84
1) Bola shaxsi o„zini-o„zi anglashining komponentlari, eng avvalo, oilada
shakllanar ekan, ota-onalar o„z farzandlarining ijtimoiy munosabatlarga to„g„ri
kirishishlariga yordam ko„rsatishlari uchun xizmat qiladigan asosli ma‟lumotlarni
dissertatsiya natijalaridan olishlari;
2) ota-onalar
dissertatsiya
natijalaridan
ota-onaning
farzandiga
munosabatida bolalikning dastlabki davrlaridayoq o„ziga ishonchni, mustaqillikni,
atrofdagilar bilan munosabatda faol va vazmin bo„lish, vaziyatni tahlil etish
ko„nikmalarni shakllantirish jarayonida foydalanishlari;
3) MTM psixologlari dissertatsiya ma‟lumotlari va metodikalari asosida
bola shaxsi o„zini-o„zi anglash komponentlarining shakllanish darajasini
aniqlashlari hamda ularga individual yondashib tegishli ko„rsatmalar berishlari;
4) boshlang„ich ta‟limga o„quvchilarni qabul qilish jarayonida, shuningdek,
maktab psixologlari boshlang„ich sinf o„quvchilarining psixologik qiyofalarini
aniqlashda va ularni mavjud ijtimoiy muhitga moslashishlari uchun tavsiyalar,
qo„llanmalar, metodologik ko„rsatmalar ishlab chiqishlarida dissertatsiya metodlari
hamda empirik natijalaridan foydalanishlari uchun tavsiya etiladi.
5) Oilaga psixologik xizmat ko„rsatuvchi amaliyotchi psixologlar, ayniqsa,
yosh oila markazlarining psixologlari dissertatsiya xulosalaridan kelib chiqadigan
tavsiyalarni maktabgacha yoshli farzandlarni tarbiyalashda qo„llash mumkinligini
inobatga olishlari maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: