17.3. Texnologik tashish mashinalaridan xavfsiz foydalanishni
ta’minlovchi asosiy me’yoriy hujjatlar va qoidalar
Mashinalar ishlayotganda texnika xavfsizligi va xizmat qiluvchi
shaxslarning mehnat muhofazasini ta’minlash, mashinalardan texnik
jihatdan foydalanishning asosiy tarkibiy qismlaridan hisoblanadi.
Mehnatkashlarning ish bajarishi davomida ularning hayoti va
sog’ligini ta’minlashga qaratilgan tibbiy, texnik va huquqiy me’yorlar
tizimi mehnatni muhofaza qilish deyiladi. Mehnat qonunchiligi, texnika
xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi bu sistemaning asosiy qismi
hisoblanadi.
Mehnat
qonunchiligining
asosiy
vazifasi
mehnatkashlarni
salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlashdan iborat.
Xavfsizlik
texnikasi
ishlab
chiqarish
omillarining,
mehnatkashlarning jarohatlanishiga olib keluvchi sabablarning oldini
olishga qaratilgan texnik va tashkiliy tadbirlar sistemasidan iborat.
Bunday sabablarning oldini oluvchi tashkiliy, tibbiy-gigienik tadbirlar
va vositalar tizimi
ishlab chiqarish sanitariyasi deyiladi. Mehnatni
muhofaza qilish umumiy tizimining texnik va sanitar me’yorlari alohida
– ishlab chiqarish jarayonlari va ishlarning “Me’yor va qoidalari” deb
ataluvchi mehnat xavfsizligi standartlari tizimi (MXST) orqali tadbiq
qilinadi.
Mehnatni muhofaza qilish standartlari tizimi ishlab chiqarishning
barcha sohalarini, barcha ish va jarayon turlarini qamrab oladi.
Qurilishda xavfsizlik texnikasi talablaridan tashqari sanitariya
me’yorlari va qoidalari ham yoritiladi.
“Xavfsizlikning umumiy talablari” deb ataluvchi maxsus standart
hujjatlarda yoritilgan. Bu standartlar to’siqlarga, mashinist kabinasiga,
uning
ko’rinishiga,
richaglarning
joylashishiga
va
ulardagi
zo’riqishlarga, mashinistning ish joyiga, kabinadagi havo haroratiga,
havoning namligi, changligi va havo tarkibidagi zararli moddalarni
aniqlaydi. Bulardan tashqari, standartlarda mashinalarning xavfsizlik
qurilmalari bo’yicha talablari, elektr qurilmalarni montaj qilishga
talablar kerakli me’yoriy hujjatlarda ilova qilinadi. Ma’lumki, shovqin
va tebranishning uzoq vaqtda odamga ta’sir qilishi natijasida yurak qon
tomirlari tizimi va eshitish a’zolari kasallikka uchrashi mumkin.
SHovqin manbai tebranish hisoblanadi. Havo zichligining 10 dan 20000
Gts gacha bo’lgan tebranishlar chastotasi inson tomonidan shovqin
223
sifatida qabul qilinadi. Bunda tebranish chastotasining o’zgarishi tovush
oxangiga ta’sir qiladi, bosimning o’zgarishi esa ovozning balandligiga
ta’sir qiladi. 70 detsiballi shovqin ish bajaruvchini titratadi, 90 detsiballi
shovqinda 8 soat ishlagan ishchi 20 detsiballi shovqinni yaxshi qabul
qila olmay qoladi. Buni hisobga olib Sog’liqni saqlash vazirligi
tomonidan ish joylarida va boshqarish organlarida mashinalarning ishlab
chiqarish jarayonida ishlayotganida hosil bo’ladigan shovqin tebranishi
va tashqi shovqinni ruxsat etilgan darajasi o’rnatilgan.
So’nggi vaqtlarda ergonomika, ya’ni insonni mashina va atrof
muhit bilan o’zaro ta’sirini o’rganuvchi fan keng rivojlanmoqda.
Ergonomik talablar, bu mashinada mashinistning o’tirish joyiga va
boshqarish
organlariga,
yoritilganligiga,
ishlash
chegarasining
ko’rinishiga, nazorat asboblarining joylashishiga, mashina ag’darilganda
yoki boshqa hollarda boshqaruvchini qutqarib qolishga aloqador bo’lgan
talablardir.
Shunday qilib, sanoatda chiqarilayotgan mashinalar chidamlilik va
jarayon ko’rsatkichlarigagina javob berib qolmay, sanitar-texnik
(ergonomik, texnik-estetik) talablarga ham javob berishi kerak.
Binobarin, mehnat xavfsizligi talablari mashina sifat ko’rsatkichlarining
ajralmas qismidir. Bu talablarga javob bermaydigan mashinalar ishlab
chiqarishdan chiqarib tashlanadi.
Bundan tashqari, o’ziyurar qurilish mashinalariga yo’l harakati
qoidalari ham tatbiq qilinadi. Bu mashinalar to’xtatgich moslamasi,
talabga javob beruvchi tashqi o’lchamlari, umumiy foydalanishga
mo’ljallangan yo’llarda burila olishini ta’minlaydigan burilish radiusi,
ovozli va rangli ogohlantirish signallari bo’lishi, ularning haydovchisida
esa haydovchi guvohnomasi bo’lishi kerakligini bildiradi. Qurilish
kranlaridan foydalanish talablari bo’yicha ishlab chiqiladigan yuk
harakat qiladigan joylardagi himoya vositalari, chuqurlar oldida
kranlarni o’rnatish, qurilish yuklari tushiriladigan maydonlarni jihozlash,
tushirish va joylashtirish tartibi, avtotransport o’tadigan yo’llarni,
manyovr maydonchalarini tayyorlash, elektr tarmoqlari oldida kranlar
ishini tashkil qilish, qurilmalarga elektr tokini yerga o’tkazish uchun
moslamalar o’rnatish, qurilish-montaj ishlarini bajarishda ish joyini
yoritish va hokazo talablarga javob bera oladigan ishni tashkil qilish
loyihalari yoki texnologik kartalar asosida amalga oshiriladi.
|