O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)
Demokratiya - (yun. "demos" - xalq va "kratos" -hokimiyat) - xalq hokimiyati,
fuqarolarning ozodligi va tengligi tamoyillarini e’lon qilishga asoslangan siyosiy tuzum shakli.
Tarixiy taraqqiyot davomida demokratiya tushunchasi shaklan va mazmunan boyib borgan. Bu
jarayon bugungi kunda ham davom etmokda. Zero, demokratiya eng rivojlangan davlatlarda ham
yuqori takomil nuqtasiga, ideal darajasiga erishgani yo‘q. Har bir millat va jamiyat, ayni paytda
har bir davr o‘z demokratiyasiga ega. Boshqacha aytganda, uni tushunish, talqin etish va
amaliyotda qo‘llashda o‘ziga xoslik barcha davrlarga xosdir. Bu o‘ziga xoslik xalqning bosib
o‘tgan tarixiy yo‘li, milliy mentaliteta, an’analari, amaldagi ijtimoiy munosabatlarning xarakteri
kabi bir kator omillar bilan belgilanadi.
Demokratiya asosida qizikish, intilish va manfaatlarni mutanosiblashtirish,
muvofiqlashtirish, murosaga keltirish va kelishish siyosati yotadi. Shu ma’noda demokratiya
jamiyatdagi kuchlarni birlashtirishga, mamlakat salohiyatini taraqqiyot uchun safarbar kilishga
xizmat qiladi. Uning ma’no-mohiyati haqida I.A. Karimov: "Haqiqatdan ham demokratiya - faqat
nazariya yoki siyosiy jarayongina bo‘lib qolmay, shu bilan birga xalqning turmush tarzi va uning
butun ruhiyati,an’analari, madaniyati, psixologiyasining xususiyat-lari hamdir. Demokratiya
jamiyatning qadriyatiga, har bir insonning boyligiga aylanmog‘i kerak"
27
, - degan edi.