Klinik ko‘rinishi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda har qanday QIQQning
o‘ziga xos belgilari quyidagilar: 1) bola umumiy holatining to‘satdan yomonlashib,
miya faoliyatining har xil turdagi pasayishlari kelib chiqadi, ba`zan
qo‘zg‘aluvchanlikning oshish belgilari paydo bo‘lishi mumkin; 2) yig‘i ifodasining
o‘zgarishi va ko‘ruvda muloqotning yo‘qotilishi; 3) katta liqildoq bo‘rtib chiqishi
yoki taranglashishi; 4) ko‘z soqqalarining anomal harakatlari; 5) termoregulyatsiya
(gipo- yoki gipertermiya) yo‘qolishi; 6) vegetovistseral buzilishlar (sutni qayt
161
qilish, tana vaznining patologik kamayishi, meteorizm, ichining beqaror kelishi,
taxipnoe, taxikardiya, periferik qon aylanishi buzilishi); 7) psevdobul’bar va
harakat buzilishlari sindromi; 8) talvasalar; 9) mushak tonusi buzilishlari; 10) avj
oladigan
post-gemorragik
anemiya;
11)
metabolik
buzilishlar
(asidoz,
gipoglikemiya, giperbilirubinemiya); 12) bosh miya tug‘ruq jarohatining
kechishini va prognozni og‘irlashtiradigan somatik kasalliklar qo‘shilishi
(pnevmoniya, yurak qon-tomir etishmovchiligi, meningit sepsis, buyrak usti bezi
etishmovchiligi va b.).
Eslatib o‘tilgan simptomlar va sindromlarning QIQQ bo‘lgan turli bolalarda
birga uchrashi juda keng miqyosda o‘zgarib turadi, bu bolaning gestatsion yoshiga,
premorbid foniga va qo‘shilib keladigan holatlarga, QIQQ egallagan sathga
bog‘liq.
Epidural qon quyilishlar kalla suyaklarining ichki yuzasi bilan qattiq miya
pardasi orasida paydo bo‘ladi va kalla suyagi choklaridan tashqariga tarqalmaydi,
chunki bu joylarda qattiq miya pardasi bilan zich yopishib ketgan bo‘ladi. epidural
gematomalar kala skeleti gumbazi suyaklarining darz ketishi va sinishlarida
epidural bo‘shliq tomirlari uzilganda hosil bo‘ladi. epidural gematomalar
ko‘pincha keng ko‘lamli tashqi kefalogematomalar bilan birga qo‘shilib keladi.
Klinik manzarasida simptomlarning izchilligi xos. Uzoq davom qilmaydigan
“yorug‘lik” oralig‘idan (3 soatdan 6 soatgacha) so‘ng miya bosilishi sindromi
rivojlanadi, u jarohatdan 6-12 soat o‘tgach keskin bezovtalik paydo bo‘lishi, bola
ahvolining yomonlashib, 24-36 soat o‘tgach koma rivojlanishigacha borishi
mumkin. Qorachiqning zararlangan tomonda kengayishi (3-4 martaga), fokal yoki
diffuz klonik-tonik talvasalar, gematoma joylashgan tomon qarshisida gemiparez,
asfiksiya xurujlari, bradikardiya, arterial bosimining pasayishi o‘ziga xos
simptomlar hisoblanadi. Ko‘ruv nervi so‘rg‘ichlarining dimlanishi tez rivojlanadi.
Neyroxirurgik davolash talab qilinadi.
Subdural qon quyilishlar kalla suyagining plastinalari siljib deformatsiya
bo‘lishida paydo bo‘ladi. YUqori sagital va ko‘ndalang sinuslariga qo‘yiladigan
vena qon tomirlari, miyacha chodiri tomirlarining zararlanishi sababchi bo‘ladi.
162
Subdural qon quyilishiar aksariyat homila chanoq bilan kelganda kuzatiladi.
Odatda, subaraxnoidal qon quyilishi bilan birga uchraydi. O‘tkir osti kechishida
(klinik belgilar jarohatdan 4-14 kundan so‘ng yuzaga chiqadi) yoki surunkali
gematomada klinik belgilari 3-4 hafta o‘tgach shakllanishi mumkin. Bola
ahvolining og‘ir-engilligi qon quyilishining joylashgan o‘rni, ortib borishi sur`ati
va katta-kichikligiga bog‘liq.
Supratentorial subdural gematomada 2-4 kun ichida soxta tinch davr
kuzatilishi mumkin, so‘ngra gipertenzion-gidrotsefal va dislokatsion sindromlar
orta boradi: bezovtalik, liqildoqlarning taranglashishi va bo‘rtib chiqishi, boshni
orqaga tashlash, ensa mushaklari rigidligi, kalla suyagi choklarining ochilishi,
Grefe simptomi, qorachiqning gematoma tomonida kengayishi, ko‘z soqqalarining
kollateral gemiparezi qon quyilish tomoniga burilishi, talvasali xurujlar bo‘lishi
mumkin. Gematoma orta borgan sayin ikkilamchi asfiksiya xurujlari avj oladi,
bradikardiya, vazomotor buzilishlar va termoregulyatsiyaning o‘zgarishi, talvasa
tutqanoqlari, stupor yoki koma bo‘ladi. Neyroxirurgik davolash zarur.
Aniqlanmagan subdural gematomada va u yaxshi kechganda 7-10 kun
o‘tishi bilan gematoma inkapsulyatsiyasi ro‘y beradi, u bosilish va ishemiya
sababli miya to‘qimasi atrofiyasini chaqiradi. Bu bosh miya tug‘ruq jarohatining
oqibati va natijasini belgilaydi.
Gematomaning subtentorial joylashuvida (miyacha uzilishi va orqa kalla
suyagi chuqurchasiga qon quyilishi) Yangi tug‘ilgan chaqaloqning umumiy ahvoli
tug‘ilish paytidan og‘ir, miya poyasining bosilish simptomlari orta boradi: ensa
mushaklari rigidligi, emish va yutishning buzilishi, anizokoreya, ko‘zning, boshni
burishda ham yo‘qolmaydigan chetga qarashi; dag‘al vertikal yoki rotator nistagm,
ko‘z olmalarining “suzishi” kuzatiladi. Tonik talvasa xurujlari va “yumuq
qovoqlar” simptomi bo‘lishi mumkin (miyachadagi kalla nervlari V juft
retseptorlarining ta`sirlanishi hisobiga ko‘zni tekshirish uchun qovoqlarni ochib
bo‘lmaydi).
163
Dinamikada holsizlik, rangparlik, nafas buzilishi, bradikardiya orta boradi,
mushak gipotoniyasi ko‘pincha mushak tonusining oshishi bilan almashinadi, gipo
va arefleksiya paydo bo‘ladi.
Kasallikning kechishi diagnostika va davolash o‘z vaqtida amalga
oshirilishiga bog‘liq. Supratentorial gematoma olib tashlanganda 50-80% bolalarda
oqibati yaxshi, qolganlarida og‘irlik darajasi har xil nevrologik buzilishlar qayd
qilinadi (gemisindrom, gidrotsefaliya, minimal tserebral disfunktsiya va b.).
Miyacha chodiri yirtilgan holatda Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar ilk neonatal davrda
halok bo‘ladilar. Miyacha chodiri shikastlanmagan subtentorial gematomali Yangi
tug‘ilgan bolalarda oqibat yaxshi bo‘lishi mumkin, biroq likvor yo‘llari
obstruktsiyasi natijasida gidrotsefaliya rivojlanishi mumkin.
Subaraxnoidal qon quyilishlar meningeal tomirlar butunligi buzilishi
natijasida paydo bo‘ladi. Qon quyilishlar joylashuvi har xil, aksariyat katta miya
yarim sharlari tepa-chakka sohasida va miyachada bo‘ladi. Subaraxnoidal qon
quyilganda qon miya pardalarida cho‘kib qolib, ularni aseptik yallig‘lantiradi, bu
keyinchalik miyada va uning pardalarida chandiqli-atrofik o‘zgarishlarga,
mikrodinamik buzilishiga olib keladi. Qon parchalanish mahsulotlari, ayniqsa
bilirubin toksik ta`sirga ega. Subaraxnoidal qon quyilishlarning klinik belgilari
meningeal, gipertenzion gidrotsefal sindromlardan, shuningdek qon quyilish
joylashgan o‘rniga ko‘ra “tushib qolish” simptomlariga bog‘liq. Klinik manzara
tug‘ilishdan so‘ng darhol yoki bir necha kun o‘tgach rivojlanadi. Umumiy
qo‘zg‘alish belgilari: bezovtalik, “miya” qichqirig‘i, uyqu inversiyasi ustunlik
qiladi, bolalar uzoq vaqtgacha ko‘zini katta ochib yotadilar, yuz qiyofasi vazmin,
hushyor yoki havotirli. Giperesteziya, tug‘ma reflekslar kuchayishi, mushak tonusi
oshishi tufayli salgina ta`sirlanishdan harakat faolligining oshishi kuzatiladi.
Gipertenzion gidrotsefal sindrom boshni orqaga tashlash, talvasaga tayyor
holat, lokal va polimorf talvasalar hamda kalla nervlari funktsiyasining yo‘qolishi:
g‘ilaylik, burun, lab burmalarining silliqlashganligi, shuningdek liqildoqlarning
bo‘rtib chiqishi, kalla suyagi choklarining qochishi, bosh aylanasining ortishi bilan
yuzaga chiqadi. ensa mushaklari rigidligi 1/3 Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda
164
kuzatiladi. ensa mushaklarining rigidligi yo bir necha soat o‘tgach yoki hayotning
2-3 kunida paydo bo‘ladi. Somatik statusda aksariyat sariqlik, gipo- va ko‘pincha
hayotning 3-4 kuni gipertermiya kuzatiladi, u bir necha kun mobaynida saqlanib
qolishi mumkin. Anemiya, tana vaznining birmuncha yo‘qolishi mumkin.
Subaraxnoidal qon quyilishining klinik belgilari ko‘pincha nospetsifik va
uning birdan-bir belgisi talvasa bo‘lishini hisobga olib (agar qaytalanuvchi bo‘lsa,
bola ular orasida go‘yo sog‘lom bo‘lib ko‘rinadi), lyumbal punktsiya natijalari
neonatologik QIQQ bu turi to‘g‘risida fikr yuritadilar. Subaraxnoidal qon quyilishi
uchun xos o‘zgarishlar likvorda katta miqdorda eritrotsitlarni topish, keyinchalik
esa uning ksantoxromiyasi, oqsil darajasining oshishi (proteinorraxiya), limfotsitar
tsitoz hisoblanadi.
YAkka subaraxnoidal qon quyilishlarda prognoz odatda yaxshi, nevrologik
oqibatlar umuman kamdan-kam bo‘ladi.
Qorinchalar ichi qon quyilishlari bir va ikki tomonlama bo‘lishi mumkin.
Ul’tratovush tekshirish ma`lumotlariga asoslanib, L.Pepayl bo‘yicha, QIQQ 4
darajasi farq qilinadi: 1) subependimal qon quyilish, miya qorinchalari ichiga qon
quyilishi minimal bo‘ladi yoki bo‘lmaydi; 2) aniqlangan QIQQ, biroq yon
qorinchalari qon bilan to‘lmasligi; 3) batamom QIQQ to‘lgan va loqal bitta yon
qorinchaning cho‘zilgani; 4) QIQQ hamma qorinchalar to‘liq cho‘zilgan va miya
ichiga (oq moddaga) qon quyilgan. QIQQ yaqqolligiga ko‘ra klinik manzara har
xil bo‘lishi mumkin. 60-70% QIQQli bemorlarning “klinik gungligi” aniqlanadi va
kasallik qo‘shimcha tekshirish usullari yordamidagina (takroriy ul’tratovush
tekshirishlari, kom’pyuter tomografiyasi) topilishi mumkin.
Quyidagi holatlar orqali o‘tkir QIQQ o‘zini namoyon qiladi: 1) sababsiz
gematokrit pasayishi va anemiya rivojlanishi; 2) katta liqildoq bo‘rtib chiqishi; 3)
bola harakat faolligining o‘zgarishi; 4) mushak tonusi pasayishi, emish va yutish
reflekslarining yo‘qolishi; 5) apnoe xurujlarining paydo bo‘lishi; 6) ko‘z
simptomatikasi (nigohning harakatsizligi, doimiy gorizontal yoki vertikal rotator
nistagm, okulotsefalik reflekslar buzilishi, qorachiqning yorug‘likka reaksiyasi
yo‘qligi); 7) arterial bosim pasayishi va taxikardiya. Boshqa simptomlar kamdan-
165
kam talvasa, bradikardiya, gipertermiya, boshni orqaga tashlash, tonik pozalar
kuzatiladi. QIQQ li kasal bolalarda talvasalar metabolik buzilishlar-gipoglikemiya,
gipokal’tsiemiya, gipomagniemiya, gipernatriemiyaga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Muntazam o‘tkaziladigan ul’tratovush tekshirishlar ma`lumotlariga ko‘ra QIQQ
60-75% hollarda hayotining dastlabki 30 soatida rivojlanadi. Ular hayotining 3
kunidan keyin paydo bo‘lishi kamdan-kam uchraydi.
QIQQ kechishi va oqibati ko‘p hollarda bolalarning gestatsion yoshiga va
qo‘shilib keladigan kasalliklariga, patologik holatlarga bog‘liq. PVQQ
(paraventrikulyar qon quyilishi) va SEQQ (subepindimal qon quyilishi) ya`ni
QIQQning I darajasi) bolada oqibatni belgilamaydi va ko‘pchilik bemorlarda
oqibatsiz so‘rilib ketadi. QIQQ III va IV birmuncha yomon oqibatlarga ega –
bolalarning yashovchanligi tegishilicha 50-70% va 20-40% atrofida bo‘ladi va
ularda miya qorinchalarining kengayishi foizi yuqori (50% foizgacha) va
postgemorragik gidrotsefaliya, keyinchalik esa oyoqlar spastik diplegiyalari,
tserebral etishmovchilikning boshqa turlari ham ko‘p uchraydi. Ko‘pchilik
neonatologlar QIQQ dan keyin qorinchalarning kengayishi 1/2-2/3 Yangi
tug‘ilganlarda hayotininig 1-oyi oxirida to‘xtabgina qolmay, balki qayta
rivojlanishga uchray boshlaydi deb ta`kidlaydilar. Agar kalla suyagi ichi
gipertenziyasi va miya qorinchalarining kengayishi bir oydan oshgan bolalarda avj
olib borsa, neyroxirurgik yordam to‘g‘risidagi masala hal qilinadi (masalan,
qorinchalar bilan qorin bo‘shlig‘i orasiga shunt qo‘yish).
Miya ichiga qon quyilishlar oldingi va orqa miya arteriyalarining oxirgi
(terminal) tarmoqlari shikastlanganda vujudga keladi. Yirik va o‘rta kalibrli
arteriyalar kamdan-kam shikastlanadi. Mayda nuqtasimon gemmoragiyalarda
klinik manzara kam yuzaga chiqqan va noaniq bo‘ladi: holsizlik, ovqatni qayt
qilish, mushak tonusi va fiziologik reflekslarning buzilishlari, beqaror o‘choqli
simptomlar, nistagm, anizokoriya, strabizm, fokal qisqa muddatli talvasalar, Grefe
simptomi kuzatiladi.
Gematomalar hosil bo‘lganda klinik manzara birmuncha aniq va
gematomaning joylashuvi va kattaligiga bog‘liq. Yangi tug‘ilganlarning umumiy
166
ahvoli og‘ir, nigohi shuursiz, aksariyat “ochiq ko‘zlar” simptomi kuzatiladi, diffuz
mushak gipotoniyasi, gipo- yoki arefleksiya xos. Odatda o‘choqli simptomlar:
qorachiqlar kengaygan (ba`zan gematoma tomonida kengroq), g‘ilaylik, gorizantal
yoki vertikal nistagm, ko‘z olmalarining “suzuvchi” harakatlari, emish va
yutishning buzilishlari bo‘ladi. Pay reflekslari sustlashgan, biroq qon quyilishiga
qarama-qarshi
tomonda
oshishi
mumkin.
Bolalar
umumiy
ahvolining
yomonlashuvi miya shishi oshib borishiga bog‘liq.
Chuqur miya shishining klinik ko‘rinishi diffuz mushak gipotoniyasi, emish
va yutishning yo‘qligi bilan harakterlanadi. Vaqti-vaqtida kuchayadigan yoki
sustlashadigan ingrash qayd qilinadi. Tug‘ma reflekslardan ba`zan faqat
changallash saqlanib qolgan, u simmetrik yoki asimmetrik (zararlangan tomonda
kuchayishi) bo‘lishi mumkin. Faqat og‘riq ta`surotlariga reaksiya sust bo‘ladi, bola
deyarli ovozini chiqarmay yig‘laydi. Uyquchanlik orta boradi, uyqu yuzaki,
bezovtalik bilan o‘tadi. Ana shu asnoda gorizantal nistagm, g‘ilaylik, anizokariya,
takroriy, ayniqsa klonik talvasalar paydo bo‘ladi. Keyinroq bradikardiyaga
o‘tadigan tonik talvasalar qo‘shilishi mumkin.
YUz terisida va ko‘krakda tomirli dog‘lar, nafas aritmiyasi, apnoe xurujlari
paydo bo‘ladi. Ko‘z tubida mayda nuqtali qon quyilishlar, to‘r parda shishi
aniqlanishi mumkin. TSerebrospinal suyuqlikda patologik o‘zgarishlar, odatda
bo‘lmaydi, biroq uning bosimi oshishi kuzatiladi.
Petexial gemorragiyalar Yangi tug‘ilgan bolalarni kamdan-kam hollarda
o‘limga olib keladi; gemorragiyalar oqibatlarsiz so‘rilib ketishi mumkin, biroq
ayrim bolalarda keyinchalik MNS organiq zararlanish belgilari topiladi.
Kechishi. Bosh miya tug‘ruq jarohatlarining quyidagi kechish davrlari farq
qilinadi:
•
o‘tkir (7-10 kun, ba`zan 1 oygacha);
•
o‘tkir osti (ilk tiklanish 3-4 oygacha, ba`zan 6 oygacha);
•
kechki tiklanish davri (4-6 oydan 1-2 yilgacha).
Bosh miya tug‘ruq jarohatining o‘tkir davrida oy-kuni yetib tug‘ilgan
bolalarda 4 fazani ajratish mumkin. 1-faza uchun lens qo‘zg‘alishi, sedativ davoga
167
tolerantlik, qon aylanishi markazlashuvi, giperventiliyatsion sindrom, oliguriya,
gipoksemiya, metabolik asidoz xos. 2-fazaga o‘tish MNS pasayib ketishi, o‘tkir
yurak qon-tomirlar etishmovchiligi shish-gemorragik sindrom bilan; periferik
shishlar va sklerema paydo bo‘ladi. 3-fazada nafas a`zolari zararlanishi
(interstitsial shish, bronxobstruktiv sindrom), yurak etishmovchiligi saqlanib
qoladi, koma rivojlanadi. Tiklanish (4) fazasida mushak gipotoniyasi yo‘qoladi,
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning fiziologik reflekslari ta`sirlanishiga emotsional
reaksiya paydo bo‘ladi. Asta-sekin nafas buzilishlari, yurak etishmovchiligi va suv
- elektrolit buzilishlar yo‘qoladi. Bosh miya tug‘ruq jarohatining o‘tkir davrida
aksariyat infeksion kasalliklar rivojlanadi.
Muddatiga yetmay tug‘ilgan chaqaloqlarda QIQQ o‘tkir davrda quyidagi
variantlar bo‘yicha kechishi mumkin;
1) simptomlarsiz yoki noaniq kam klinik manzara bilan,
2) nafas buzilishlari ustunligi bilan, apnoe xurujlari bilan;
3) MNS faoliyatining pasayishi sindromining ustunligi bilan; (mushak
gipotoniyasi, adinamiya, giporefleksiya, noemotsional yig‘i yoki yo‘qligi, emish va
yutish reflekslarining uzoq vaqtgacha bo‘lmasligi, gipotermiyaga moyillik, qayt
qilish, qusish, apnoe va bradikardiya xurujlari va b.
a)
oshgan
qo‘zg‘aluvchanlik
sindromining
ustunligi
(umumiy
qo‘zg‘oluvchanlikning oshishi, mushak gipertoniyasi yoki distoniyasi,
giperefleksiya, keng ko‘lamli tremor, yuqori asidoz, talvasalar), o‘choqli
simptomatika (grefe simptomi, spontan vertikal nistagm, kuchli va doimo
yaqinlashadigan g‘ilaylik, “botayotgan quyosh” simptomi, fokal talvasalar va b.),
tug‘ma
avtomatizm
reflekslarining
qisman
yoki
batamom
yo‘qolishi,
gipertenizion-gidrotsefal sindrom.
Davolash. QIQQ bo‘lgan Yangi tug‘ilganlar uchun: muhofaza tartibi (insul’t
bo‘lgan kattalarnikiga o‘xshash) – tovush va yorug‘lik ta`sirlari kuchini
kamaytirish, ko‘riklarni avaylab o‘tkazish, yo‘rgaklash va har xil muolajalar
o‘tkazishda ehtiyotlash; og‘riqli muolajalarni cheklash; sovqotishning ham, qizib
ketishning ham oldini oladigan “haroratdan himoyasi”, onaning bola
168
parvarishidagi ishtiroki. Bola och qolmasligi kerak. Bolalarni holatiga qarab
ovqatlantiriladi: parenteral, yo zond orqali, doimiy transpilorik yoki martalik yoki
shishachadan. QIQning birinchi kunlari ko‘krak tutish ham, shishachadan
ovqatlantirish ham bola uchun og‘irlik qiladi. Parenteral ovqatlantirishda ritm
muhim, bu hajm oshib ketishini va gipertenziyaning oldini oladi, ikkinchi
tomondan gipovolemiya, gipotenziya, suvsizlanish, giperyopishqoqlikka yo‘l
qo‘ymaydi.
Hayot faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini monitorlash g‘oyat muhim:
arterial bosim va pul’s, nafas olishlar soni va tana harorati, diurez, tana vazni va
kiritilgan suyuqlik miqdori, gemoglabin oksegenatsiyasi va qonda karbonat
angidrid gaziga (rSO
2
) baho berish, qator biokimyoviy qon ko‘rsatkichlari KOS,
glikemiya, natriemiya va kaliemiya, azotemiya, kal’tsiemiya. Arterial giper- va
gipotenziyaga, gipoksemiya va giperkapniyaga yo‘l qo‘ymaslik (qon rSO
2
simob
ustuni hisobida 55 mm dan yuqori bo‘lmasligi), gipoglikemiya (talvasalar QIQQni
kuchaytirishi mumkin va giperglikemiya, gipernatriemiya va giponatriemiya,
gipokal’tsiemiya. Parenteral ovqatlantirishda kateterlar trombozining oldini olish
uchun geparin ishlatmaslik kerak, chunki uning hatto kichik dozalari ham (soatiga
1-2 TB/kg) QIQQ xavfini kuchaytiradi. Shunday qilib, QIQQ bolalarni
davolashning asosi – quvatlaydigan, simptomatik davolashdir. Medikamentoz va
boshqa davo qo‘shilib kelgan patologiya harakteriga, qon ketish og‘irligi va joyiga
bog‘liq.
Tez avj oladigan subdural gematomalar, orqa kalla suyagi chuqurchasiga
qon quyilishlar holatlarida xirurgik davolash zarur. Ko‘pincha tegishlicha
nazoratda (UZI) subdural gematomaning so‘rib olish operatsiyasi bajariladi. Agar
QIQQ bemorda Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning gemorragik kasalligi yoki sarflash
koagulopatiyasi belgilari bo‘lganda Yangi muzlatilgan plazma quyiladi. QIQQ li
hamma bolalarga eskicha usulda plazma quyish tavsiya qilinmaydi. Faqat QIQQ
bo‘yicha medikamentoz davo o‘tkazilmaydi.
QIQQli bemorlarda IVL o‘tkazish ayniqsa murakkab. Gipoksemiya yoki
giperkapniyaga quymay qat`iy ventilyatsiya ko‘rsatkichlaridan qochish, IVL
169
ko‘rsatkichlarini bolaning mustaqil ritmiga moslashtirib, bolani qunt bilan kuzatib,
“bolani apparat bilan kurashishiga” yo‘l qo‘ymaslik juda muhim.
Profilaktikasi. Avvalo bu bolaning vaqtidan oldin tug‘ilishining oldini olish
va QIQQ yuqori xavf omillari hisoblangan hamma holatlarning oldini olish va faol
davolashdan iborat. Adabiyotlarda QIQQ soni va og‘irligini birmuncha
kamaytirish foydasiga dalillar keltirilgan. Onaga tug‘ruqdan oldin fenobarbital, K-
vitamini, piratsetam tayinlash, shuningdek chaqaloqqa hayotining birinchi
kunlarida indometatsin yoki ditsinon kiritish shular qatoriga kiradi.
Ambulatoriya sharoitida markaziy nerv tizimining perinatal jarohatlanishi
bo‘lgan bolalarni olib borish taktikasi
Pediatr markaziy nerv tizimida perinatal zararlanishi bo‘lgan bolalarni ikki yil
mobaynida har oy kuzatib boradi. Nevropatolog tamonidan 1 oyligida, bola
haetining 1-chi yilida har 3 oyda, ikkinchi yilida har 6 oyda ko‘ruvdan o‘tkaziladi.
Ko‘z shifokori tomonidan dastlab 1 oyda, bola haetining 1-chi yilida, keyinchalik
ko‘rsatmaga binoan ko‘ruvdan o‘tkaziladi.
Audiologik skrining 1 oyligida, otolaringolog ko‘ruvidan 1, 4, 6, 12 oyligida,
keyinchalik ko‘rsatmaga binoan o‘tadi.
Neyrosonografiya 1 yilda 1 marta, umumiy qon tahlili yiliga 2 marta, umumiy
peshob taxshili yiliga 1 marta, qonning bioximiyaviy taxlili (glyukoza, Sa,
bilirubin miqdori, ishkoriy fosfotaza faolligi va h.k) ko‘rsatmaga binoan
topshiriladi.
Orka miya shikastlanishiga shubha tug‘ilganda umurtqa pog‘onasining bo‘yin
qisilib rentgenologik tekshiriladi. Komp’yuter tomografiya va MRT parenximatoz
qon quyilishiga shubha bo‘lganda qilinadi.
Reabilitatsiya:
- himoyalovchi rejim;
- klinik sindromlarga ko‘ra medikamentoz davolash:
170
(V guruhiga kiruvchi vitaminlar, degidratatsion terapiya, miyada qon aylanishini
yaxshilaydigan nootrop moddalar).
- uqalash.
- suzish.
- perinatal orqa miya patologiyasi bor bemorlarni davolashda fizioterapiya etakchi
o‘rinni egallaydi. Vertebrobazillyar qon aylanishini yaxshilovchi
0,5 - 1%li nikotin kislotasi eritmasi bilan elektroforez o‘tkazishga ko‘rsatma bor.
- kinezoterapiya;
- musiqa bilan davolash.
- aromaterapiya;
- quruq immersiya.
Dostları ilə paylaş: |