O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/40
tarix29.12.2021
ölçüsü0,98 Mb.
#48688
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40
boshlangich talimda xalq ogzaki ijodi ustida ishlash usullari.

Badiiy  o'qish.  Badiiy  o'qish  ifodali  o'qishning  yuksak  bosqichi  hisoblanadi. 

Unda so'z san'atining barcha komponentlari ishtirok etadi. U o'quvchidan asar 

ruhiga  batamom  kirishni,  san'atkorona  o'qishni  talab  etadi.  Badiiy  o'qishda 

asar  qahramonlarining  ruhiy  holati,  kechinmalari  to'la  anglab  yetilgandagina 

ta'sirchanlikka  erishish  mumkin.  Badiiy  o'qishga  tayyorgarlik  ko'rishda 

aktyorlarning  audio-video  tasmalarga  yozilgan  ijrolaridan  foydalanish  yaxshi 

samara beradi. 

Badiiy  o'qishning  muvaffaqiyatini  ta'minlaydigan  omillardan  biri  tanlab 

o'qishdir. Masalan, 3-sinfda X.To'xtaboyevning „Hassa"(12.181) hikoyasi bilan 

tanishish  jarayonida  Qobil  boboning  savollariga  Shavkatning  javoblari  yoki  S. 

Anorboyevning  „Bahs"  (12.192)  hikoyasidagi  bolalarning  bahslashish  epizodi 

yuzasidan o'qitiivchi topshirig'iga ko'ra mazkur  o'rinlarni tanlab qayta o'qilishi 

natijasida  ushbu  asarlarning  badiiy-estetik  qimmatini  chuqurroq  o'zlashtirish-

ga erishiladi. 



Izlanish metodi. Bu metod asardagi voqea va tafsilotlar asosida o'quvchilarga 

savol-topshiriqlar tuzishda, qahramonlarga baho berishda keng qo'llaniladigan 

usuldir. 

O'qish  darslarida  reproduktiv  metod  keng  qo'llaniladi.  Masalan,  o'qituvchi 

dastlabki  darslarda  o'zi  asar  matnini  qismlarga  bo'ladi,  yozuvchi  yoki 



14 

 

shoirning aytmoqchi bo'lgan muhim fikriga o'quvchilar  diqqatini jalb qiladi, uni 



aniqlab ko'rsatadi, o'quvchilar bilan birga tasvir vositalariga yuklatilgan ma'noni 

ochib,  o'quvchilarga  ko'maklashadi.  Bularning  bari  o'quvchilar  uchun  bir 

ko'rsatma  vazifasini  o'taydi.  Shundan  so'ng  o'quvchilar  o'qituvchining 

ko'rsatmalari  yordamida  yuqorida  ko'rsatib  o'tilgan  vazifalarni  o'zlari  mustaqil 

ravishda bajaradilar. 

Yuqorida  ta'kidlangan  metodlardan  tashqari,  boshlang'ich  sinf  o'qish 

darslarida  zamonaviy  pedagogik  texnologiya  usullaridan  „Aqliy  hujum", 

„Tarmoqlash",  „Guruhlar  bilan  ishlash",  „Blis  texnologiyasi"  kabilardan  ham 

foydalanish yaxshi samara beradi. 

Shuni  ta'kidlab  o'tish  kerakki,  har  bir  darsda  qanday  metoddan 

foydalanish,  darsda  qanday  usullarni  qo'llash  o'qituvchi  tomonidan  oldindan 

belgilab olinishi va puxta ishlab chiqilishi kerak. 

  O'qish malakalari va ularni takomillashtirish usullari 

Dastur  talablarini  to'liq  bajarish  va  amalga  oshirish  uchun,  birinchi 

navbatda,  o'qish  ko'nikmalarini  to'g'ri  va  puxta  egallash  va  takomillashtirib 

borish  zarur.  O'qish  ko'nikmalari  savod  o'rgatish  jarayonida  shakllanadi, 

o'qitishning keyingi bosqichlarida takomillashadi 

O'qish malakalari deganda badiiy asar matnini to'g'ri, tez, ongli va ifodaii o'qish 

tushuniladi.  O'qish  darslarida  o'quvchilarning  o'qish  malakalari  shakllantiriladi  va 

takomillashtiriladi. 

O'qish  malakasining  sifatlari  o'zaro  bog'liq  bo'lib,  ularning  asosi  ongli  o'qish 

hisoblanadi. O'quvchi matnni tez va to'g'ri o'qisa-yu, anglab o'qimasa yoki uning tez 

o'qishi natijasida boshqalar matn mazmunini tushunmasa, to'g'ri o'qisa-yu, o'ta sekin 

o'qisa,  nutq  birliklari  orasida  to'xtamlarga  e'tibor  bermasa,  matnda  ifoda  etilayotgan 

fikr  tushunilmaydi.  Muayyan  tezlikda  va  to'g'ri  o'qish  ongli  o'qishga  xizmat  qiladi, 

to'g'ri, tez va ongli o'qish esa ifodali o'qishning asosi hisoblanadi. 

O'qish  malakalarini  egallash  maktabda  o'qitiladigan  barcha  predmetlarni 

muvaffaqiyatli o'zlashtirishning muhim sharti hisoblanadi. O'qish faoliyatning asosiy 

turi  bo'lib,  o'quvchilarni  g'oyaviy-siyosiy,  aqliy,  estetik  va  nutqiy  tomondan 




15 

 

rivojlantirish uchun juda katta imkoniyat yaratadi. Bu jarayon esa o'qish malakalarini 



o'stirish va takomillashtirish ustida tizimli va maqsadga muvofiq ishlashni talab qiladi. 

O'qish malakasini egallash ancha murakkab bo'lib, uni shakllantirish uzoq vaqtni 

talab  etadi.  Ruhshunos  olim  T.G.Yegorov  o'zining  „Ocherki  psixologii  obucheni 

detey  chteniyu"  nomli  asarida  o'qish  malakalarini  shakllantirish  jarayonini  uch 

bosqichga  ajratadi:  analitik.  bosqich,  sintetik  bosqich  va  avtomatlashgan  bosqich. 

Analitik  bosqich  savod  o'rgatish  davriga  to'g'ri  keladi,  bunda  so'zni  bo'g'in-harf  to-

monidan tahlil  qilish  va bo'g'inlab o'qish  malakasi  shakllantiriladi.  Sintetik  bosqich 

uchun so'zni sidirg'a o'qish xarakterlidir; bunda so'zni ko'rish orqali idrok qilish va 

uning  talaffuzi  so'z  ma'nosini  anglash  bilan  asosan  mos  keladi.  O'qish  so'z 

ma'nosini  idrok  qilish  bilan  amalga  oshadi.  O'quvchilar  sintetik  bosqichga  3-sinfda 

o'tadilar. Bundan keyingi yillarda o'qish  avtomatlasha boradi. 

O'qish darslarida asar ustida ishlashni shunday tashkil etish kerakki, asar mazmunini 

tahlil qilish o'qish malakalarini takomiilashtirishga yo'naltirilgan bo'lsin. 

To'g'ri  o'qish.  To'g'ri  o'qish  deganda  xato  qilmasdan,  yanglishmasdan  o'qish 

tushuniladi,  ya'ni  to'g'ri  o'qish  so'zning  tovush-harf  tarkibini,  grammatik 

shakllarini  buzmasdan,  so'zdagi  tovush  yoki  bo'g'inni  tushirib  qoldirmay,  boshqa 

tovushni qo'shmay, harflar o'rnini  almashtirmay, aniq  talaffuz  qilib, so'zga urg'uni 

to'g'ri qo'yib o'qish hisoblanadi.  M.Odilova va T.Ashrapovalar  „Adabiy talaffuz 

me'yorlariga qo'yilgan barcha talablar to'g'ri o'qish ko'nikmasiga ham taalluqlidir", — 

deb ta'kidlaydilar. Rus metodisti Yakovleva to'g'ri o'qishga quyidagicha ta'rif bergan: 

„To'g'ri  o'qish  —  bu  materialning  tovush  tomonidan  xatosiz  va  bir  tekisda  ravon 

nusxa  ko'chirishdir".  Demak,  to'g'ri  o'qish  so'zning  tovush  tarkibini,  grammatik 

shaklini buzmasdan adabiy - orfoepik me'yorlar asosida o'qishdir. 

Boshlang'ich  sinf  o'quvchilarida  idrok  etish,  talaffuz  qilish  va  matn  mazmunini 

tushunish  o'rtasida  puxta  sintez  yo'q  bo'lgani  uchun  ular  o'qishda  xatoga  yo'l 

qo'yadilar. Bu esa matn mazmunini tushunishni qiyinlashtiradi. 

To'g'ri  o'qish  so'zning  uzun-qisqaligiga,  o'quvchining  so'z  boyligiga,  ya'ni 

so'zning  leksik  ma'nosini  qanchalik  bilishiga  hamda  so'zning  bo'g'in  va  morfemik 




16 

 

tarkibiga  bog'liq.  O'quvchilar  ko'pincha  quyidagi  sabablarga  ko'ra  xatoga  yo'l 



qo'yadilar: 

1. So'zni talaffuz qilish bilan uning ma'nosini tushunish o'rtasida puxta sintez 

bo'lmagani uchun bola so'zning oldin tovush tomonini ko'radi, uni talaffuz qilishga 

oshiqadi. So'zning ma'nosini esa e'tibordan chetda qoldiradi. 

2. So'z  ko'p  bo'g'inli  bo'lib,  bola  uni  oldin  eshitmagan  bo'lsa,  xatoga  yo'l 

qo'yadi. 

3.    So'zning ma'nosini bilmaslik tufayli xatoga yo'l qo'yadi. 

4.   Tez o'qiyman deb xatoga yo'l qo'yadi. 

5.  To'g'ri  o'qish yorug'likka va yorug'likning tushishiga ham bog'liq. 

6.  Undosh 

tovush 

so'zning 

o'rtasida 

va 


oxirida 

kelgan 


yopiq 

bo'g'inli  so'zlarni o'qishda qiynaladilar. 

      Xato o'qishning oldini olish uchun quyidagilar e'tiborga  olinadi: 

1. Matnni 

o'qitishdan 

oldin 


undagi 

o'qilishi 

qiyin 

so'z, 


birikma 

va  gaplarni  aniqlash  va  ular  ustida  ishlash  usullarini  belgilab  olish. 

Tuzilishi murakkab so'zlarni bo'g'inlab o'qilishini mashq qildirish. 

2. Matnni 

o'qishdan 

 

oldin 



uning 

mazmunini 

tushunishni 

qi- 


yinlashtiradigan so'zlarning lug'aviy ma'nosini  tushuntirish. So'z ma'nosini izohlash 

usullarini aniqlash. 

3. Vazifalarni aniq va tushunarli qilib berish. 

4. Matnni diqqat-e'tibor bilan o'qishlari uchun sharoit yaratish. 

5. Oldin ichda o'qitish, so'ng ovoz chiqarib o'qitish. 

6.  O'qitishda 

o'quvchilarning 

individual 

xususiyatlarini 

hisobga 


olish,  ya'ni  matnni  oson,  o'rtacha  qiyinlikda  va  qiyin  o'qiladigan  o'rinlarini 

belgilab olib, unga kuchi yetadigan o'quvchilarga oldindan taqsimlab berish. 

      7. O'quvchilarning o'qishini muntazam tekshirib turish. 

8.  Xatoning  xarakteriga  qarab,  uni  metodik  tomondan  to'g'ri   tuzatish 

yo'lini aniqlash. 

9. O'quvchilarni xato qilish mumkin bo'lgan o'rindan ogohlantirib turish. 

10.  Xatcho'pdan foydalanish. 



17 

 

11. Xato o'qish o'quvchining shaxsiy ko'ruv sezgisiga bog'liq bo'lsa, bu jihatni 



ham hisobga olish. (16.76) 

O'qituvchining  tuzilishi  murakkab  so'zlarni  oldindan  xattaxtaga  yoki 

kartonga  bo'g'inlarga  bo'lib  yozib  qo'yib,  o'quvchilarga  ovoz  chiqarib 

birgalikda o'qitishi yaxshi natija beradi. 

     O'quvchilar yo'l qo'ygan xato ikki xil yo'l bilan tuzatiladi: 

1. O'quvchi    so'z    oxiridagi    qo'shimchani    noto'g'ri    o'qisa,    uni 

o'qishdan to'xtatmasdan xatoni to'g'rilash mumkin. 

2. Xato  o'qish  bilan  gaplarning  mazmuni  buzilsa,  qayta  o'qitish 

usulidan  foydalaniladi.  Bunda  o'quvchiga  o'qigan  matni  yuzasidan 

savol berilsa, o'quvchi e'tiborli bo'lib qayta o'qiydi. 




Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin