Volfram va molibden kabi qiyin eriydigan metallar elektr pechlarida
isitgich, elektr va yorug‘lik lampalari qismlari, elektr kontaktlar, buyoqlar,
moylash materiallari ishlab chiqarishda ishlatiladi. Biroq bu metallarning asosiy
qismi asbobsoz, tez kesar, o‘tga chidamli, emirilishga chidamli, kislotaga bardoshli
va boshqa turdagi legirlangan po‘latlar olishga yo‘naltiriladi.
Titan asosidagi qotishmalar yuqori solishtirma mustahkamlikka ega, shuning
uchun uni asosiy ishlatadigan sohasi reaktiv aviatsiya va raketa hamda kosmik
texnika bo‘lib qoldi.
Noyob yer metallari – metall, qotishma, kimyoviy birikmalar ko‘rinishida
qora va rangli metallurgiyada, shisha va keramika sanoatida, atom energetikasida
ishlatiladi.
Metall tarkibli minerallar turiga (ko‘rinishi) ko‘ra rangli metall rudalari
qo‘yidagi asosiy guruhlarga bo‘linadi:
1. sulfidli – tarkibidagi metall oltingugurt bilan birikib sulfid ko‘rinishida
bo‘ladi. Bunday rudalarga misli, miss-ruxli, miss-molibdenli, miss-nikelli,
qo‘rg‘oshin-ruxli (polimetall) rudalar taaluqlidir;
2. oksidli – tarkibidagi metall turli kislorod birikmalari: oksidlar, karbonatlar,
gidrooksidlar va hokazolar bilan birikkan ko‘rinishda bo‘ladi. Bunday rudalarga
misol qilib alyuminiyli, oksidlangan nikelli, qalayli, mis va kamyob metall
rudalarining ayrim ko‘rinishlarini keltirish mumkin;
3. sof – tarkibida metall erkin holda uchraydi. Tabiatda erkin holda oltin,
kumush, mis, platina, vismut, simob uchraydi;
4. – aralash – metall sulfidli, oksidli ko‘rinishda, ayrim hollarda erkin holda
bo‘ladi (mis rudalari);
5. – xloridli – tarkibida metall vodorod xlorid kislotasi tuzlari ko‘rinishida
bo‘ladi. Bunday rudalardan magniy, shuningdek bir qator engil va noyob metallar
ajratib olinadi.
O‘zbekistonda konchilik sanoati bo‘yicha 400 ga yaqin rangli metallar,
ko‘mir, gaz qazib chiqaruvchi korxonalar, neft konlari, shaxta makonlari va turli
konlar ishlab turibdi. Ular tarkibida yuqorida qayd etilgan Olmaliq va Angren
korxonalaridan tashqari, 1950-yillari o‘z ishini boshlagan Ingichka konini, 1956-
yilda o‘z faoliyatini boshlagan Chirchiqdagi O‘zbekiston o‘tga chidamli va qattiq
qotishmali metallar kombinati, O‘rta Chirchiq plavikoshpat kombinati, 1970–
1980-yillarda ishga tushirilgan Uchquloch, Kovuldi, Marjonbuloq kon va ruda
boyitish fabrikalarini, 1966-yilda ishga tushirilgan Qo‘shbuloq koni, 1973-yildan
mahsulot bera boshlagan Angren oltin boyitish fabrikasi, 1967–1969-yillarda
MDH davlatlaridagi konlar orasida ulkan hisoblangan Muruntov kon-boyitish
korxonasini va 1987-yilda foydalanishga topshirilgan Zarmitan konini sanab o‘tish
mumkin. Ularning qatoriga “O‘zbekneftgaz qazib chiqarish” davlat aksiyadorlik
birlashmasi, “O‘zbeksement”, “O‘zbekmarmar”, ikkilamchi xomashyodan alyumi-
niy ishlab chiqaruvchi zavod kabi yirik ishlab chiqarish birlashmalari va boshqa
korxonalar kiradi. Respublikada oltin zaxiralarini qidirib topish va foydalanish
borasida olamshumul ishlar qilinmoqda. “O‘zbekoltin” birlashmasi Qoraqo‘ton,
Bichanzor, Qo‘shbuloq va Chodak konlari zamirida o‘z faoliyatini boshlagan.
1946-yilda Olmaliq mis-molibden kombinatini qurish bo‘yicha loyiha
topshirig‘i tasdiqlandi. Urushdan keyingi yillarda Qo‘rg‘oshinkon va Oltintopkan
polimetall konlarida qidiruv ishlari tugallandi. 1948-yilda Olmaliqda qo‘rg‘oshin-
rux ishlab chiqaruvchi kombinat qurish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Qalmoqqir koni va mis boyitish fabrikasining qaytadan ta’mirlanishi 2012-
yilga borib ma’danli ruda qazib olishni 30 mln. tonna va misli rudani qayta
ishlashni 40 mln. tonnagacha yetkazish imkonini beradi;
Qalmoqqir
koni
va
mis
boyitish
fabrikasining
qaytadan
ta’mirlanishi 2012-yilga borib ma’danli ruda qazib olishni 30 mln. tonna va misli
rudani qayta ishlashni 40 mln. tonnagacha yetkazish imkonini beradi;
- misli toshqollarni flotatsiya usuli bilan qayta ishlash natijasida yarim
mahsulot va texnogen chiqindilardan temir va boshqa qotishmalarni olishni yo‘lga
qo‘yish;
- yaqin kelajakda 40 ming tonna hajmda prokat olish maqsadida rangli
metallarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha ishlab chiqarishni yaratish.
Shunday qilib, kombinatning asosiy investitsion maqsadi – kombinatda bor
xomashyolardan foydalanib, eksportga yo‘naltirilgan, yuqori darajada tez sotish
mumkin bo‘lgan mahsulotlar chiqarish bazasini yaratishdir.
Dostları ilə paylaş: |