O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi



Yüklə 9,89 Mb.
səhifə64/156
tarix02.10.2023
ölçüsü9,89 Mb.
#151580
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   156
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi o`quv majmua

T° - T = ∆T = K∙Cm
T - T° = ∆T = E∙Cm
- toza erituvchining qaynash yoki muzlash harorati; T – eritmaning qaynash yoki muzlash harorati, ∆T – farqi, K – erituvchining krioskopik doimiyligi, E – erituvchining ebulioskopik doimiyligi, Cm – molyal konsentratsiya.
F.M.Raulning tadqiqot natijalaridan foydalangan Y.G. Vant-Goff, eritmalardagi osmotic bosim bilan erituvchi bugʻ bosimi va muzlash haroratining pasayishi hamda qaynash haroratining ortishi orasidagi mutanosiblikni isbotladi. F. Raul va Y.G. Vant-Goff tadqiqotlari shuni koʻrsatdiki, ham uchuvchan, ham ogʻir suyuqliklar va qattiq birikmalar eritmasining xossalari osmotic bosim, muzlash haroratining pasayishi, bugʻ bosimining kamayishi yoki qaynash haroratining ortishini aniq oʻlchash orqali ularning molekulyar massasini aniqlash mumkin. Qayd etish lozimki, elektrolitlar eritmalarida F.M. Raul qonunidan chetlanish roʻyo beradi, masalan, eritma muzlash (kristallanish) haroratining pasayishi (∆T) qiymati osh tuzi eritmasida 2 martaga ortar ekan. BaCl2 suvda eritilganda eritmadagi zarrachalar erigan molekulalar sonidan 3 marta ortadi va mos ravishda (∆T) qiymati ham oshadi. Bunday chetlanishning sabablarini tadqiq etgan olimlar orasida Y. Vant-Goff, V. Ostvald va S. Arrenius ishlari diqqatga sazovor. Bu chetlanishni oʻz nazariyasi bilan moslashtirish uchun Y.G. Vant-Goff PV = RT tenglamag elektrolitlar uchun empiric koeffitsiyent (i-izotonik)ni kiritdi, yaʻni PV = iRT boʻldi. Y.Vant-Goff bu koeffitsiyentning fizik mohiyatini tushuntirishda S. Arreniusning “Suvda erigan birikmalarning dissotsilanishi” nomli maqolasidagi “dissotsiatsiya”, “dissotsiatsiya darajasi” atamalaridan foydalandi, izotonik koeffitsiyent dissotsiatsiya natijasida hosil boʻlgan zarrachalar soniga tengligini bir qator misollarda koʻrsatdi.
1853-yilda nemis fizigi Iogann Gittorf (1824-1914 yy.) aniqlashicha, bir xil ionlar boshqalariga nisbatan katta tezlikda harakatlanar ekan. Bu kuzatish alohida elektr tokini tashuvchi ionlarning tezligidan kelib chiquvchi koʻrsatkichlar: ionlardagi zaryad koʻchishi, ionlar soni va ionlar harakatchanligi tushunchalari paydo boʻlishiga olib keldi. Bu tezlikni aniqlashga erishgan kimyogarlar hali ham ionlar tabiatini aniqlashga, hosil boʻlish mexanizmiga qiziqmadilar.
Elektrokimyo fanining asoschilari boʻlgan G.Devi va M.Faradey ionlarning kelib chiqishi, hosil boʻlish mexanizmi haqida biror-bir gʻoyani berishmadi. Bu yoʻnalishda tadqiqotlar oʻtkazgan nemis fizigi R. Klauzius 1857-yilda ionlar hosil boʻlishi haqida ayrim fikrlarni bildirdi, ammo ular faqat tarixiy ahamiyatga ega boʻldi. Elektrolit eritmasidan tok oʻtishi zaryadlangan zarrachalar – ionlar orqali amalga oshishini 1833-yilda M.Faradey tajribada koʻrsatib, elektroliz qonunlarini kashf etdi.



Yüklə 9,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin