O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya


Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o‟rni



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   127
Psixologiya

 Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o‟rni. 
Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida kishilar ongida gumanistik 
mentalitetning shakllanishiga xizmat qilgani uchun ham uning ushbu yo‟nalishdagi 
muammolarni ma‟lum ma‟noda o‟rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasi 
muhim ahamiyat kasb etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan sohalari 
bo‟lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqei o‟ziga xos va yetakchidir. 
Psixologiya va falsafa. Eng avvalo fanni falsafa va uning oxirgi paytlarda 
shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy falsafa qismi bilan bo‟lgan aloqasi xususida. 
Bu aloqa ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to‟la anglash va rivojlanib 
tendentsiyalarini belgilashdagi o‟rni va ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, jamiyat va 
inson tafakkurining rivojlanishiga oid bo‟lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarni 
psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o‟zi ham inson ongi va 
tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlari bilan falsafani boy ma‟lumotlarga ega 
bo‟lishiga yordam beradi.
Psixologiya va tarix. Psixologiya va tarix fanlarining uzviy bog‟liqligi ayniqsa, 
mustaqillik yillarida tarixni xolisona o‟rganish va shu bilan birga inson shaxsining 
madaniy-tarixiy shart-sharoitlarga bog‟liq tarzda rivojlanishi ayniyatini xalq ommasi 
ongiga etkazishda namoyon bo‟lmoqda. Zero, inson ruhiyati va u vakil bo‟lgan millat 
va elat psixologiyasi orqali tarixiy voqealarga baho berish milliy istiqlol g‟oyalarini 
yoshlar ongiga singdirishning muhim vositalaridan biridir.
Psixologiya va sotsiologiya. Sotsiologiya fani ham yangicha ijtimoiy 
munosabatlar sharoitida o‟z taraqqiyotining muhim bosqichiga o‟tgan ekan, o‟z 
navbatida psixologiya ham ushbu fan erishgan yutuqlardan foydalanadi va ularning 
ko‟lami kengayishiga baholi qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil 
ravishda ajralib chiqqan, bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan 
ijtimoiy psixologiyaning sotsiologiya bilan aloqasi uzviy bo‟lib, ular jamiyatda ijtimoiy 
taraqqiyot va progressni ta‟minlash ishiga xizmat qiladi.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin