73
8. Arxiv xodimlarining malakalari qanday yo’llar bilan oshiriladi?
9. Arxiv muassasalarida qanday yo’nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi?
10. Arxivlarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlaridan asosiy maqsad nima?
Manbalar va adabiyotlar
Arxivlar to’g’risida: O’zR 1999 yil 15 aprelp qonuni //O’zbekistonning yangi
qonunlari. To’plam. 21-son. Toshkent, 1999.
Alimov I. va b. Arxivshunoslik. Toshkent, 1997.
Teoriya i praktika arxivnogo dela v SSSR. Moskva, 1980.
Krayskaya E. V. Organizasiya arxivnogo delo v SSSR. Moskva, 1980.
17- Mavzu: Arxeografik to’plam mavzusini tanlash va ish rejasini tuzish
Reja:
1. Arxeografiya to’g’risidagi tushuncha
2. Arxeograkfik to’plam mavzusini tanlash
3. To’plamning ish rejasi
Arxeografiya – arxiv hujjatlarini nashr qilishga
tayyorlashning qoida va usullarini o’rgatadigan
fan. Hujjatlarni e’lon qilish tarix fanining
rivojlanishida muhim rolp o’ynaydi. Arxivlar, ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan
tayyorlab nashr qilingan hujjatlar to’plamlari tarixni chuqur o’rganishga, haqiqatni
tiklashga yordam beradi. Bunday hujjatlar to’plamlari tarixchilar tomonidan ilmiy
asarlar yozishda muhim manba hisoblanadi. Hujjatlar to’plamlarining tarix fani
taraqqiyotida, tarixchilar ilmiy-ijodiy faoliyatida o’rni va ahamiyati beqiyosdir.
Hujjatlar to’plamini tayyorlash mavzu tanlash va reja tuzishdan boshlanadi.
Ilmiy tadqiqotga tayyorgarlik ishi, shuningdek
hujjatlar to’plami chop etishga tayyorgarlik mavzu
tanlashdan boshlanadi.
Mavzuni tanlash uchun eng avvalo shu tanlanayotgan mavzuga doir
masalalar xususida chuqur bilimga ega bo’lish kerak. Mavzu tanlash masalasi shu
mavzuning dolzarbligi va qimmatliligiga, uning ilmiy, siyosiy va amaliy
ahamiyatiga qarab hal etilishi kerak. O’zbekis-tonning o’rta asrlar tarixi,
shuningdek O’rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi va
Dostları ilə paylaş: