O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rtamaxsus ta’limvazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 66,35 Kb.
səhifə7/16
tarix21.03.2023
ölçüsü66,35 Kb.
#88966
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
kurs ishi Azimova Xadicha

Qum bilan o‘ynash. Qum bolalarning o‘ynashlari uchun eng qulay o‘yin vositasi bo‘lib hisoblanadi. Qum maxsus yashiklardanam holatda saqlanadi. Qumni saqlashga gigiyenik talablar qo‘yiladi:
a) qum turli xil tosh, shishalardan tozalangan bo'lishi; b) qumfaqat namroq holda saqlanishi; d) bolalarning salomatligiga xavfsolmasligi kerak.Kichik yoshdagi bolalami qum bilan o‘ynashlari uchun bayroqchalar, o‘yinchoqlar tayyorlab qo‘yilishi kerak.
Suv bilan o‘ynayadigan o‘yinlar. Bu o‘yinlar bilan kichik yoshdan boshlab shug‘ullanish mumkin. Suvda qo‘g‘irchoqni cho'miltirish, o‘yinchoqlar bilan o'ynash, katta yoshdagi bolalar esa suvdacho‘milishlari mumkin.Qor bilan o‘ynaladigan o‘yinlar bolalarda quvnoq kayfiyatniuyg‘otadi. Buning uchun yog'och belkurakcha, qorni tashishuchun quticha ortilgan chana bo‘lishi shart. Kattalar yordamidaqor uyumlaridan turli shakllar, qorbobo, qorqiz, hayvonlamingqiyofasini yasaydilar.
Didaktik o‘yinlar ta’limiy o‘yin sifatida bolalaming yosh xususiyatlariga mos keladigan o‘yinlar sirasiga kiradi. Didaktik o‘yinlarning muhim belgisi undagi qoidalarning mavjudligidir. O‘yinda o‘yin niyati, o‘yin qoidalari, o‘yin harakatlari o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. O’yinniyati o‘yin harakatlarining tabiatini belgilaydi. O‘yinqoidasi esa, o‘yin harakatlarini, vazifasini hal etishga va o‘yindagiharakatlami amalga oshirishga yordam beradi. Didaktik o‘yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib boriladi. Bu o‘yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi,bilim jarayoni, sensor madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari takomillashadi. O’yin qoidasiga rioya qilish, unga amal qilish o‘yin mazmunini boyitadi.Didaktik o‘yinlarda tabiiy narsa va buyumlardan keng foydalaniladi. Bolaning kun tartibida didaktik o‘yin uchun vaqt va joy ajratilishi kerak. Bunday o‘yinlar mashg‘ulot jarayonida va o‘yindan tashqari vaqtlarda guruh yoki yakka-yakka o‘tkaziladi. Bunda o‘yin mazmuni va natijasi puxta aniqlanadi. Didaktik o‘yinlarda quvidagiqoidalarga amal qilinishi kerak:
1. Navbatma-navbat ta’sir etish.
2. So‘ralganda javob berish.
3. 0‘rtoqlari fikrini eshita olish.
4 .O’yinjarayonida boshqalarga xalaqit bermaslik.
5. O’yinqoidasini bajarish.
6. 0‘z xatosini tan olish.
Didaktik o‘yinlarda bolalaming yosh, individual xususiyatlarini hisobga olish lozim. O‘yinda o‘yin tempi va ritmi katta rolo‘ynaydi, juda sekin va bir tekisdagi temp bolani ko‘p kuttiradi,juda tez temp esa bolalami hayajonga soladi, turli bahs-munozaralarga olib keladi. Kattalar tomonidan o‘yin ishtirokchilarini to‘g‘ribaholash muhim ahamiyatga ega. Didaktik o‘yinlaming quyidagi turlari mavjud: a) buyum vao‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan; b) stol-bosma; d) og‘zaki so‘z o‘yinlari.

Yüklə 66,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin