17 – BOB. TEXNOLOGIK TASHISH MASHINALARIDAN
FOYDALANISH ASOSLARI
17.1. Mashinalardan texnik foydalanish tushunchasi
Ishlab chiqarish sohalarida uzluksiz yuk tashish mashinalari,
yuklagichlar, o’zi yurar qurilish kranlari, maxsus transport mashinalari
va boshqa mexanizatsiyalashgan qurilish-montaj uskunalaridan iborat
katta mashinalar parkidan foydalaniladi.
Kimyoviy sanoat va qurilish materiallari ishlab chiqarish
sohasidagi texnika taraqqiyoti mashinalar quvvatini oshirdi va tuzilishini
takomillashtirish, ko’pgina mashinalarda hajmiy gidrouzatmalarni
qo’llash, ularni boshqarishning avtomatlashtirish va gidrofikatsiyalash,
elektron va mikroprotsessorlarni qo’llash, amalda qo’llanilayotgan bir
kovshli ekskavatorlar bazasida manipulyatorlarni tashkil qilish kabi
katta o’zgarishlarga olib keldi. Mavjud mashinalar parki va ularning
texnik
darajasi
ishlab
chiqarishning
barcha
bosqichlarini
mexanizatsiyalash qurilishning intensiv rivojlanishiga, ishlab chiqarish
unumdorligini oshishiga, mehnat va material resurslarini tejashga imkon
beradi.
Mashinalar
tuzilishining
murakkablashuvi
va
qurilish
mashinalaridan foydalanishning o’sishi, mashinalar sifatini doimo
yaxshilash yoki ularni uzoq vaqt kam mablag’ sarflab yuqori
unumdorlikka ishlatish bilan bog’liq.
Bu
vazifalar
mashinalardan
texnik
va
ishlab
chiqarish
maqsadlarida foydalanishga oid bo’lgan tadbirlar yig’indisi bilan hal
qilinadi. Mashinalardan ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanish
deganda, mashinalar turini tanlash, ularni joylashtirish va kompleks
mexanizatsiyalashning texnologik sxemalarini aniqlash tushuniladi.
Texnik foydalanish – bu mashinalardan foydalanishda ularning sifatini
ta’minlash, mashinalarni qabul qilish, topshirish, sinash, montaj va
demontaj, transportirovka qilish, saqlash va saqlashga tayyorlash, texnik
qarov va ta’mirlash, zaruriy materiallar va ehtiyot qismlar bilan
ta’minlash va boshqa tadbirlardan iborat butun bir tuzilmadir.
Yangi mashinalar ta’mirlash yoki tiklashdan keyin, shuningdek,
mashinalar bir tashkilotdan boshqa tashkilotga o’tkazilganda maxsus
tekshiruv orqali qabul qilinadi. Mashinalarni qabul qilayotganda
quyidagilar tekshiriladi: mashinaning maxsus hujjatlari-pasporti, undan
foydalanish bo’yicha tavsiyalar va texnik tushuntirish yozuvi,
hujjatlashtirilgan kitoblari (Davlat nazorati organlari nazoratidagi
215
mashinalar uchun), ularda mashinalarning ishlagan mashina-soati,
o’tkazilgan texnik qarov va ta’mirlashning vaqti va turi, mashinalarning
komplektligi, ehtiyot qismlar va asboblar, mashinalarning texnik holati
yozilgan bo’ladi. Mashinalarning texnik holati ularning salt yurish,
yuksiz va yuk bilan yurishda sinab ko’rish bilan aniqlanadi. Davlat
nazorati talablari tadbiq qilinadigan mashinalar foydalanishga qabul
qilish va topshirishda statik va dinamik sinash bilan birga to’la texnik
ko’rikdan o’tkaziladi.
Yangi
va
kapital
ta’mirlashdan chiqarilgan mashinalar
foydalanishga topshirilishidan oldin dastlabki sinov (obkatka) dan
o’tkaziladi. Sinash vaqtida detallar ma’lum darajada yeyiladi. Sinash
rejimi shu mashinani tayyorlagan zavod tomonidan aniqlanadi. Sinov
dastlabki paytda salt yurish holida, keyin esa ta’sir etuvchi yukni asta –
sekin ko’paytirib olib boriladi. Sinovning oxirgi bosqichida mashinadan
20...25 soat mobaynida yengil rejimda foydalaniladi. Sinov tugagandan
so’ng hamma mahkamlash, nazorat va sozlash ishlari olib boriladi,
aniqlangan nosozliklar tuzatiladi, moy va boshqa suyuqliklar
almashtiriladi. Mashinalarning foydalanishga topshirilishi haqida
ularning pasportiga tegishli tartibda yozib qo’yiladi.
Foydalanishda bo’lgan har bir mashina ish smenasi so’ngida
topshiriladi va qabul qilib olinadi, bunda mashina moylanadi, salt va yuk
ostidagi harakati, tormozlar ishi, boshqarish va xavfsizlik uskunalari
tekshiriladi. Aniqlangan kamchiliklar tuzatiladi va bu haqida maxsus
daftarga yoziladi.
Maxsus sharoitlarda va foydalanish rejimlarida mashinalarning
butun bir muddat davomida ishga yaroqliligini ta’minlash maqsadida
o’tkaziladigan tashkiliy-texnik tadbirlar kompleksi, mashinalarni
ta’mirlash va texnik qarovning rejali-ogohlantiruvchi sistemasi (ROS)
deyiladi. Bu tadbirlar shuning uchun ham rejali deyiladiki, chunki
hamma
tadbirlar
oldindan
rejalashtiriladi,
shu
bilan
birga
ogohlantiruvchiki, bu tadbirlar profilaktik xarakterga ega, ya’ni bu
tadbirlar mashina detallarini to’satdan yoki vaqtidan oldin ishdan
chiqishining oldi olinadi. Bu sistema, foydalanishda bo’lgan har bir
mashina uchun tegishli texnik qarov yoki ta’mirlashni berilgan ketma-
ketlik va davriylik asosida majburiy rejalashtirishga va o’tkazishga
asoslangan. Texnik qarov yoki ta’mirlashning davriyligi mashinalarning
ishlagan
soatiga
qarab
belgilanadi.
Mashinaning
foydalana
boshlaganidan boshlab birinchi kapital ta’mirlashgacha bo’lgan ish soati
ta’mirlash orasidagi davr deyiladi, mashinalarning bir nomdagi texnik
216
xizmatlar va ta’mirlashlar orasidagi ish soatlari texnik xizmat ko’rsatish
va ta’mirlashning davriyligi deyiladi.
Texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashning ROS texnik xizmat
ko’rsatish (TXK), joriy (T) va kapital ta’mirlash (K) dan iborat.
Texnologik tashish mashinalariga texnik xizmat ko’rsatish va
ta’mirlashga oid qo’llanmalarda texnik xizmat ko’rsatish va
ta’mirlashning davriylik normalari, miqdorlari, ularning o’rtacha mehnat
sarflari va davomiyligi belgilangan bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |