O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/26
tarix18.01.2022
ölçüsü1,74 Mb.
#51362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
akademik litseyda mexanika va molekulyar fizikani oqitishning innovatsion usullari

Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. 

Ta’limning  fan  va  ishlab  chiqarish  bilan  integratsiyasi  mexanizmlarini 

rivojlantirish,  uni  amaliyotga  joriy  etish,  o’qishni,  mustaqil  bilim  olishni 

individuallashtirish  hamda  masofaviy  ta’lim  tizimi  texnologiyasini,  uning 

vositalarini  ishlab  chiqish,  o’zlashtirish,  yangi  pedagogik  va  innovatsion 

texnologiyalari asosida talabalarni o’qitishni jadallashtirish ana shunday dolzarb 

vazifalar  sirasiga  kiradi.  Ushbu  vazifalarni  bajarish  mavjud  pedagogik 

jarayonlarni 

takomillashtirishni, 

uni 


hozirgi 

zamon 


talablariga 

mos 


rivojlantirishni, xususan  pedagogik  ta’lim  paradigmasini  zamonaviy  pedagogik 

va  innovatsion  texnologiyalarini  o’zlashtirishga,  o’rta  maxsus,  kasb-hunar 




 

ta’limi  muassasalarida  kasbiy  tayyorgarligi  yuqori  bo’lgan  pedagog  kadrlarni 



tayyorlashga yo’naltirishni taqozo etadi [3]. 

Ilm-fan  taraqqiy  etayotgan  zamonaviy  jamiyatda  rivojlangan  axborot-

kommunikatsiya tizimlari vositasida turli fan sohalarida erishilgan yutuqlarning 

tez  yangilanib  borishi  fizika  fanini  o’qitishda  pedagogik  va  innovatsion 

texnologiyalaridan  foydalanish,  o’quv  jarayoniga  komp’yuterli  o’qitish  va 

nazorat qilish texnologiyalarini ishlab chiqish va qo’llash vazifasini qo’yadi. 

Mamlakatimiz  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlariga  kirib 

kelayotgan  zamonaviy  komp’yuterlardan  foydalanish,  elektron  darsliklar 

yaratish,  fizika  darsi  jarayonini  virtuallashtirish,  o’qitishda  virtual  va 

mul’timedia vositalaridan foydalanish, ta’limning virtual bazasini yaratish kabi 

vazifalarni  qo’ymoqda.  Pedagogik  va  innovatsion  texnologiyalarning  ta’lim-

tarbiya sohasidagi ahamiyati beqiyosdir. Fizika darslarida komp’yuter vositalari: 

mul’timediyalar, virtual laboratoriyalar va virtual ko’rgazmalarning qo’llanilishi 

dars samaradorligini oshirishning yana bir omili bo’lib xizmat qiladi [5, 6].  

Pedagogik  va  innovatsion  ta’lim  jarayonida  hozirgacha  bo’lgan  davrdagi 

fizika  fani  bo’yicha  yaratilgan  elektron  qo’llanmalarni  tahlil  qilgan  holda 

o’quvchilar  uchun  qulay  bo’lgan,  ham  nazariy  bilim  beradigan,  ham  amaliy 

ko’nikmalarni  hosil  qiladigan,  fizik  hodisalar,  jarayonlar  haqida  tasavvurlarni 

boyitadigan,  o’z-o’zini  sinab  ko’rish  imkoniga  ega  bo’lgan  elektron 

qo’llanmalarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. 




Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin