Nazorat savollari . 1. Suv tartiblarining joriy qilish nechta usuli bor? 2. Birinchi usulga jarayon qo‟llaniladi? 3. Temir va mis kompleksonatlari qachon eriydi? 4. Aminlar har qanday sharoitda zanglamaydi? 5. Qozon agregatida misli qatlamlarning paydo bo‟lishi nimaga olib keladi? 6. Ishqorlarning miqdori katta bo'lgan holatlarda past va o'rta bosimli qozon agregatlarida nimalar qo‟llaniladi? 7. Qozon agregatining mustahkamligini yanada oshirish maqsadida qanday eritma ishlatiladi? 18 - MA'RUZA. IESdagi kondensat- ta’minot traktining ishqorli,betarafli va kompleksonli suv tartiblari.
Reja: 1. Kondensat - ta'minot traktining (KTT) suv tartiblari. 2. Ishqorli suv tartibi. 3. Betarafli suv tartiblari. 4. Kompleksonli suv tartibi. Tayanch iboralar: Kondensat-ta'minot, metall, ishqor,gidrazin-ammiak, deaerator,buster, ammiak. Adabiyotlar:1,2,3,4,5,6.
1. Kondensat - ta'minot traktining (KTT) suv tartiblari. Kondensat - ta'minot yo'llarida yemirilish va tilinish jarayonlari sodir bo'ladi va shuning uchun
ish muhitining tezligiga katta ahamiyat beriladi. Muhitning tezligi katta bo'lganda, issiqlik o'tkazishni
o'zgarmas soni oshadi va muhitning gidravlik bosimi ham ko'tariladi. Shu munosabat bilan kondensat
va ta'minot nasoslarining unumdorligini oshirish kerak. Bu paytda foydalanish harajatlari va elektr
energiyaning narxi ko'tariladi. Shuning uchun regenerativ isitgichlarni loyihalash vaqtida kondensat va
ta'minot suvlarining tezligi aniqlanadi. Ularni aniqlash uchun yiguvchi chiziqni ishlatish harajatlarga
siljib, minimum darajasida olinadi Undan muhit tezligining optimal miqdori ko'rsatiladi. Bu
aniqlangan muhit tezligida yyemirilish va tilinish jarayonlarining tezligi kam bo'ladi va metall
yuzasiga ta'sir qilmaydi