O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti «tabiiy fanlar va geografiya»



Yüklə 426,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/13
tarix26.04.2023
ölçüsü426,34 Kb.
#102806
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
kurs ishi

Transportning boshqa shakllari. Zamonaviy transport tarmoqlaridan 
tashqari o’tmish transporti - chanalardan chekka shimoldagi xalqlar, jilovli 
transportdan esa cho’l, va tog’li rayonlardagi xalqlar, eshkakli qayiqlardan daryo 
va ko’l bo’yida yashovchi xalqlar foydalanib kelmoqda. Osiyo, Afrika, Lotin 
Amerikasidagi mamlakatlarda esa xanuz xammolchilik saqlanib qolgan. 


29 
Xulosa 
 
Dunyo xo’jaligi tizimida iqtisodiy aloqalarni rivojlanishida transport yetakchi 
mavqega egaligi bilan ajralib turadi. Yuk tashishning xajmi, tarkibi va yo’nalishlari, 
mamlakat va mintaqalarning iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini ko’rsatsa, tarnsport to’ri 
aholi va ishlab chiqarishning joylashishini ifodalaydi. Transport tarmoqlarning 
rivojlanganlik darajasi mintaqalarning ixtisoslashuviga xo’jalikni majmuali taraqqiy 
etishga muayyan sharoit xozirlaydi. Transport xududdiy (geografik) mexnat taqsimotini 
yuzaga kelishining moddiy-texnik asosidir. 
 
XX asr oxiri va XXI asr boshlarida dunyo xo’jaligida juda katta o’zgarishlar 
ta’sirida transport-logistika tizimi shakllandi va o’zida intermodelь (tarmoqlararo) 
jarayonni ya’ni aniq yuklarni bir yoki bir nechta transport turida eltib bera boshladi. 
Yuklarni konteynerlarda tashishni yo’lga qo’yilishi transport vositalari va jixozlarini 
standartizatsiyalash butun transport tizimi qolaversa, dunyo xo’jaligini qayta qurishga 
olib keldi.
 
Xalqaro yuk tashishda dengiz transporti asosiy o’rin tutadi va xalqaro yuk 
aylanishining 62% to’g’ri keladi xamda bu ulush o’zgarmay qolmoqda. SHuningdek
xalqaro yuk aylanishida temir yo’l transporti xissasi keyingi 45 yil ichida 17,2% ga 
qisqargani xolda avtomobilь transporti xissasi 2,8% ga, neftь quvurlari xissasi 4,8% ga, 
gaz quvuri xissasi 3,2% ga o’sdi. Xavo transportida yuk tashish xajmi ortganligiga 
qaramay, uning xissasi o’zgarmay qolmoqda. Yo’lovchilar tashishda esa avtomobilь 
transporti, ikkinchi o’rinda xavo transporti va uchinchi o’rinda temir yo’l transporti 
turadi.
 
Dunyo transporti tizimida quruqlik transporti (temir yo’l, avtomobilь va quvur), 
suv transporti (dengiz va daryo), xavo transporti xamda Osiyo, Afrika va Lotin 
Amerikasining bir qator mamlakatlarida an’anaviy transport turlari (jilovli transport
xammolchilik va boshq.) mavjud. 
Xalqaro transport tizimida SHimoliy Amerika, Farbiy Yevropa, MDX va 
Boltiq bo’yi davlatlari, SHarqiy Yevropa, Xorijiy Osiyo (MDXga nisbatan), Lotin 
Amerikasi, Afrika va Avstraliya mintaqaviy tizimlari shakllangan.


30 

Yüklə 426,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin