O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   127
Psixologiya

hissiyotning yo`nalishi - kishilarning hissiyotidagi eng muhim farqlari 
belgilangan narsa, hissiyotning nimaga qaratilganligi, uning mazmuni qandayligidir. 
Inson hislari har xil tasodifiy narsalarga sochilib, parishon bo`lsa, tasodifiy hollarda 
kishilarda har xil hislarni tug`dirsa, bunday hissiyot kishining ijodiyotiga, turmushdagi 
kurashiga madad beruvchi kuch xizmatini o`tay olmaydi. Aksincha kishining 
Hissiyotning 
yo`nalishi
Hissiyotning 
chuqurligi
Hislarning 
barqarorligi


98 
hayotidagi asosiy vazifasidan boshqa ishlarga chalg`itib, tanlagan yo`lidan adashtirib,
ancha to`sqinlik qilishi ham mumkin.

 hissiyotning chuqurligi - birovning hissiyotiga oid hayotini bilish uchun 
uning hissiyotining qanchalik chuqurligini bilish muhimdir. Chuqur his deb, hayotning 
shu odam uchun eng muhim bo`lgan tomonlariga daxil qilgan, kishining fikri, tiliga va 
orzulari bilan ko`p aloqador bo`lgan va kishining butun ruhiy hayotini aks etib 
ko`rinuvchi hisni aytamiz. Hissiyotning boy va mazmundorligi, inson hislarining 
kuchliligidan ko`ra ko`proq chuqurligiga bog`liqdir; 

hissiyotlarning barqarorligi - ularning chuqurligi bilan juda yaqin 
bog`liqdir. Chuqur his mahkam va barqaror bo`ladi; sayoz hislar esa, garchi kuchli 
bo`lsa ham, umri qisqa bo`lib, tez o`tib ketadi. 
Hissiy holatlar :affect,stress,kayfiyat,depressiya,ehtiros
Affektlar yoki hissiy portlashlar - kishini tez chulg`ab oladigan va shiddat bilan 
o`tib ketadigan jarayonlardir. Ular ongning anchagina darajada o`zgarganligi, xatti-
harakatlarni nazorat qilishning buzilganligi, odamning o`zini o`zi idrok qila olmasligi, 
shuningdek, uning butun hayoti va faoliyati o`zgarib qolganligi bilan ajralib turadi. 
Affektlar birdaniga katta kuch sarf qilinishiga sabab bo`lgani uchun ham qisqa 
muddatli bo`ladi: ular his-tuyg`ularning bamisoli birdan lov etib yonib ketishiga va 
portlashiga o`xshatish mumkin. Agar oddiy hissiyot faqat ruhiy xayajonlanishni ifoda 
etsa, u holda affekt bo`rondir. Har bir his organizmning ishlashiga ta‟sir ko`rsatib 
o`zgaradi va inson tanasida uning turli alomatlari paydo bo`ladi.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin