II BOB. AUTOPLAYDA SSENARIYLAR YARATISH 2.1.
Ssenariylar va hodisalar
Agar ishchi sohadagi (aniqrog„i sahifadagi) biror obyekt bajarishi kerak
bo„lgan funksiyani xossalar panelidan foydalanib belgilamoqchi bo„lsak, u holda
bitta obyekt uchun faqat bitta funksiya biriktiriladi, xolos. Ammo real sharoitda
bitta obyekt bir nechta funksiyani bajarishiga zaruriyat tug„ilib qolishi mumkin.
Bunday sharoitda vaziyatdan chiqish uchun xossalar panelidan tanlangan funksiya-
ni bekor qilish va har bir funksiya uchun alohida-alohida ssenariy (script)lar yozish
maqsadga muvofiq bo„ladi [11].
Masalan, bir sahifaga audio musiqani qo„yib, boshqa sahifaga o„tganda
musiqani o„chirish uchun uning “On Show” hodisasiga oid quyidagicha ssenariyni
yozish mumkin:
Audio.Load(0, "AutoPlay//Audio//01.ogg", true, false);
Bunda:
true
–
sahifa
ochilishi
bilan
01.ogg
nomli
audio
fayli
ishga
tushishini,
false
esa
boshqa
sahifaga
o„tganda
bu
audio
musiqaning
davom
etmasligi
yoki
takrorlanmasligini bildiradi.
Bundan tashqari, sahifaga Tree obyekti joylashtirilgan bo„lishi mumkin. U
holda bu Tree obyektidan foydalanganda uning tarmoqlarini ishga tushirish uchun
quyidagi ssenariyni yozish mumkin:
if Tree.GetNode("Tree1", "1.1").Selected then
Page.Jump("Page1");
elseif Tree.GetNode("Tree1", "1.2").Selected then
Page.Jump("Page2");
end
Bu ssenariyga binoan, Tree obyektining 1-darajali tarmog„ida turgan 1-satr
belgilanib, ikki marta sichqoncha chap tugmasi bosilsa (ya‟ni sichqonchaning
DoubleClick hodisasi ishlatilsa), u holda “Page1” nomli sahifa yuzaga keladi.
Agar Tree obyektining 1-darajali tarmog„ida turgan 2-satr belgilanib ikki
marta sichqoncha chap tugmasi bosilsa (ya‟ni sichqonchaning DoubleClick
hodisasi ishlatilsa), u holda “Page2” nomli sahifa yuzaga keladi.
22
Shuningdek, biror buyruq tugmasi (Button)ni bosish orqali biror .exe-faylni
ishga tushirish kerak bo„lsa, u holda ssenariy quyidagicha yoziladi:
Shell.Execute("AutoPlay\\Docs\\MyProg.exe", "", "",
SW_NORMAL, true);
Ba‟zida turli variantlarda turli muloqot oynasini yuzaga keltirishga oid
tarmoqlanuvchi algortmni yozishga to„g„ri keladi. Masalan, bosh sahifa ishga
tushishidan oldin parol so„ragan kabi InputBox dastlab ekranga chiqishini
xohlasangiz, u holda bosh sahifaning “Preload” bandi uchun quyidagi scriptni
yozish kifoya:
1. name = "";
2. while (name ~= "CANCEL") and (name == "") do
3. name=Dialog.Input("Diqqat", "Ismingizni kiriting:");
4. if name == "" then
5. result=Dialog.Message("Xato!", "Ma‟lumot
kiritmadingiz!", MB_OK, MB_ICONEXCLAMATION,
MB_DEFBUTTON1);
6. elseif name =="CANCEL" then
7. name=Dialog.Input("Personal Information", "Bu yerga
muallifning ismi sharifi kiritiladi:");
8. end
9. Paragraph.SetText("Paragraph5", name);
10. end
Ssenariy (Script) yozishda asosiy e‟tibor obyekt ustida yuzaga keladigan
hodisaga qaratiladi. Har bir obyektning o„ziga xos yuz beradigan hodisalari
mavjud. Bu hodisalarni quyidagi jadvaldan ko„rishimiz mumkin:
№
1.
2.
3.
Dostları ilə paylaş: |