O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi



Yüklə 9,89 Mb.
səhifə135/156
tarix02.10.2023
ölçüsü9,89 Mb.
#151580
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   156
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi o`quv majmua

138. Insoniyat rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini fanlar tarixi beradi, deb aytgan olim kim?
1. Ostvald; 2. Plutarx; 3. Ar-Roziy; 4. Engels.
139. Kimyoning boshqa fanlarga va jamiyatdagi progressga taʻsiri kattaligini va buni keng jamoatchilikka tushuntirish kerakligini uqtirgan olim?
1. Koptyug; 2. Plutarx; 3. Ar-Roziy; 4. Engels.
140. Qaysi olim "Amalda texnik taraqqiyot darajasi fanning holati bilan belgilansa ham, fanning oʻzi texnikaning ehtiyojlari bilan belgilanadi" degan?
1. Engels; 2. Plutarx; 3. Ar-Roziy; 4. Koptyug.
141. Bizning eramizgacha Misrda … yil, Hindistonda … yil, Xitoyda … yil ilgari ham ol­tin taqinchoqlari va harbiy aslahalar ishlatilgan.
1. 5000; 4000-2500; 3000; 2. 4000-2500; 5000; 3000;
3. 3000; 5000; 4000-2500; 4. 5000; 3000; 4000-2500.
142. Qaysi joyning bronzasi 4-13 % qalaydan tashqari 3-4 % gacha mishyak tutgan?
1. Hindiston; 2. Qadimiy Xitoy; 3. Assiriya; 4. Misr.
143. Qadimiy … bronzasining tarkibida qalayning miqdori turlicha: qoʻngʻiroqlarda-16%, koʻzgu va boshqa jilo beruvchi qotishmalarda - 50 % boʻlgan.
1. Xitoy; 2. Hindiston; 3. Assiriya; 4. Misr.
144. Qaysi joining bronzasi tarkibida 2-16 % qalay boʻlgan, undan tashqari rux va boshqa metallar uchragan?
1. Misr; 2. Qadimiy Xitoy; 3. Assiriya; 4. Hindiston.
145. Qaysi olim simobni suyuq kumush deb atardi?
1. Aristotel; 2. Gerard Kremonskiy; 3. Albert Bolshtedskiy; 4. Gerbert
146. Asli italiyalik olim, umrining asosiy qismini Ispaniyaning Toledo shahrida oʻtkazgan bu olim arab tilidan 92 ta traktatlarni tarjima qilgan.
1. Gerard Kremonskiy; 2. Albert Bolshtedskiy; 3. Gerbert; 4. Aristotel.
147. Bu olim alkimyoviy tajribalarning izohlarida mishyakni shunchalar aniq tavsifladiki, baʻzan olimlar bu element ochilishini shu olim nomi bilan bogʻlaydilar, holbuki mishyak toʻgʻrisida arab alkimyogarlari ancha axborot toʻplashgan va uning birikmalarini ham bilishar edi. U kim?
1. Albert Bolshtedskiy; 2. Gerard Kremonskiy; 3. Gerbert; 4. Aristotel.
148. Qaysi olim oʻzining "Alkimyo koʻzgusi" kitobida barcha murakkab tarkibli metallar va boshqa minerallar simob va oltingugurt birikmalaridan hosil boʻlgan deb yozgan edi?
1. Rodjer Bekon; 2. Albert Bolshtedskiy; 3. Gerbert; 4. Aristotel
149. Oltin olish shunchalar inson ongini ogʻuladiki, zamonaning yetuk allomalari ham shu yoʻlga kirib ketdilar. Hatto rivojlanishi va fan taraqqiyoti yuqorilab ketgan XVII asr namoyandalari … va … ham bir muddat adashib shu yoʻldan borishgan.
1. Boyl, Nyuton; 2. Rodjer Bekon, Boyl; 3. Gerbert, Buyuk Albert;
4. Nyuton, Rodjer Bekon.
150. Qaysi asr oxirlariga kelib eritma tayyorlash, choʻktirish, haydash, bugʻlantirish, sublimatlash, kalsinatsiyalash (kuydirish), qayta kristallash, ekstraktsiyalash kabi ishlar toʻla oʻrganildi.
1. XVI; 2. XVII; 3. XIV; 4. XIX.
151. Qaysi olim 1800- yilda dastlab ikki xil metall plastinkalarini elektr toʻkini oʻtkazuvchi eritmaga tushirish orqali elektr toki hosil qilish mumkinligini koʻrsatib berdi?
1. Aleksandro Volta; 2. Uilyam Nikolson; 3. Entoni Karlayl;
4. Ya. Berselius.
152. Qaysi olim elementlarning reaksiyon qobilyatini sinflashda elektrokimyoni asos qilib oldi va "Kimyoviy reak­siya turli atomlardagi qarama-qarshi zaryadli zarrachalarining oʻzaro taʻsiridir",- deb aniqladi.
1. Ya. Berselius; 2. Uilyam Nikolson;
3. Entoni Karlayl; 4. Aleksandro Volta.
153. Qaysi olimlar birinchi boʻlib elektr toki taʻsirida suvni parchalash reaksiyasini, yaʻni G. Kavendish reaksiyasining teskarisini amalga oshirdilar?
1. Uilyam Nikolson va Entoni Karlayl; 2. Ya. Berselius va J.Dalton;
3. Aleksandro Volta va G. Kavendish; 4. R.Boyl va R.Bekon.
154. Garchi Parasels davomchilaridan hisoblanib katta shuhrat qozongan yatrokimyogar boʻlsada, Paraselsning kuchli taʻsir etuvchi dorilarni qoʻllash fikriga qarshi chiqqan olimni aniqlang.
1. Andreas Libaviy 2. Anjelo Sala Daniil Zennert 4. Fransua Deleboe Silviy

Yüklə 9,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin