O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/65
tarix15.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#58032
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   65
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
olimlarining tadqiqotlarida madaniyat va jamiyat tushunchalarining bir xil 
ma’noda qo‘llanilishi ham bejiz emasdir.
Madaniyat va sivilizatsiyaning o‘zaro munosabatini tadqiq etish madaniyat 
va jamiyatning o‘zaro ta’sirini teranroq tushunishimizga yaqindan yordam 
beradi.
MADANIYAT VA SIVILIZATSIYA
Madaniyatshunoslik tarixida madaniyatning mohiyatini bilishga turlicha 
metodologik nuqtai nazardan yondashib kelindi. Madaniyatga materialistik 
yondashish — har bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya, ishlab chiqarish usuli o‘ziga 
xos madaniyat yaratadi, degan g‘oyaga asoslanar, ma’naviy madaniyatga 
nisbatan moddiy madaniyatni ustun qo‘yar, har bir milliy madaniyatning 
betakror va noyobligini inkor etar, madaniyat istiqbolini yagona madaniyatning 
shakllanishi bilan bog‘lar edi.
Madaniyatning mohiyatini bilishga sivilizatsiyali yondashuv esa aksincha, 
har bir milliy madaniyatning betakrorligini, unda umuminsoniylik va o‘ziga 
xoslik mavjudligini e’tirof etishni nazarda tutadi.
Madaniyatshunoslik tarixida madaniyat va sivilizatsiya tushunchalarini 
bir-biri bilan aynanlashtirish, bir-biriga qarama-qarshi qo‘yishga qaratilgan 
xilma-xil nazariyalar vujudga keldi. Bizningcha, madaniyat va sivilizatsiya bir-
biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ularni bir xil hodisa sifatida tavsiflash ham, ularni 
bir-biriga qarshi qo‘yish ham to‘g‘ri emas.
«Sivilizatsiya» atamasi madaniyat atamasiga nisbatan ancha keyin, ya’ni XVIII 
asr o‘rtalarida vujudga keldi. Sivilizatsiya tushunchasini birinchi bo‘lib shotland 
faylasufi A. Fergyusson qo‘llagan. U insoniyat tarixini yovvoyilik, varvarlik va 
sivilizatsiya davrlariga bo‘ldi. A. Fergyus son sivilizatsiya deganda ijtimoiy 
rivojlanishning oliy bosqichini tushungan. XVIII asr fransuz ma’rifatparvar-
faylasuflari sivilizatsiya tushunchasini keng va tor ma’noda qo‘lladilar. Ular keng 
ma’nodagi sivilizatsiya deganda aql, adolat va diniy bag‘rikenglik prinsiplariga 
asoslanadigan jamiyat taraqqiyotining yuqori bosqichini nazarda tutdilar. 
Fransuz ma’rifatparvarlarining sivilizatsiya to‘g‘risidagi bunday tasavvurlari 
A. Fergyusson qarashlari bilan hamohang deyish mumkin. Ularning fikricha, 
sivilizatsiya  tor  ma’noda  «madaniyat»  tushunchasi  bilan  uzviy  bog‘liq 
bo‘lib, insonga xos barcha sifatlar (o‘tkir zehn, yuqori ma’lumot, ko‘rkamlik, 
muloyimlik) majmuasini ifodalaydi.
Keyinchalik sivilizatsiya tushunchasi yangicha mazmun bilan boyib bordi. 
1
  I. A. Karimov.  O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida... 150-b. 
     
2
  I. A. Karimov.  O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida... 151-b.


46
madaniyatshunOslik asOslaRi
Ingliz tarixchisi Arnold Toynbi sivilizatsiyaga madaniyatning muayyan bosqichi 
sifatida qaradi, madaniyatning ma’naviy jihatlariga alohida urg‘u berdi, dinni 
sivilizatsiyaning eng muhim elementi deb hisobladi.
Nemis madaniyatshunosi Osvald Shpengler o‘zining «Yevropa quyoshining 
so‘nishi» (1918-1922) asarida sivilizatsiyani inqirozga yuz tutgan, o‘lib va 
yemirilib borayotgan madaniyat sifatida ta’rifladi. Uning fikricha, madaniyat 
jonli organizm bo‘lib, shaxs ijodiy qobiliyati va individualligini to‘la namoyon 
etadi, san’at va adabiyotning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. 
Sivilizatsiyada esa texnika va hissiz aql hukmronlik qilar ekan, bu narsa badiiy 
ijodga imkon bermaydi, insonni hissiz maxluqqa aylantiradi. Taniqli rus faylasufi 
Nikolay Berdyayev ham o‘zining «Tarixning ma’nosi» asarida shunday fikrni 
ilgari surgan edi.
Madaniyat va sivilizatsiya mohiyatini bilishda ularni bir-biri bilan qiyoslash, 
har birining nisbiy mustaqilligi va o‘ziga xos xususiyatlarini ajratish muhim 
metodologik ahamiyatga molikdir.
Sivilizatsiyaga erishish, shubhasiz, madaniyatning biron-bir darajasiga 
erishish, madaniyat esa, o‘z navbatida, insoniyatning sivilizatsiyaga erishganlik 
ko‘rsatkichidir. Madaniyat va sivilizatsiya elementlari inso niyat tarixining juda 
uzoq davrlariga borib taqaladi: insoniyat yovvoyilikka qarshi madaniyatni, 
varvarlikka qarshi sivilizatsiyani yaratdi. Yovvoyilik va varvarlik bir ma’noli 
tushunchalar emas: yovvoyilik insoniy mohiyatdan begonalashish, nooqilona 
emas, balki instinktiv ravishda faollik ko‘rsatishdir; varvarlik — mavjud ijtimoiy 
tartib, me’yor, qoida, qonun va axloqni tan olmaslik, yovuzlik, bosqinchilik va 
tajovuzkorlik ifodasidir.
Madaniyat — ta’lim-tarbiya bilan, ijtimoiy talablarni o‘zlashtirish bilan 
bog‘liq  bo‘lsa,  sivilizatsiya  davlatning  paydo  bo‘lishi,  jamiyat  a’zolarida 
fukarolik tuyg‘usi, davlat qonunlariga nisbatan hurmat his sining shakllanishi 
bilan bog‘liqdir. («Sivilizatsiya» atamasining inglizcha «fukarolikka oid» degan 
ma’noni anglatishi ham bejiz emas dir).
Insoniyat  madaniyat  vositasida  yovvoyilikka  qarshi  kurashmay  turib, 
odamlarda fukarolik hissini, davlat qonunlari, ijtimoiy tartiblarga hurmat 
hissini shakllantira olmas, vahshiylikning har qanday ko‘rinishlariga qarshi 
kurasha  olmas  edi.  Shu  boisdan  ham,  madaniyat  sivilizatsiyaga  nisbatan 
ilgariroq vujudga keldi. Xalqlar yuksak madaniyatga erishmay turib, o‘ziga xos 
sivilizatsiya yarata olmas edilar. Yer yuzidagi barcha xalqlar, katta-kichikligidan 
qat’i nazar, o‘ziga xos madaniyatga egadir, bunga aslo shubha yo‘q. Lekin 
barcha xalqlar ham sivilizatsiyaga erishgan emaslar. Arnold Toynbi Yer yuzida 
hozirgacha atigi o‘n uchta mahalliy (lokal) sivilizatsiya mavjud bo‘lganligini, 
ulardan faqat sakkiztasigina hozirgacha yashab kelayotganligini ko‘rsatgan 
edi.


47

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin