3
KIRISH
"Loyiha" va "loyihalarni boshqarish" soʻzlari turli sohalardagi va hukumat
darajasidagi menejerlar tomonidan ishlatiladigan terminologiyada aniq belgilangan
(mustahkam oʻrnashgan). Oʻzbekistonning bozor iqtisodiyotiga kirishi iqtisodiy va
boshqaruv faoliyatining ixtisoslashuv darajasini oshirish, maxsus rejalashtirish
usullarini ishlab chiqish, muddatlarni nazorat qilish va ijrochilar oʻrtasidagi oʻzaro
aloqalarni tashkil qilishni talab etadi. Boshqarish ob’yektiga
yangi yondashuv asoslari
barcha rivojlangan mamlakatlardan olingan loyihalarni boshqarish konsepsiyasi
hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining 28.12.2018 yildagi oʻz ma’ruzasida ta’kidlaganidek,
ayni paytda mamlakatimizda chet el investitsiyalari hisobidan 23 milliard dollarlik 456
loyiha amalga oshirilmoqda. 2019 yilda barcha manbalar hisobidan 138 trillion
soʻmlik investitsiyalarni oʻzlashtirish rejalashtirilgan, bu 2018 yilga nisbatan 16 foizga
koʻpdir.
Joriy yil bilan taqqoslaganda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hajmi
deyarli 1,5
martaga oshib, 4,2 milliard dollarni tashkil etadi. Shu munosabat bilan 142
zamonaviy korxonani ishga tushirish moʻljallanmoqda.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning
natijalari etakchi xalqaro reyting agentliklari tomonidan e’tirof etilganligi alohida
ta’kidlanishi lozim.
Shunday qilib, birinchi marta
“FitchRatings” va
“Standard & Poor” nufuzli
reyting agentliklari tomonidan mamlakatimizga suveren kreditning xalqaro reytingi
berildi. Ushbu reyting bahosi
“Barqaror” prognozini beradi, bu kelgusi 12-18 oy
ichida koʻrsatkichlar pasayishi ehtimoli kamligini bildiradi. Davlatimiz rahbari oʻz
ma’ruzasida oliy oʻquv yurtlarining ilmiy salohiyatini yanada oshirish, ilmiy va
ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashni kengaytirishni eng muhim masala sifatida
koʻtarib chiqdi.
Zamonaviy kompaniyalar, turli tarmoqlar va hatto butun davlatlar oʻzlarini
loyihaga yoʻnaltirilgan boʻlib, natijada loyihalarni qanday qilib samarali va oqilona
4
boshqarishni oʻrganish zarurligiga tushunishadi. Qadim zamonlarda amaliy faoliyat
sifatida paydo boʻlgan va 20-asrning ikkinchi yarmida ilmiy va uslubiy intizom
sifatida shakllanishini boshdan kechirgan loyihalarni boshqarish, xalqaro va milliy
professional tashkilotlar va standartlar tizimi bilan bir qatorda oʻrnatilgan
terminologiya va uslublar hamda vositalar toʻplamiga ega boʻlgan eng istiqbolli va eng
koʻp talab qilingan boshqaruv metodologiyasiga aylandi.
Soʻnggi yillarda oʻzining rivojlanishida loyiha metodikasi bir qator muhim
bosqichlarni oʻtgan.
K
oʻrib chiqilayotgan
uslublarni ishlab chiqishda 1950-1960 yillarda asosiy
vositalar va asosiy metodologik hamda amaliy yondashuvlar yaratilganda muhim
natijalarga erishildi. Bundan tashqari, 1970-1990 yillarda professional tashkilotlar
tashkil etildi va individual (alohida) loyihalarni boshqarishda ishlab chiqilgan
standartlashtirish va amaliyot usullari yaratildi.
1990-yillarda loyihalarni boshqarish (management by projects) yordamida
boshqarish tushunchasi paydo boʻldi va loyihalarni boshqarish bevosita kompaniyaga
keldi. Koʻplab korxona va tashkilotlarda loyiha portfellari va dasturlarini boshqarish
uchun metodologiyalar paydo boʻldi, loyihalarni boshqarish boʻyicha korporativ
tizimlari (LBKT) yaratildi. Kompaniyalarda loyiha boshqaruvining yetukligini
oʻlchash usullarini ishlab chiqish zarurati paydo boʻldi va bunday metodlar ishlab
chiqildi hamda standartlashtirildi.
Soʻnggi yillarda moslashuvchan loyiha boshqaruvi metodologiyalari
mashhurlikka
erishmoqda,
ular
umumlashtirilib,
tushunilmoqda
va
faol
ommalashmoqda.
Bularning barchasi "Loyihalarni boshqarish" fanini oʻrganishning dolzarbligi
va oʻz vaqtida ekanligini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: