218
o’tkazish gidrouzatmalarning uzoq ishlashiga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi
omillardan hisoblanadi.
Gidrosistemaning nosozligini aniqlash, odatda, bir necha
bosqichda olib boriladi. Avval ko’zdan kechiriladi, so’ngra ish rejimida
tekshiriladi va oxirida stendda maxsus asboblar yordamida tekshiriladi.
Ko’zdan kechirish dvigatel ishlamayotgan paytda o’tkaziladi. Dastavval
suyuqlik va filtrlarning oxirgi marta almashtirilgan vaqti aniqlanadi,
so’ngra filtrlarning tozaligi va ularda mavjud metall va rezina
zarrachalari bag’olanadi. Quvurli o’tkazgichlarda, birikmalarda va
tsilindr-larda moy oqishi aniqlanadi. Boshqarishning richagli mexanizm-
lari tekshiriladi, sozlanadi. Ish rejimidagi tekshiruv yuksiz harakatda va
me’yoridagi yuklanishda tekshiriladi. Bunda ishchi harakatlarning
davomiyligi tekshiriladi va uni ruxsat etilgani bilan solishtiriladi.
Harakatning
belgilangandan
ko’p bo’lishi nasosning ishdan
chiqqanligidan dalolat beradi, saqlash klapanlarining nosozligi tsilindr-
porshen birikmasida germetiklikning yo’qolganidan darak beradi.
Buzilgan joyni aniqlash, ularning sababi va xarakterini bilish uchun
maxsus diagnostik asboblar bilan jihozlangan ko’pgina diagnostika
postlaridan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: