O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   284
Pedagogik texnika xususiyatlari 
 
 
Pedagogik texnikaning
 
muhim
 
xususiyatlaridan biri o‘qituvchining 
o‘quvchilar bilan bevosita muloqoti jarayonida shakllanadigan kasbiy 
texnik ko‘nikma va malakalaridir. Bunda pedagogik texnikaning ko‘nik-
ma va malakalari o‘qituvchining pedagogik mahorati bilan aloqadorlikda 
shakllanib boradi. 
Rivojlangan pedagogik texnika xususiyatlari o‘qituvchiga o‘quv-
chilar bilan muloqot jarayonida zarur so‘z va gap ohangi, qarash, imo-
ishorani tez va aniq topish, kutilmagan pedagogik vaziyatlarda bosiqlik 
va osoyishtalik, aniq fikr yuritish, vaziyatni fikran va tez tahlil qilish kabi 


163 
qobiliyatlarini namoyish etish bilan ifodalanadi. Pedagogik texnikaning 
ushbu xususiyatlari o‘qituvchi kasbiy mahoratida aniq ifodalangan indi-
vidual shaxsiy shakl oladi, ya’ni o‘qituvchining psixologik–fiziologik xu-
susiyatlari asosida uning shaxsiy pedagogik texnikasini tarkib toptiradi.
Individual pedagogik texnikaning shakllanishi o‘qituvchining yoshi, 
jinsi, mijozi, fe’l–atvori, salomatligi, anatomik–fiziologik xususiyatlariga 
bog‘liq. O‘qituvchilarda individual shaxsiy pedagogik texnika mala-
kalarini shakllantirish muammolari ayniqsa psixolog olimlarning tadqiqot 
markazidan o‘rin olgan. Psixolog olimlar R.Z.Gaynutdinov, M.G.Dav-
letshin, S.Jalilova, M.Abdullajonova kabilar o‘qituvchilarning individual 
kasbiy faoliyatini batafsil o‘rganishib, o‘qituvchining shaxsiy “Mehnat 
professiogrammasi”ni ishlab chiqdilar. Olimlarning fikrlariga ko‘ra o‘qi-
tuvchi professiogrammasi o‘qituvchilarga qo‘yiladigan maxsus talablarni 
o‘z ichiga oladi hamda har bir fan o‘qituvchisining alohida ixtisoslashgan 
xarakteristikasini belgilab beradi. Jumladan, ular ta’lim muassasalarida 
pedagogik faoliyat olib boradigan “O‘qituvchi-murabbiy professiog-
rammasi”da quyidagi hislatlar, ya’ni “Pedagogik texnika” malakalari 
mujassamlashgan bo‘lishini ta’kidlaydilar: 
1)
O‘qituvchining shaxsiy hislatlari: 
bolalarni sevishi, kamtarligi, 
dilkashligi, mehnatsevarligi. 
2)
Kasbiga xos bilimlari: 
ta’lim va tarbiya jarayoni mohiyatini bili-
shi, pedagogik va psixologik bilim asoslarini egallashi, o‘quvchilarning 
yosh xususiyatlariga asosan psixologik imkoniyatlarini anglashi, tarbi-
yaviy ta’sir etishning samarali usullaridan oqilona foydalana olishi, ota-
onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan faoliyat mazmunini puxta 
bilishi. 
3)
Kasbiga xos hislatlari:
milliy mafkura, umuminsoniy qadriyatlar, 
milliy an’ana va urf-odatlarning asl mohiyatini tushunishi, kuzatuv-
chanligi, pedagogik qobiliyatga egaligi,o‘zini qo‘lga ola bilishi, o‘zini 
anglay olishi, pedagogik takt, nutq madaniyati. 
4)
Shaxsiy pedagogik uddaburonligi: 
dars mashg‘ulotlarida zarur 
materiallarni tanlay olishi, o‘quvchilarning bilish faoliyatini boshqa-
rishi, ta’lim-tarbiya jarayonini istiqbolli rejalashtirishi, o‘quvchilar ja-
moasini boshqara olishi. 
5)
Tashkilotchilik malakalari: 
o‘quvchilar jamoasini uyushtira bili-
shi, turli ziddiyatli vaziyatlarda ham o‘quvchilar jamoasini boshqarishi, 
amaliy muammolarni hal etishda uddaburonligini namoyish eta olishi. 


164 
6)
Kommunikativ malakalari: 
o‘quvchilarni o‘ziga jalb etishni 
bilishi, o‘quvchilar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik 
muloqotlarni tashkil qilishi, o‘quvchilarning jamoada o‘zaro munosa-
batlarida bir xil muvozanatni tartibga solishi. 
7)
Gnostik malakalari: 
o‘quvchilarning asab psixik holati darajasini 
aniqlay olishi, o‘z pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy tahlil qila 
olishi, ustoz o‘qituvchilar mahoratini nazariy va amaliy jihatdan 
o‘rganib borishi, psixologik va pedagogik adabiyotlardan to‘g‘ri foyda-
lana bilishi, o‘quvchilar xulq
-
atvorini mukammal o‘rganishi. 
8)
Ijodiy hislatlari: 
o‘z pedagogik mahoratini doimiy takomillash-
tirib borishi, o‘quvchilarni tarbiyalashda o‘z dasturini ishlab chiqishi va 
uni muvaffaqiyatli amalga oshirishi, o‘quvchilar nazari bilan voqelikni 
tahlil qilish qobiliyati, o‘quvchilarga pedagogik ta’siri natijalarini 
oldindan ko‘ra olishga intilishi. 
 
Psixolog olimlarning fikricha, ushbu professiogramma yosh o‘qituv-
chilarga o‘zlarining kelgusida o‘qituvchilik kasbini to‘g‘ri va ongli 
ravishda tanlab, kasbiy mahoratlarini takomillashtirib borishlariga yor-
dam beradi. Demak, o‘qituvchi professiogrammasi ham pedagogik texni-
kani egallashning muhim xususiyatlaridan biri bo‘lib, o‘qituvchilarning 
o‘z kasbiy texnikasini mukammal egallab, rivojlantirib borishiga va o‘z 
kasbiy faoliyatidan qanoatlanishni his etishga olib keladi. Bularning 
barchasi o‘qituvchilarning tinimsiz pedagogik mehnati tufayli yuzaga 
keladi. 
O‘qituvchining pedagogik texnikasi – pedagogik faoliyatining 
tashkiliy shakli bo‘lib, qo‘l bilan tutib bo‘lmaydigan, behad uzoq ijodiy 
izlanishlar va azob-uqubatli kechinmalar, tinimsiz pedagogik faoliyat, 
o‘qituvchining fahm-farosati, bilimi va mahorati bilan amalga oshiri-
ladigan qizg‘in ijodiy mehnatining mahsulidir.
Bir maromda olib boriladigan tizimli ijodiy mashg‘ulot tufayli 
aktyor yuksak cho‘qqilarni egallaydi. O‘zgalar obrazini mujassamlash-
tirishda u ma’lum bir qolipdan aslo chiqib keta olmaydi. Demak har qan-
day ijodkorlik, hatto pedagogik ijodkorlik ham ma’lum bir belgilangan 
qolipda shakllanishi kerak. U o‘qituvchining ichki kechinmalari, tuyg‘u-
lari va hissiy reaksiyalari asosida qurilishi aslo mumkin emas. Chunki, 
tarbiyalash san’atida o‘qituvchining pedagogik texnikasi, ya’ni “bir 
qolipda”gi mehnat madaniyati borki, u boshqa biror kasbiy faoliyatga 
aslo o‘xshamaydi. Shuning uchun, respublikamizda tarbiyaviy texnolo-
giyalarni muntazam bilishga intilish, o‘qituvchi kadrlarni tayyorlash va 
ularning malakasini uzluksiz oshirib borish o‘qituvchining bir qolipdagi 


165 
mehnat madaniyatini shakllantirishga, pedagogik texnika malakalarini 
doimiy oshirib borishiga qaratilgan. Ta’kidlash joizki, hali biror o‘qituv-
chi oliy ta’lim muassasasini tugatib, yoki malaka oshirish kurslarida 
bilim olib birdaniga pedagogik texnika sirlarini mukammal biladigan taj-
ribali o‘qituvchi bo‘lib qolgani yo‘q. 
O‘qituvchida pedagogik texnika ta’-
lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatish jarayonida, o‘quvchilar bilan yak-
kama-yakka muloqot jarayonida, pedagogik amaliyotda shakllanib 
boradi.
Hozirgi davr talablari nuqtai nazaridan, o‘qituvchiga qo‘yilayotgan 
javobgarlik hissi kengayib murakkablashib bormoqda. Mamlakatimizda 
ta’lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan islohotlarning yuksak natijalari 
bevosita o‘qituvchilarning qizg‘in mehnati samarasiga bog‘liq. Vatani-
mizning porloq kelajagi uchun yosh avlodni har tomonlama yetuk, barka-
mol inson qilib voyaga etkazishda o‘qituvchining kasbiy bilimi, faoliyat 
texnikasi mutlaqo yangilanib, hozirgi zamon talablariga javob bera 
oladigan darajada bo‘lishi kerak. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga muvofiq o‘qituvchi o‘zi-
ning ta’lim-tarbiyaviy faoliyatida milliy-madaniy va umuminsoniy qadri-
yatlar ustuvorligiga doimo e’tibor berib kelishi lozim. O‘qituvchining 
pedagogik texnikasi ham vatanparvarlikka, xalqimizning ma’naviy mero-
sini mustahkamlashga, o‘quvchilarning o‘z imkoniyatlarini erkin namo-
yon qilishiga asoslangan bo‘lishi shart. Shu ma’noda taniqli adib Tursu-
noy Sodiqova asarlarida hozirgi kun o‘qituvchisiga qo‘yiladigan “Murab-
biylikning shartlari” oqilona berilgan: 
“...Siz insonlarning hech bir yo‘q 
joydan “shoxini ko‘kartirish”, qulfi dilini ochish, dunyosini kengaytirish, 
kechagi holatidan bugunini yuksakroq qilish uchun bu ishga qo‘l urdin-
giz. Ammo oldin biling: umringizni sarflab olib borayotgan harakatlarin-
giz ro‘parangizdagi o‘quvchiga yoqayaptimi, yo‘qmi? Bor gap shunda! 
 Murabbiylikni xohlagan, shu kasbga o‘qigan odam murabbiy bo‘lib 
qolmaydi. Ustozlikning o‘ziga xos parhezlari, bosib o‘tilmaydigan 
chegara chiziqlari bordir! Birinchidan, dilingizda ustoz─murabbiyning 
yozilganu yozilmagan qonun-qoidalariga bo‘ysunaman, degan Allohga 
qasamingiz bo‘lsin! Ikkinchidan, niyatingiz sof bo‘lsin! Men insonlarni 
faqat yaxshilikka o‘rgataman deng, orqamda o‘z qo‘lim bilan yaratilgan 
fayzli bog‘lar qoladi, deb tilak tilang! Toki shogirdlaringiz sizning 
sharofatingiz bilan faqat savob ishlarga dahldor bo‘lsinlar. Uchin-
chidan, haqiqiy murabbiy bo‘laman desangiz, birovga biror narsa o‘rga-
tishni astoydil xohlang va siz ilm oluvchiga nisbatan muhabbat qo‘ying! 


166 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin