34
Tashqi va ichki faollikka misol tariqasida hayotdan shunday manzarani tasavvur
qilaylik: uzoq ayriliqdan so‟ng ona o‟z farzandi visoliga etdi. Tashqi faollikni biz
onaning bolasiga intilishi, uni quchoqlashi, yuzlarini silashi, ko‟zlaridan oqqan sevinch
yoshlarida ko‟rsak, ichki faollik - o‟sha ko‟z yoshlarini keltirib chiqargan fiziologik
jarayonlar, ichki sog‟inchning asl sabablari (ayriliq muddati, nochorlik tufayli ayriliq
kabi yashirin motivlar ta‟siri), ko‟rib idrok qilgandagi o‟zaro bir-birlariga intilishni
ta‟minlovchi ichki, bir qarashda ko‟z bilan ilg‟ab bo‟lmaydigan emotsional holatlarda
namoyon bo‟ladi. Lekin shu manzarani bevosita guvohi bo‟lsak ham, uni ifodalagan
rasmni ko‟rsak ham, taxminan qanday jarayonlar kechayotganligini tasavvur qilishimiz
mumkin. Demak, ikkala turli faollik ham shaxsiy tajriba va rivojlanishning asosini
tashkil etadi. Bir qarashda har bir konkret shaxsga va uning ehtiyojlariga bog‟liq bo‟lib
tuyulgan bunday faollik turlari aslida ijtimoiy xarakterga ega bo‟lib, shaxsning jamiyat
bilan bo‟ladigan murakkab va o‟zaro munosabatlarining oqibati hisoblanadi.
4-shakl
Dostları ilə paylaş: