tarbiya tizimini isloh 
qilishning asosiy maqsadlaridan biri komil inson tarbiyasi bo‘lib, u davlat 


144 
siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb e’lon qilingan. Ongi yuksak, mustaqil 
fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, 
ma’rifatli yoshlarni tarbiyalab voyaga etkazish o‘qituvchi zimmasida. 
Shunday ekan, hozirgi demokratik jamiyat o‘qituvchisining o‘zi avvalo 
barkamol inson bo‘lishi, mukammal bilimlar sohibi, o‘z kasbining yetuk 
egasi bo‘lishi zarur. O‘qituvchi xulq-atvorida pedagogik nazokat ma’lum 
bir muddatda shakllanib tugaydigan jarayon emas, uning omillari ham 
jamiyat taraqqiyoti natijasida uzluksiz sayqallanib boradi.
 
12-chizma. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin