O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi



Yüklə 9,89 Mb.
səhifə47/156
tarix02.10.2023
ölçüsü9,89 Mb.
#151580
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   156
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi o`quv majmua

M/DH=2 yoki M=2 DH
DH — vodorodga nisbatan zichlik
1860-yilga kelib moddalar molekulyar massasini fizik-kimyoviy usul bilan aniqlash (ular bugʻlarining zichligiga nisbatan) kimyoda toʻla shakllandi. Bu molekulyar nazariyaning qabul qilinishiga muhim omil boʻldi. Ayrim moddalar bugʻlari zichligidagi anomallikni (NH4Cl, PCl5, H2SO4) D.I. Mendeleyev tushuntirib, Avogadro qonuni universalligini koʻrsatdi.


Karlsrue kongressi

1860-yili Karlsruedagi kimyogarlar kongressida Avogadro qonuni xalqaro tan olindi. Xalqaro kongress vazifasi asosan atom va molekula tushunchalarini bir-biridan ajratish va atom, molekula, ekvivalent, atom-liq asoslik kabi tushunchalarni aniqlashdan iborat edi. Xalqaro kongress 1860-yil 3-5-sentyabr kunlari turli davlatlardan kelgan 140 olim ishtirokida oʻtdi. Avogadro qonuni va Jerar tizimlaridan foydalanib, elementlarning atom va molekulyar massasini aniqlash tartibi boʻyicha S. Kannissaro kongressda maʻruza qildi. Birinchi majlisdayoq atom va molekula tushunchalari qabul qilindi va boshqa kimyoning asosiy tushunchalari, atom massalari tushunchalari shu kongressda rasmiylashtirildi. Kongress ishidan mamnun boʻlgan D.I. Mendeleyev "Faqatgina ana shunday aniq va haqiqiy birliklar umumlashtirishga yaraydi",- deb aytgan edi.


Bu qarorlar va syezd materiallarini oʻrganish bilan birga oʻsha paytdagi kimyo fanim tarkibida shakllana boshlagan organik kimyo mavqeini ham keyingi boʻlimda koʻrib chiqamiz.


XIX va XX asrda organik kimyoning rivojlanishi
Kimyoning dastlabki rivojlanish bosqichida organik va anorganik ki­myo ajralmagan edi. Organik moddalarga ishlov berish ham uncha oʻziga xos usullarga ega emasdi. XIX asrgacha oʻsimlik va hayvonot dunyosining organik moddalar bilan asosan tibbiyot fanlari qiziqar edi. XIX asr boshlarigacha ham tabiat uchta "podshohlikka" ajratilar edi: mineral, oʻsimlik, tirik jonzotlar.
Moddalarni tizimlashtirish ularni ikkiga ajratdi: a) anorganik; b) organik.
Birinchi marta 1806-yili Berselius oʻzining "Hayvonot kimyosi" asarida "Organik kimyo" terminini shifokor talabalarga tanishtirdi va fanga olib kirdi. Sirka kislotasi - arab alkimyogarlari tomonidan V asrda vino achitqisidan haydab olingan. Etil spirti - vinoning oʻzidan olingan va “Spiritus vini” deyilgan. Efir – 1625- yili V. Valentin vino spirti va kuporos moyi (H2SO4) dan oldi. Absolyut efir -1796- yili T.Lovis tomonidan K2CO3 va CaCl2 - taʻsirida suv va spirtdan tozalandi. "Yogʻlarning shirin asosi"- gliserin yogʻlardan olindi. XIX asr boshlarida organik moddalarning tabiati hali tushunarli emas edi. 1784- yili A. La­vuazye vino spirti, moylar, mumlarni yoqib ulardan hosil boʻlgan karbonat angidridi va suv miqdorini oʻlchadi va tarkibini aniqladi. Lavuazye oʻsha paytda organik moddalar murakkab radikallarning kislorod bilan birikishidan hosil boʻladi deb fikr yurgizardi. Gey-Lyussak, Tenar, Berselius va ayniqsa Libixning tahliliy ishlari organik moddalar tarkibini va undagi elementlar iisbatini aniqlashga imkon berdi.

Yüklə 9,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin