O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti boshlang`ich ta’lim uslubiyoti fakulteti


O’zbekistonda ijtimoiy psixologiya sohasida olib borilgan tadqiqotlar



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə11/34
tarix27.09.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#149694
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34
\'ruza matn

4.O’zbekistonda ijtimoiy psixologiya sohasida olib borilgan tadqiqotlar.
I
Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida yurtimizda rivojlanish tarixiga e’tibor beradigan bo`lsak, shuni ta’kidlash lozimki, u oxirgi o`n yilliklar mobaynida shakllanmoqda, xolos. Lekin tarixdan, umuman psixologiyaning O`zbekiston xududida shakllanishini tahlil qilinsa, uning diniy-falsafiy oqimlar va qarashlar tizimida o`ziga xos tarzda shakllanib kelganini ko`rish mumkin. Masalan, eramizning, II-III asrlarida rivoj topgan mexanizm (asoschisi Mani) yoki mazdakizm (asoschisi Mazdak) va boshqalar o`z diniy qarashlari tizimida ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy adolat va shaxsning o`ziga xosligi kabi goyalarni keng tashviqot qilganlar.

jtimoiy psixologiya jamiyatimizda shaxslararo munosabatlarning tabiati va qonuniyatlarini o`rganuvchi fan sifatida o`zining nazariy tamoyillarini amaliyotga tadbiq etmog`i va shu orqali yangicha mazmundagi demokratik munosabatlarning jamiyatning har bir jamoasida, oilasida va fuqarosida qaror topishiga, yoshlarda yangicha fikrlashni va dunyoqarashni shakllantirish jarayoniga ko`maklashishi zarur.




Lekin tarix bizga shundan darak beradiki, yaxlit, tizimli ijtimoiy psixologik qarashlar tizimi umuman bo`lmagan. Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning o`tmishdagi va hozirgi kundagi holati M. Otajonovning qator ilmiy maqola va risolalarida bayon etilgan. Uning oxirgi yillarda o`tkazilgan ilmiy tadqiqoti natijalariga ko`ra, ijtimoiy psixologiya fan sifatida muhimlik shajarasida ikkinchi o`rinni egallaydi, ijtimoiy psixologiya va ana shu fanning muammolari eng istiqbolli va yechilishi zarur, dolzarbidir.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki,



O`zbekistonda o`tkazilayotgan ijtimoiy psixologik tadqiqotlar asosan oilada va oilaviy munosabatlarga bag`ishlangan. Birinchi ijtimoiy psixologik tadqiqot ham 70-yillarning oxirida 80- yillarning boshida I.Ekubov tomonidan o`tkazilgan bo`lib, u oilaviy munosabatlarning barqarorligi va er-xotin ijtimoiy rolarning muvofiqligini ta’minlovchi sotsial-psixologik omillarni o`rganadi.


Tadqiqot natijasida shu narsa aniqlandiki, oila a’zolarining rollar borasidagi muvofiq o`zaro munosabatlari oilaviy hamjihatlikning muhim shartidir. Oilaviy majorolar esa, asosan hozirgi zamon o`zbek ayolining ijtimoiy mehnat bilan bandligi hamda oilaviy munosabatlarda eskilik sarqitlarining saqlanib qolganligidadir.
G `.B. Shoumarov va Ye. A. Morshinalarning (1986) tadqiqotlarida esa oilada bolalarning tarbiyasiga bevosita ta’sir ko`rsatadigan ijtimoiy psixologik omillar o`rganildi, chunonchi, unda o`ziga xos milliy va an’anaviy o`zaro munosabat xususiyatlarining o`rni belgilanadi.
O ilaviy munosabatlar psixologiyasi xususida o`tkazilgan muhim tadqiqotlardan biri N. Soginovning o`zbek oilasiga xos bo`lgan nikoh va oila munosabatlari - nikohdan qonikish, nikoh motivlari, oila qurishning o`zbeklarga xos bo`lgan yosh xususiyatlari, yosh o`zbek oilalaridagi psixologik mojarolar va ajralishlarning sabablarini tizimli tarzda o`rgangan ilmiy ishidir. Bu tadqiqotda ilgari hech o`rganilmagan ilmiy ma’lumotlar to`plandiki, ularga ko`ra:






2.8-rasm.


N . Soginovning to`plagan ma’lumotlari yosh oilalar, mojaroli oilalar va yoshlar tarbiyasi bilan mashg`ul bo`lganlar uchun muhim ilmiy yo`l-yo`riqdir.
B undan tashqari, oxirgi yillarda katta guruhlar psixologiyasiga oid qator tadqiqotlar o`tkazildi va o`tkazilmoqda. Masalan, E. Usmonovning o`zbek ayollarining suisidal (ya’ni o`z joniga qasd quyish) xulq-atvorining ijtimoiy-psixologik sabablarini o`rganishga bagishlangan tadqiqoti (1993), Fargona Davlat universiteti psixologiya kafedrasida amalga oshirilayotgan qator ilmiy tadqiqot ishlari, Ye. Nu’monovaning "O`zbek oilalaridagi reproduktiv ustanovkalarning xususiyatlari" ga bag`ishlangan, M. Zokirovning erkak va ayollardagi rollar haqidagi tasavvurlarning o`ziga xosligini o`rganishga bag`ishlangan ilmiy tadqiqoti, M. Toshpo`latovning o`zbek yoshlaridagi ijtimoiy xulq-atvorning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi o`ziga xos qirralarini o`rganishga qaratilgan ishlari va boshqalar shular jumlasidandir. Bu tadqiqotlar natijasida yaqin kelajakda yangi etnopsixologik konsepsiya shakllanadi va bu Respublikamizdagi ilmiy ishlarning rivojiga o`z hissasini qo`shadi.
Lekin O`zbekistonda ijtimoiy psixologlar oldida juda muhim tadqiqot mavzulari mavjudki, ularda hozirgi mustakillik sharoitida shaxs va turli ijtimoiy guruhlar psixologiyasida ruy berayotgan o`zgarishlar, turli yosh, demografik, etnik, professional guruhlarga mansub bo`lgan kishilarning ijtimoiy tasavvurlari, ular asosida ijtimoiy xulq-atvorni ilmiy boshqarish asoslari ishlab chiqilmog`i lozim. Ya’ni, ishlab chiqarish ijtimoiy psixologiyasi, boshqarish psixologiyasi, guruhlar psixologiyasi hamda ommaviy psixik jarayonlarning ta’siri masalalari o`zbek psixologlaridan o`z yechimini kutmoqdaki, ularda ilg`or fan yutuqlaridan foydalanilgan holda hududning milliy o`ziga xos qirralari ishlab chiqilishi kerak.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin