I. Da'vat bosqichi. Maqsad: o'quvchilarda yangi mavzuni o'zlashtirishga
ishtiyoq uyg'otish, maqollarning xususiyatlari haqida na'lumot berish.
Metod: Suhbat metodi.
O'qituvchi xattaxtaga quyidagi maqollarni yozib qo'yadi: „Birlashgan o’zar,
birlashmagan to'zar", „Avval o'yla, keyin so'yla".
O'qituvchi: Abdulla Avloniyning „Yaxshilik yerda qolmas" hikoyatini
bilasizmi?
Xattaxtaga hikoya mazmuniga mos rasmlar ilinadi. O'qituvchining hikoyasi:
„Yaxshilik yerda qolmas"
Bir ari suv ustinda uchib borur edi. Birdan suvga yiqilib ketdi. Qanotlari
ho'l bo'lib ucharga kuchi yetmadi. O'lar holatga etdi. Buni kabutar ko'rib, ariga
rahmi kelub, darhol bir cho'pni tishlab, suvga tashladi. Bechora ari bu cho'pni
kema qilib, suv balosidan qutuldi. Arodan ko'p o'tmadi. Bir bola tuzoq
qo'yib, kabutarni tutmoqchi bo’ldi. Ari buni ko'rgan zamon kelub,
bolaning qulog'ini chaqdi. Bolа qulog'ining alamidan tuzoqni tashlab,
qulog'ini ushladi. Kabutar vaqtni g'animat bilib, uchib ketub, o'limdan qutildi.
77
Topshiriq. Xattaxtadan siz tinglagan hikoyaga mos maqolni topib,
belgilang. (O'quvchilar „Birlashgan o'zar, birlashmagan to'zar" maqolini
belgilaydilar)
— Qolgan maqollarga mos qanday hikoya, ertaklar o'qigansiz? Bilim — aql
chirog'i" maqoli mazmuniga mos „Ilm afzal" ertagini o’qiganmiz)
—Maqollarni yana qanday nom bilan atash mumkin? („Dono
fikr", „Otalar so‘zi“ deb atash mumkin.)
—Bugungi darsda nimalarni o'rganar ekanmiz?
—Maqollar nima haqida bo'ladi? Ular nima maqsadda yaratiladi?
O'quvchilar javobi to'ldirib, umumlashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: |