O‘zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi
Sakrovchanlik sifatining turlari
Sakrovchanlik - bu vertikal yoki gorizontal masofani engib o‘tish uchun yuqori darajada mushak va irodaviy kuchlanishli qobiliyatdir. Voleybolchilar uchun asosiy jismoniy sifatlardan biri sakrovchanlikdir. Sakrovchanlik tezkor kuchlilik sifatlariga mansub bo‘lib oyoq mushaklarining qisqa muddat ichida kuchli qisqarish bilan ifodalanadi. Aynan shu sifatni yuksak darajada bo‘lishi nisbatan past bo‘yli o‘yinchilarni baland bo‘yli o‘yinchilar bilan raqobatini va asosiy o‘yin malakalarini zarba va to‘siq qo‘yish samarali ijro etilishini ta’minlaydi.21 Bu davrda voleybolchilarda joydan turib balandga sakrash 18,5 sm gacha ortishi kuzatiladi. Sakrovchanlik sifatining turlari ko‘p. Masalan, ikki oyoq bilan debsinib yugurib kelib yoki joydan turib vertikal sakrash bir oyoq bilan debsinib vertikal yoki uzunlikka sakrash, ikki oyoq bilan debsinib uzunlikka sakrash va xokazo. Har bir sakrash turining o‘ziga xos maqsadi va maqsadga mos ijro etish tartibi (texnikasi) bo‘ladi. Voleybol, basketbol, futbol va boshqa sport o‘yinlari bilan shug‘ullanuvchi sportchilarning sakrovchanligi bir-biridan farq qiladi. Ta’kidlash lozimki, hatto bir sport o‘yinida, masalan voleybolda- zarba yoki to‘siq qo‘yish, to‘p kiritish yoki uzatish uchun ijro etiladigan sakrashlar mohiyati jihatidan bir-biriga sira o‘xshamaydi. Boz ustiga yana shuni eslatish o‘rinliki, faqat bir o‘yin malakasi – zarba berish, turiga qarab (qisqa yoki baland to‘pdan zarba berish) sakrash xususiyati umuman boshqacha bo‘ladi. Binobarin, sakrvchanlik yoki sakrash chidamkorligi degan tushuncha ko‘p kamrovli mazmun, mohiyat xususiyat va ma’noni anglatadi. Demak, bu sifatlarni mrivojlantirish haqida gap berganda muayyan sakrash turi va uni o‘ziga munosib mashqlariga alohida e’tibor berilishiga muhim masaladir. So‘nggi yillarda voleybol musobaqasi qoidalarining tubdan o‘zgarish o‘yin faoliyati va o‘yin malakalarining ijro etilishiga batamom yangicha tus berib yuborgan.,Hozirgi kunda deyarli barcha o‘yin malakalari aksariyat vaziyatlarda «havoda» ya’ni sakrab ijro etiladi (zarba, to‘siq qo‘yish, to‘p kiritish, uzatish, to‘pni qabul qilish, yiqilib qabul qilish). Ushbu qolatni yuzaga kelishi voleybol amaliyotida sakrovchanlik va sakrash chidamkorligi sifatlariga e’tibor qaratishni nafaqat kuchaytiryapti, balki bu sifatlarni jadal rivojlantirishga qaratilgan yangi ilmiy texnologiyalar yaratishni taqozo etmoqda. SHuning uchun, sport tayyorgarligi jarayonida malakali voleybolchilarnitayyorlash samarasi sakrovchanlik va sakrash chidamkorligi sifatlarini har tomonlama mukammal tarbiyalash ustivorligiga bevosita bog‘liq bo‘lib boryapti.22 Voleybolchilar sakrovchanligi va sakrash chidamkorligi rivojlantirish muammolarini yorituvchi ilmiy tadqiqotlar hamda ilmiy adabiyotlar doirasi juda keng. Yuqori malakali sportchilarni erishgan yutuqlari ma’lum ma’noda ularning fundamental tayyorgarligiga bog‘liqdir. SHunday ekan voleybolchilarni tayyorlash va ular sport mahoratini yuksak darajaga olib chiqish dastlabki o‘rgatish jarayoni samaradorligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir. U o‘zining tadqiqotlarida jismoniy va texnik tayyorgarligini jadal o‘stirish imkoniyatlarini ochib berdi. Isbot qilinganki dastlabki tayyorgarlik bosqichida voleybolchilarning kelajakdagi istedodini aniqlashga yordam beridagan test mashqlarini tanlay bilib va qo‘llash katta ahamiyatga ega. Bunday mashqlar qatoriga birinchi navbatda sakrovchanlik va chaqqonlikni baholovchi mashqlarni kiritish muhimligini ta’kidlaydi. Tayyorgarlikning keying bosqichlarida asosiy jismoniy sifatlarni, shu jumladan maxsus sifatlarni baholash imkoniyatini beruvchi test mashqlari tarkibini oshirish tavsiya etiladi. Albatta, sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini rivojlantirish tayyorgarlikning qaysi bosqichida amalga oshirilishidan qat’iy nazar bu masala umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik jarayonini qanday darajada rejalashtirilishiga bog‘liq. SHuning uchun ushbu jarayonning malakali voleybolchilarni tayyorlashdagi ahamiyati, qolaversa asosiy o‘yin malakalarini (zarba berish, to‘siq qo‘yish) ijro etish samrasi, sakrovchanlik va sakrash chidamkorligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqligi haqidagi ma’lumotlar taxlili aloxida ahamyaitga egadir. Maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) sport faoliyatidagi dolzarb muammolardan biridir va barcha sport turlarida yuksak sport natijalariga erishish uchun muhim ahamiyatga ega. SHuning uchun maxsus jismoniy sifatlarni (MJS) rivojlantirish sportchilarni musobaqa oldi tayyorgarligining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib turibdi.23 «Voleybolchilar trenirovkasining muvaffaqiyati, o‘yinchilar MJSlarining rivojlanish darajasini aniq va to‘g‘ri nazorat qilishiga bog‘liqdir. Pedagogik nazorat alohida MJS ni o‘zgarish darajasi dinamikasini (sur’atini) aniqlash imkoniyatini beradi. Buni asosida MJT ni samarali boshqarishni yangi yo‘llarini belgilash mumkin». Negaki «tayyorgarlik tuzilishni oqilona tashkil etishni zamonaviy yo‘llaridan biri, qisqa vaqt ichida sport formasini rivojlantirishni ko‘p qirrali modelini tuzishdir». Jismoniy tayyorgarlikni pedagogik nazorat turlarini o‘rganish boshqalarni
ishlarida tez-tez uchraydi, ma’lum rivashdagi MJTni PN ning aniq belgilangan savollariga javob bera oladi. OTM yoshidagi Talabalarning jismoniy tayyorgarligi hamda jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan extiyojini oshirish uchun OTM jismoniy tarbiya shakli, vosita va uslubiyatini takomillashtirish zaruriyatini tug‘diradi. Hozirgi jahon sportidagi ko‘rsatkichlarning jadal ravishda yangilanib borayotganligi, yosh sportchilarni tayyorlashning yangi, yanada samarali vositalarini, uslublarini va shakllarini izlashni taqozo etadi. Ko‘pgina ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, voleybolchilarning sport mahoratini yuksalishi aksariyat xollarda tezkor-kuchlilik sifati bo‘yicha belgilanadi. Ushbu sifatni rivojlantirish foleybolchilarni tayyorlashning muhim vazifalaridan biridir. YUqorida qayd etilgan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, yosh voleybolchilarni maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish ularning texnik malakalarini shakllanishda muhim ahamiyat kashf etadi. Demak, yuqori malakali voleybolchilar tayyorlashda maxsus jismoniy sifatlar ularning asosiy o‘yin malakalarini tkaomillashishda muhim o‘rinni egallar ekan. Voleybol nazariyasi va amaliyoti soxasi doirasidagi ko‘pgina mutaxassislar fikricha «sakrovchanlik» va sakrash tayyorgarligi voleybolchilarning o‘yin davomida ijro etiladigan texnik malakalar samarasini belgilab beradi. Har bir o‘yinda ishtirok etuvchi jamoa o‘yinchilarning sport maxorati, jismoniy tayyorgarligi va o‘yin partiyalarining davom etishiga qarab texnik malakalar hajmi va samaradorligi turlicha bo‘lishi o‘z-o‘zidan ma’lum. YUqorida qayd etilganidek o‘yin davomida sakrash sifatini nafaqat soni, balki uni qanday balandlikda ijro etilayotganligi ham katta ahamiyatga egadir. SHuning uchun bu sifatni dastlabki o‘rgatish bosqichidan boshlab samarali mashqlar asosida shakllantirish zarur. Sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini oshirishda nafaqat maxsus mashqlar, balki turli moslama trenajyorlardan ham foydalanish yaxshi natija beradi