O‘zMu Jizzax filiali Sirtqi bo’lim Iqtisodiyot yo‘nalishi 923/20-guruh talabasi



Yüklə 341,13 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix04.10.2023
ölçüsü341,13 Kb.
#152108
Innovatsion 1 mustaqil ish (2)



O‘zMu Jizzax filiali Sirtqi bo’lim 
Iqtisodiyot yo‘nalishi 923/20-guruh talabasi 
Ochilov Shaxriyorning Jahon iqtisodiyoti
va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fanidan
Mustaqil ishi
Mavzu: Davlatning innovatsion siyosati boʻyicha xorijiy tajribalar 
Bajardi:Ochilov.Sh
Qabul qildi:. 


Davlatning innovatsion siyosati boʻyicha xorijiy tajribalar 
Reja 
1.Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy mamlakatlar tajribalarni 
o‘rganish zaruriyati. 
2.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda innovatsion faoliyatni tashkil etiishi 
3.
Faol innovatsion-investitsion siyosat va bu borada xorijiy davlatlar 
saboqlari 
4.
Fan-innovatsiya-investitsiya-ishlab chiqarish zanjiri va bu jarayonning 
xorijiy davlatlar tajribasi hamda uning 
respublikamizda foydalanish mumkin bo‘lgan jihatlari 5. Xorijda innovatsion 
faoliyatni moliyalashtirilishi 
1. Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy mamlakatlar tajribalarni 
o‘rganish zaruriyati. 
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini yanada rivojlantirish uchun 
innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishning xorijiy tajribasini o‘rganish muhim 
hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanishning innovatsion modeli davlatning bevosita 
aralashuvi orqali yaratiladi. Innovatsion model ishlab chiqarishda ilmiy texnik 
bilimlar va yangi texnologiyalarning keng qo‘llanilish holatini nazarda tutadi. 
Rivojlangan mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotning 70 foiz qo‘shimcha 
o‘sishi yangi bilimlar, joriy etiladigan texnologiyalar, kadrlar tayyorlash va 
ishlab chiqarishni tashkil etish hisobiga ro‘y beradi.Zamonaviy iqtisodiyotda 
samaradorlikni oshirish yo‘llari ko‘p bo‘lib, ulardan biri bu venchur 


tadbirkorlik hisoblanadi. Venchur tadbirkorlik har xil sanoat turlarida uchraydi, 
shu jumladan xizmat ko‘rsatish sohasida ham. Ammo venchur 
investitsiyalarning katta qismi odatda tavakkalchiligi yuqori bo‘lgan yuqori 
texnologiyalar sanoatiga yo‘naltiriladi. Shunga qaramay AQSH(oxirgi 20 yilda 
eng katta venchur kapital bozori) statistik ma’lumotlariga ko‘ra venchur 
investitsiyalar yuqori daromadli hisoblanadi. Ularning o‘rtacha daromadliligi 
19 foizni tashkil etadi. Mamlakatlar miqyosida venchur kapital salmog‘ini 
qarab chiqqanda, AQSH va Kanada birgalikda jahonning 60foiz venchur 
kapitalini, Evropa 25 foiz, Osiyo 9 foiz, Afrika 2 foiz, Lotin Amerika va MDH 
davlatlari 1foizni jalb qiladi. Shu bilan birga venchur kapitalining hajmi va 
tuzilishi mamlakatda innovatsion iqtisodiyot shakllanishiga kuchli ta’sir 
o‘tkazadi. 
Masalan, Amerikada venchur kapitali ellik yil davomida rivojlanib keldi. 1950 
yillarda paydo bo‘lib, 1970-80 yillarda odatiy xo‘jalik shakliga aylandi. 
Amerika innovatsion modeliga xos xususiyat bu davlat tomonidan qo‘llab 
quvvatlanadigan kichik venchur korxonalarini rivojlantirish hisoblanadi. Ilmiy 
texnik tadqiqotlarning olib borilishi va sotilishi davlat tomonidan faol qo‘llab 
quvvatlanadi. Amerikada xususiy korxonalarning innovatsiyalarni yaratishdan 
olingan daromadi uchun soliq yuki past hamda bu korxonalar uchun 
qo‘shimcha imtiyozlar mavjud. 
Yaponiya fan va texnologiyalarning rivojlanishi bo‘yicha AQSH dan keyin 
jahonda ikkinchi o‘rinni egallaydi. Yaponiyada ham 1980 yillarning 
o‘rtalaridan tarkibida venchur kapitali bo‘lgan kichik innovatsion korxonalar 
iqtisodiy rivojlanishning innovatsion modelini shakllantirish asosi sifatida 
e’tirof etila boshlandi. Bu turdagi korxonalar hozirda Yaponiya yalpi ichki 
mahsulotining 52 foizni yetkazib beradi. Venchur biznesini moliyalashtirishda 
Yaponiyada xususiy kapital bilan birgalikda davlat ham faol qatnashadi. 
Ba’zida yuqori texnologiyali sanoatda innovatsiyalar diffuziyasiga erishish 
uchun davlat tomonidan yangi korporatsiyalar tashkil etiladi. Yirik shaharlarda 
birjadan tashqari qimmatli qog‘ozlar bozorining mavjudligi yapon venchur 
biznesining tez rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Yapon siyosatining 
maqsadlaridan biri bu kichik, lekin bozor talabiga egiluvchan innovatsion 
korxonalarni yaratish hisoblanadi. Bu korxonalarda yangi texnologiyalarni va 
yangi mahsulotlarning yaratilishi tor ixtisoslik orqali amalga oshiriladi. Oxirgi 
yillarda Yaponiya ilmiy texnik ishlanmalarga investitsiyalar bo‘yicha dunyoda 
birinchi o‘rinni egallab turibdi. Innovatsiyalarga investitsiyalarni asosan yirik 
moliya-sanoat guruhlari va xususiy sektor amalga oshiradi. 
Lekin AQSH, Yaponiya va Buyuk Britaniyadan farqli ravishda ko‘pgina 
Evropa davlatlarida iqtisodiy rivojlanishning innovatsion modeli boshqacha 


ko‘rinishda, shu jumladan, venchur kapitali ham. Masalan, Fransiya va 
Germaniyada innovatsiyalar yaratish bo‘yicha ko‘pchilik tadqiqotlarni yirik 
korxonalargina o‘z zimmasiga oladi. Ular innovatsion jarayonlarning barcha 
texnik bosqichlarini o‘zlari nazorat qiladi. Avvaliga, Germaniyada yuqori 
texnologiyalarni rivojlantirish AQSH tajribasiga asoslanib yirik texnologik 
dasturlar orqali amalga oshirilardi. Bunda AQSH, Fransiya, Yaponiya va 
Buyuk Britaniyaning inkubatorlar va ilmiy texnologik parklar yaratish bo‘yicha 
tajribasi qo‘llanilgan. 1980 yillardan boshlab Germaniyada asta sekin kichik 
shaharlarda innovatsion jamg‘armalar tashkila etila boshlandi va innovatsion 
faoliyat yirik korxonalardan kichik va o‘rta korxonalarga ko‘cha boshladi. Bu 
turdagi kichik innovatsion jamg‘armalar davlat ko‘magi va qiziqish bildirgan 
xususiy sektor yordamida tuzilgan. 
Misli ko‘rilmagan darajada iqtisodiy o‘sish Janubiy Koreyada kuzatilmoqda. 
1976 yildan 2006 yilgacha Koreyada o‘rtacha YaIMning o‘sishi 9 foizni tashkil 
etdi. Qisqa muddatda 
Janubiy Koreya qoloq davlatdan yuqori texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi va 
eksport qiluvchi markazga aylandi. Janubiy Koreyaning bunday yutuqqa 
erishishida ilmiy texnik salohiyatning kuchayishi asosiy omil sifatida e’tirof 
etiladi. 
Turli xil davlatlarning tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, venchur biznesi 
innovatsion rivojlanish modelini va uning investitsion ta’minoti keskin 
o‘zgartirib yuborishi, natijada, invetitsion resurslarning narxi tushishi mumkin. 
Masalan, hozirgi rivojlangan davlatlar Yaponiya, AQSH hamda Germaniya 
og‘ir davrlarda ham iqtisodiy rivojlanish uchun muhim bo‘lgan ilmiy 
ishlanmalarga investitsiyalarni ko‘paytirib borgan. 
2. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda innovatsion faoliyatni tashkil etiishi 
Oxirgi 20 yilda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, innovatsion sohaning, ya’ni ilm fan, 
yangi texnologiyalar, ilmtalab tarmoqlarning rivojlanish va o’sish darajasi 
barqaror iqtisodiy o’sishning asosini ta’minlaydi. Ilmiy – texnik taraqqiyot 
ishlab chiqarishning hajmi va tuzulmasini almashtiradi, jahon iqtisodiyotining 
holatiga ahamiyatli ta’sir ko’rsatyapti. 1990– yy.ilmiy – texnik 
o‘zgarishlarning o’sish sur’atlari, ilmtalab ishlab chiqarish va xizmatlarning 
jadal rivojlanishi sanoat rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy o’sishni 
tezlashishiga yangi turtki berdi. Jahon xo‘jaligida bilim va innovatsiyalarni 
muhim iqtisodiy resurs sifatida qo’llash asosida o’sishning yangi paradigmasi 
shakllanadi. Bu milliy innovatsiya tizimi (MIT) konsepsiyasini 
ishlab chiqqishni belgilab berdi, u innovatsion jarayonning alohida tarkibiy 
qismlarini ishlash jarayoni institutsional omillarning ma’lum to’plami orqali 
ta’minlanadigan murakkab tizimning o‘zaro bog‘langan halqasi sifatida ko’rib 


chiqadi. 
Milliy innovatsion tizim o‘zida innovatsion jarayonlarni ta’minlaydigan va 
qattiq milliy negizga, an’anaga, siyosiy va madaniy xususiyatlariga ega bo‘lgan 
huquqiy, moliyaviy, tashkiliy va ijtimoiy tusdagi majmuaviy institutlarni 
namoyon etadi. Innnovatsion tizim ushbu mamlakatgan maqbul bo‘lgan 
ko‘pgina omillar ta’sirida shakllanadi, jumladan uning hajmlari, ta’biiy va 
mehnat resurslarining mavjudligi, davlat institutlarining tarixiy rivojlanish 
xususiyatlari va tadbirkorlik faoliyatning shakli inobatga olinadi. Ushbu 
omillar innovatsion faollik evolyutsiyasi yo‘nalishlari va tezligining uzoq 
muddatli determinanti hisoblanadi. Bundan tashqari, xar bir MIT institutsional 
o‘zaro aloqalarning etarli darajadagi barqarorligini talab etadigan ma’lum 
tuzulma va qaysidir darajadagi tartibligi bilan ifodalanadi (bunda har bir 
mamlakatda institutsional tarkibiy qismlarning milliy qiyofasi paydo bo‘ladi). 
Milliy innovatsion tizimlarning modullari yaratilgan bo‘lib, uning doirasida 
ularning milliy o‘ziga xosligi shakllanadi. MITning bunday xususiyatlariga 
kam yoki ko‘p qismda innovatsion vazifalarni bajarishda davlatning va shaxsiy 
sektorning, yirik va kichik biznesning nisbiy ahamiyati, fundamental va amaliy 
izlanishlar va ishlab chiqishlarning o‘zaro munosabati, innovatsion faoliyatning 
rivojlanish dinamikasi va tarmoqli tuzulmasining o’rni kiradi. 
Milliy ilmiy tizimlar va ularning o‘ziga xosligining turli tumanligiga 
qaramasdan asosiy sanoat rivojlangan mamlakatlar uchun innovatsiyalarini 
boshqarishda qator tendensiyalar kuzatiladi. Ularga quyidagilar kiradi: 

Innovatsion soxada davlatning nazorat vazifalarini kuchayishi; 

Innovatsion ishlab chiqishlarning maqsadli yo‘nalishlarining kuchayishi. 
Hozirgi vaqtda davlatning biotexnologiya, elektronika va 
telekommunikatsiya, atrof muhitni muhofaza qilish kabi vazifalarni 
bajarishda innovatsiyalarni keng qullashdagi harakatlari yaqqon 
namoyon bo‘layapti; 

Yirik milliy, tarmoqlararo va global ilmiy–texnik 
dasturlarni qo’llash; 

Rivojlangan innovatsiyalarning uzoq muddatli dasturlanishiga asta sekin 
o’tish. Ko’p tashkilotlar uzoqmuddatli istiqbolga (10 va undan ziyod 
yilga) mo‘ljallangan innovatsion ishlab chiqarilgan dasturlarga ega 


bo‘lishni xohlashadi. Bu davlat ilmiy–texnik dasturlari uchun ham 
xosdir; 

Ko’pgina rivojlangan va yangi industrial mamlakatlarda ilmiy 
izlanishlarning xorij moliyalashtirishning o’sib borayotgan ulushida, 
hamda qulay sharoitli investitsion iqlimli hududlarda innovatsion 
tashkilotlarni (bo‘linmalarni) yaratishda namoyon bo‘ladigan 
innovatsion sohaning globallashuvi. Tadqiqotiy tarmoqlar asosida 
globao innovatsion sohaning shakllanishi izlanishlarning nafaqat 
mazmuni va nufuzini, balki korporatsiyaning tabiatini o‘zgartiradi, 
boshqarishning uslubi va usullarini yangilaydi, yangi korporativ 
madaniyatning asosini yaratadi. 
Eng yangi tendensiya innovatsion faoliyatni moliyalashtirishda davlatning 
to’g‘ridan to’g‘ri ishtirokining kamayishi hisoblanadi. Bundan tashqari, 
umumiy tendansiyalarga ilm fanning, texnika va ishlab chiqarishning turli 
sohalarining o’sishi va gorizontal aloqalar tizimining rivojlanishini kiritish 
mumkin. “Tarmoq – tarmoq”, “tashkilot – tashkilot” va b. kabi gorizontal 
aloqalar texnologiyalarni tarmoqlararo yetqazishni ta’minlaydi. AQSH va 
boshqa mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, gorizontal aloqalarni, ya’ni 
tashkilotlar tizimini (maslahat firmalari, innovatsiyani singdirish bo‘yicha 
maxsus tashkilotlar, iste’molchilarga xizmat kursatish) kengaytirish doirasida 
ilm fan va ishlab chiqarish o’rtasida “uchinchi halqani” yaratish tarmoqlararo 
ilmiy–texnik almashinishni ahamiyatli darajada yengillashtirdi va 
innovatsiyalarni samarali singdirishga asos soldi. 
Ushbu tendensiyalar sanoat rivojlangan mamlakatlarda milliy va global ilmiy–
texnik, innovatsion strategiyalarning uyg‘unlashganidan dalolat beradi. Garchi 
globalizatsiya innovatsion faoliyatning ahamiyatli qismini ushbu 
mamlakatlardan tashqariga chiqarsada, uning asoslari milliy bo‘lib qolaveradi. 
Asosiy sabab yangiliklar jarayoni har bir davlatning sharoitiga, ilmiy 
hamjamiyat va iste’molchilar bilan vujudga kelgan munosabatlar, moliyaviy 
imkoniyatlar va kadrlar imkoniyatlariga bog‘liqligidan iborat. Bularning 
hammasi sanoat rivojlangan davlatlarning har birida innovatsion jarayonlarni 
amalga oshirish uchun qulay sharoitli iqlimni yaratishga yo‘naltirilgan davlat 
innovatsion siyosatini ishlab chiqish va amal qildirishga olib keladi. 
Davlat innovatsion siyosatini amalga oshirish innovatsion faoliyatni 
boshqarishning maqbul shakli va usullarini qo’llashni talab etadi. Zamonaviy 
sharoitlarda turli darajalarda innovatsion boshqarishning ko’pgina shakllari 
mavjud (korporatsiya bo‘linmalaridan tortib davlatgacha). Har qanday siyosat 


singari innovatsion siyosat ham turli mamlakatlarda turlicha, garchi bir 
maqsadga, ya’ni innovatsion faollikning tezlanishi va ilmiy texnik 
imkoniyatlarning rivojlanishiga bo‘y sinishsada. Innovatsion faollikni 
tezlashtirish maqsadida davlatning o‘zaro ta’sirining turli usullarini qo’llanilib, 
ular bevosita va bilvositaga bo‘linishi mumkin. Ularning o‘zaro munosabati 
mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatlar va shu sababdan qabul qilingan davlat tartibi 
konsepsiyasi bilan belgilanadi. 
Innovatsion jarayonning davlat tartibining bevosita usullari ikki shaklda 
amalga oshiriladi: ma’muriy–idoraviy va dasturiy– maqsadli. ma’muriy–
idoraviy shakli tug‘ri dotatsiya moliyalashtirish ko’rinishida namoyon bo‘lib, u 
innovatsiyalarga bevosita yordam kursatish maqsadida qabul qilinadigan 
maxsus qonunlarga muvofiq amalga oshiriladi. Innovatsiyalarni davlat 
tartiblashtirishning dasturiy–maqsadli shakli oxirgisini yangiliklarni, qo’llab 
quvvatlash davlat maqsadli dasturini amalga oshirish orqali shartnomali 
moliyalashtirishni, shu jumladan 
kichik ilmtalab firmalarni, talab etadi. AQSHda dasturiy–maqsadli yondashuv 
hozirgi vaqtda davlat ilmiy–texnik siyosatini o’tkazishning muhim shakli va 
davlat moliyalashtirishning, eng avvalo xarbiy–kosik Ilmiy-tadqiqot va 
eksperimental loyihalash ishlarini, asosiy usuli sifatida qo’llaniladi. Davlatni 
innovatsion biznesga ta’sirining bevosita choralari tizimida asosiy o’rinni 
Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlari soxasida sanoat uyushmalar 
kooperatsiyalarini va sanoatlashgan universitetlar kooperatsiyalarini 
kuchaytiradigan tadbirlar egallaydi. 
Sanoat rivojlangan mamlakatlarda davlat ta’sirining bilvosita usullariga soliq 
qonunchiligining liberallashishi, xususan soliq chegirmalarining qo’llanilishi 
kiradi. Sanoat rivojlangan va yangi industrial mamlakatlarda innovatsion 
faoliyatni kuchaytiradigan soliq chegirmalarning quyidagi turlari qo’llaniladi: 

Innovatsion xarajatlarning o’sishiga soliqlarni kamaytirish; 

Innovatsion loyixalarni amalga oshirishda olingan foydaga bir necha yil 
mobaynida “soliq ta’tillari”; 

Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlari buyurtmasi va 
birgaligida bajarilganlikka yo‘naltirilgan foydaga soliq miqdorining 
kamayishi; 

Intelektual shaxsiylik tarkibiga kiruvchi patentlar, litsenziyalar, nou–xau 
va boshqa nomoddiy aktivlarni qo’llash natijasida olingan foydaga 
chegirmali soliq to’lovi; 



Ilmiy tadqiqot institutlari, oliy ta’lim muassasalariga beriladigan 
uskunalar va jixozlarning qiymat summasiga soliq tulovinig kamayishi; 

Tadqiqodiy va investitsion soliq kreditlarini taqdim etish, ya’ni 
innovatsion maqsadlarda qilingan xarajatlar qismi foydasidan soliq 
to’lovini olib tashlash; 

Innovatsiyani moliyalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatning xayriya 
fondiga kirimlar foydasining soliq to’lovidan ushlab qolish. 
Innovatsion siyosat soxasida ta’sirlarning bilvosita usullariga qonunchilik 
dalolatnomalari ham kiradi. Ular turli xildir va innovatsion siyosatga ta’sirning 
ko’p sohalariga tegishli. Masalan, AQSHda 200 yilga yaqin amal qilib 
kelayotgan patent huquqi ixtirochilarni ularning ixtirolariga, ya’ni intellektual 
mulkiga huquqini belgilab beradi, bu esa muallifni innovatsion qarorlariga 
monopoliyasini talab etadi. Ushbu vaziyat ixtirochiga, yer egasi kabi, 
“innovatsion renta”, ya’ni uning ixtirosidan foydalanganlik uchun haq olishga 
imkon beradi. Bunday vaziyat oxir oqibatda mamlakatda ilmiy–innovatsion 
ishlarning faolligiga yaxshi ta’sir ko’rsatadi. 
Innovatsion faoliyat imkoniyatlarining shakli va usullari xilma xil bo‘lsada 
davlat organlari tomonlaridan barcha sanoat rivojlangan mamlakatlarda 
innovatsion siyosatni davlat nazoratining o‘ziga xos tarkibiy qismi sifatida 
ko’rsatishga imkon beradigan qandaydir umumiylik mavjud. Masalan, davlat 
iqtisodiy siyosatning barcha yo‘nalishlari bilan innovatsion siyosat 
bo‘yicha kelishuvlik mavjud; bu tanlangan iqtisodiy kursga mos keladigan 
davlat ta’sirining yagona iqtisodiy uskunasini qo’llashda namoyon bo‘ladi. 
Sanoat rivojlangan mamlakatlarda innovatsion mexanizm bo‘yicha boshqaruv 
va tashkiliy jihatlar muhim o’rinni egallaydi. Ularning ko’plarida ko’p 
pog‘onali boshqaruv amalga oshiriladi va innovatsion munosabatlarning turli 
xil tashkiliy shakllari qo’llaniladi. 
AQSHda innovatsion jarayonlarni boshqarish tizimi uch bosqichdan iborat: 
yuqori davlat, o’rta davlat yoki idoraviy (sektorli) va past davlat yoki 
institutsional. Yuqori davlat bosqichida: 

Fan va texnika rivojlanish strategiyasi belgilanadi; 

Innovatsion ustuvorlikning tanlovi va shakllanishi bo‘yicha qarorlar 
qabul qilinadi; 



Innovatsion ishlanmalar dasturlarining bajarilishi bo‘yicha 
moliyalashtirish va nazorat amalga oshiriladi; 

Innovatsion jarayonlarni kuchaytirish bo‘yicha qonunchilik choralari 
ko’riladi; 

Idoralar o‘rtasidagi majburiyatlar taqsimlanada. Yuqori davlat bosqichi 
AQSH Kongressi va prezidenti tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, ular 
davlat ilmiy–texnik siyosatining umumiy strategik yo‘nalishlarini 
belgilashadi va muhokama qilishadi, uning maqsadlarini shakllantiradi, 
milliy ustunlikni o’rnatishadi va tasdiqlashadi. Ushbu ustuvorliklar 
doirasida davlat idoralari tadqiqotlarining aniq yo‘nalishlarini, 
laboratoriyalar qatorida ularning ijrochilarini, bo’ysunuvchi idoralar, 
universitetlar yoki xususiy firma laboratoriyalarini tanlashda keng 
erkinlikka ega bo‘lishadi. 
O‘rta davlat yoki idoraviy bosqichda tadqiqot tarmoqlari va turlari bo‘yicha 
innovatsion jarayonlarning qo’llanmalari, uzoq muddatli innovatsion 
dasturlarning shakllanishi, tanlov asosida ijrochilar tanlovi, hukumat nomidan 
shartnomalar tuzulishi, bajarilishning tezkor nazorati va ichki idoraviy 
kooperatsiyalar amalga oshiriladi. AQSHda innovatsion faoliyatni davlat 
nazoratining organlari bu bosqichda mudofaa, energetika, sog‘liqni saqlash va 
qishloq xo‘jalik vazirligi, hamda Milliy kosmik agentligi (NASA), atrof 
muhitni muxofaza qilish bo‘yicha Agentliklar, fundamental tadqiqotlarni 
nazorat qiladigan Milliy ilmiy fond (MIF) hisoblanadi. Milliy ilmiy fond 
o‘zining nufuziga muvofiq davlatning ilmiy nufuzini o’sishida asos qo’shishga 
va fundamental izlanishlarni olib borishda usullarni takomillashtirishga 
chaqirilgan asosiy federal idora sifatida chiqadi. MIF uchun qolgan vazirlik va 
idoralardan farqli ravishda asosiy vazifasi fundamental ilm fanni rivojlanishi 
hisoblanadi. Bundan tashqari, MIF ilmiy tadqiqot sohasini asosan fundamental 
izlanishlarni kuchaytirish, hamda ilmiy izlanishlarning yirik amaliy dasturlari 
va kadrlarni tayyorlash dasturlarini moliyalashtirish orqali nazorat qiladi. 
Pastki davlat yoki institutsional bosqichda bevosita davlat yoki 
umumiylashtirilgan (xususiy–davlat) laboratoriyalarida ilmiy izlanishlar olib 
boriladi va dasturlarning joriy, tezkor bajarilishi amalga oshiriladi. 
Davlat laboratoriyalari maxsus idoralar tomonidan moliyalashtiriladi va asosan 
ushbu idoralarga ishlashadi. Ta’kidlash joyizki, moliyalashtirishning barcha 
idoralar uchun yagona bo‘lgan tartibi mavjud emas; davlat boshqaruvining 
hech bir mavjud organi o’rta bosqichda bir va umrbotlikka o’rnatilgan vakolat 


va vazifalariga ega emas. 
Davlat buyurtmalarini bajaradigan tashkilotlar orasida asosiy o’rinni aralash 
federal moliyalashtiriladigan ilmiy markazlar (laboratoriyalar) va innovazion 
ishlanmalar egallashadi. Ular davlat byudjet rusurslaridan foydalanishadi, biroq 
universitetlar (22 foiz) va xususiy uyushmalar (8 foiz) tomonidan boshqariladi. 
Asosiy ilmiy tashkilotlarga quyidagilar kiradi: universitet va kollejlar, davlat 
ilmiy tadqiqot institutlari va laboratoriyalar, buyurtma bo‘yicha ishlaydigan 
xususiy ilmiy tadqiqot institutlari, ilmiy markazlar, sanoat laboratoriyalari 
(ilmiy tadqiqot institutlari), daromadsiz uyushmalar, ilmiy ishlab chiqarish 
majmualari (vaqtinchalik), asosan yangi innovatsion loyixalarni birgalikda 
amalga oshirish uchun tadqiqot konsorsiumlari. 
Buyuk Britaniyada innovatsion faoliyatning boshqarilish tuzulmasi va tashkiliy 
shakli AQSHda faoliyat ko’rsatayotganiga deyarli o’xshash. Bunda farq faqat 
tashkiliy shaklning tuzulmasi va ba’zi ularning vazifalarida. Innovatsion 
jarayonlarni boshqarishning tashkiliy tuzulmasi quyidagi tarkibiy qismlardan 
iborat: universitet va politexnika institutlari, davlat ITI va laboratoriyalar 
(tarmoqli), tadqiqot uyushmalari, buyurtma bo‘yicha ishlaydigan ilmiy tadqiqot 
institutlari, uyushma va firmalar ilmiy tadqiqot institutlari va laboratoriyalari. 
Agar AQSH uchun yirik innovatsion loyixalarni xususiy tashkilotlarning 
umumiy kuchlari bilan bajarishda daromadsiz uyushmalar va tadqiqot 
konsorsiumlari xos bo‘lsa, Buyuk Britaniyada esa tarmoqlar va mahsulot turlari 
bo‘yicha tadqiqotlik uyushmalari rivojlangan, masalan kulolchilik bo‘yicha 
Britaniya tadqiqotlik uyushmasi va ixtirolarni (yangiliklarni) samarali 
qo’llaydigan va alohida innovatsion loyihalarni bajaradigan yakka 
ixtirochilarga yordam ko’rsatadigan tadqiqotlarni rivojlantirishning Milliy 
korporatsiyasi. 
Yaponiyada ilmiy – texnik siyosatini davlat boshqaruvining tashkiliy 
tuzulmasiga quyidagi vazirlik va idoralar kiradi: tashqi savdo va sanoat 
Vazirligi, fan va texnika Boshqarmasi, milliy mudofaa Boshqarmasi, ta’lim 
Vazirligi, moliya Vazirligi, fan ishlari bo‘yicha Kengash. 
Tashqi savdo va sanoat Vazirligi (TSSV) Yaponiyada ilmiy – texnika 
siyosatini ishlab chiqish va milliy innovatsion tizimni boshqarishda asosiy 
o’inni egallaydi. Uning asosiy vazifasi davlat ilmiy muassasalari va xususiy 
sanoat firmalari o’rtasida ilmiy tadqiqotlarni o‘zaro muvofiqlashtirish, hamda 
yapon sanoatini rivojlantirishda bo’lajakdagi yana ham istiqbol yo‘nalishlarni 
belgilash hisoblanadi. U ko’pgina bo‘linmalarga ega. Ushbu organlar ishlarida 
tadqiqot institutlarining taniqli olimlari, sanoat tashkilotlari va iste’mol 
uyushmalarining vakillari ishtirok etishadi. Ushbu vazirlikning boshqa 
vazifalariga quyidagilar kiradi: sanoat innovatsiyalariga ularning boshlang‘ich 


rivojlanish bosqichida moliyaviy ko’mak berish; fan va texnika bo‘yicha yangi 
ixtirolar va mahalliy universitetlar va ilmiy tadqiqot institutlari tadqiqotlarining 
natijalari haqida sanoat sektorlariga axborotlarni yig‘ish, o’rganib chiqish va 
yetkazish. 
Innovatsiyalarning aniq yo‘nalishlarining bajarilishini fan va texnika 
Boshqarmasi nazorat qiladi. TSSV qaramog‘ida litsenziyalarni eksporti va 
importi bilan shug‘ullanuvchi sanoat texnologiyalar uyushmasi mavjud. Davlat 
innovatsion siyosati Yaponiyani letsenziyalarni import qilishdan eksport 
qilishga aylantirishga yo‘naltirilgan. 
Usul va choralarning majmuaviy tahlili, xamda innovatsiyalarning tashkiliy va 
boshqaruv jihatlari shuni ko’rsatdiki, AQSH innovatsion mexanizmni tashkil 
etuvchi majmuaviy tarkibiy qismlardagi qator boshqa mamlakatlarda davlat 
darajasida asosiy e’tibor uchta tarkibiy qismga qaratiladi – boshqaruvga, 
moliyalashtirish usullariga va innovatsion qonunchilikka, tashkiliy tarkibiy 
qism esa ikkinchi darajali sifatida ko’riladi. Vazirliklar (idoralar) darajasida 
innovatsion mexanizmning asosiy tarkibiy qismlari tashkiliy va 
moliyalashtirish tartibi hisoblanadi, innovatsion fondlarni shakllantirish va 
qo’llash esa – ikkilamchi. Intstitutsional darajada esa innovatsion 
samaradorligini baholash usuli, axloqiy–psixologik usul, axborot–texnik 
jihozlash choralari kabi tarkibiy qismlar asosiy ahamiyatga ega, tashkiliy va 
boshqaruv elementlari esa kam ahamiyatga ega. 
3. Faol innovatsion-investitsion siyosat va bu borada xorijiy davlatlar saboqlari 
Respublikamizda innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish muhim vazifalardan 
hisoblanadi. Shu sababli, O‘zbekiston Respublikasida Prezident SH.Mirziyoev 
boshchiligida faol innovatsion-investitsion siyosat olib borilmoqda. Bu 
yo‘nalishda faol ichki investitsion salohiyatdan foydalanish bilan bir qatorda 
ilg‘or xorijiy mamlakatlar innovatsion faoliyatini o‘rganishga alohida e’tibor 
qaratilmoqda. Respublikamizda faol innovatsioninvestitsion siyosat 
quyidagilarda o‘z aksini topgan: 

“jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya 
siyosatini yuritgan bo‘lsa, o‘z iqtisodiyotini barqaror o‘sishiga erishgan, 
shu sababli ham investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri...” hisoblanadi; 

“investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi 
texnologiyalar, ilg‘or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib 
keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi”. Bu mamlakatimiz iqtisodiyoti 
taraqqiyotining bosh strategik vazifasi hisoblanadi; 



“biz faqat investitsiyalarni jalb qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini 
ishga tushirish hisobidan iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishga 
erishamiz. Iqtisodiyotdagi ijobiy natijalar esa ijtimoiy sohada to‘planib 
qolgan muammolarni tizimli hal etish imkonini yaratadi”; 

“xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun mamlakatimizning 
investitsiya salohiyatini to‘la namoyon etish choralarini ko‘rishimiz 
kerak. Biz iqtisodiyotimizga sarmoya kiritishga intiladigan investorlar 
uchun hududlar va tarmoqlar bo‘yicha investitsiya loyihalarini puxta 
shakllantira olsak, bu masalada ijobiy natijaga erishish mumkin.”; 

“... Tashqi ishlar vazirligi va uning chet eldagi vakolatxonalari ham o‘z 
ishini qayta ko‘rib chiqishlari lozim bo‘ladi. Bundan buyon bizning 
xorijdagi elchilarimizga ham talab o‘zgaradi. Ularning faoliyatiga 
birinchi navbatda investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha qanday 
ishlayotganiga hamda ana shu investitsiya miqdoriga qarab baho 
beriladi.”[3.3] 

“... biz O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatda aylantirishni maqsad qilib 
qo‘ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilmma’rifat va 
innovatsiya bilan erisha olamiz.”; 

“iqtisodiyotni yuqori sur’atlar bilan rivojlantirish uchun faol investitsiya 
siyosatini izchil davom ettirish zarur”. “2020 yilda o‘zlashtiriladigan 
investitsiyalarning salmoqli qismi to‘g‘ridanto‘g‘ri xorijiy sarmoyalar va 
kreditlar bo‘lishini alohida qayd etmoqchiman. Investorlarni qo‘llab-
quvvatlash maqsadida ularga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash, 
infratuzilma yaratish xarajatlarini qisman davlat tomonidan qoplash 
mexanizmlari joriy etilmoqda”[3.5] 
Jahon tajribalari shuni ko‘rsatmoqdaki davlat tomonidan qo‘llab 
quvvatlanuvchi innovatsion dasturlar rivojlanayotgan davlatlarni rivojlangan 
davlatlar qatoriga tezroq olib chiqishi mumkin. Sog‘liqni saqlash, ta’lim tizimi 
va transport sohalariga innovatsiyalarni joriy etish rivojlanayotgan davlat 
fuqarolarining turmush darajasini tezroq o‘sishiga olib keladi. Shu bilan birga 
innovatsiyalar xususiy, xorijiy va davlat korxonalari o‘rtasida raqobatning 
kuchayishiga, mehnat bozori egiluvchanligi oshishiga va axborot 
kommunikatsiya texnlogiyalari infratuzilmasining rivojlanishiga sabab bo‘ladi. 
Yuqoridagi ijobiy xususiyatlariga qaramay innovatsiyalarni boshqarish juda 
murakkab jarayon bo‘lib, ularning rivojlanishi va ta’sirini baholash ancha 


qiyin. 
Afsuski ko‘pgina rivojlangan davlatlarda yaxshi ta’lim olgan aniq fanlar 
bo‘yicha oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari ko‘p bo‘lsada, ular mahalliy 
tadbirkorlarning innovatsion faoliyatida deyarli qatnashmayapti. Yana bir 
xavotirli holat shuki, rivojlanayotgan davlatlar chet el investitsiyalarini jalb 
qilishga katta mablag‘ sarflagan bir paytda, mahalliy startaplarni 
rivojlantirishga kam e’tibor qaratilyapti. Ishchi kuchining migratsiyasi, 
ayniqsa, malakali ishchi kuchi ko‘chib kelishi mamlakatda innovatsion 
muhitning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Umuman olganda innovatsion 
siyosat kichik va o‘rta korxonalarda innovatsiyalarni yaratilishini qo‘llab 
quvvatlashi kerak, buni biznes va davlat boshqaruvi tizimi o‘rtasidagi 
aloqalarni kuchaytirish orqali amalga oshirish mumkin. 
Innovatsiyalar mamlakatlarning mahalliy muammolarini hal qilishda eng 
maqbul yo‘l hisoblanib, ular eng yangi texnologiyalar asosida yaratilishi shart 
emas, balki berilgan muammolarni ijodkorona oddiy yechimidan iborat bo‘lishi 
mumkin. 
Jahonning rivojlangan davlatlari har biri o‘ziga xos innovatsion siyosat olib 
borish evaziga yuqori mehnat unumdorligi va raqobatbardoshlik darajasiga 
erishib kelmoqda. Eng jadal rivojlanayotgan davlatlar orasida esa Xitoy va 
Hindiston ayniqsa oxirgi 10-15 yilda innovatsion faoliyatni rivojlantirish 
bo‘yicha sezilarli yutuqlarga erishdi. Jumladan Xitoyda yuqori texnologiyali 
sanoat klasterlarining yaratilishi telekommunikatsiya va elektronika sohasining 
jadal rivojlanishiga olib keldi. Hindistonning dasturiy ta’minot yaratishga 
ixtisoslashuvi ham innovatsion siyosatning muvaffaqiyatli olib 
borilayotganidan dalolat beradi. Xitoy va Hindistonning yuqori texnologiyali 
sanoatda o‘z o‘rnini egallab borishiga qaramasdan, ularning iqtisodiyotida 
ko‘pchilik kichik va o‘rtacha korxonalar innovatsion sohalar bilan 
hamkorlikdan uzilib qolgan. 
Innovatsion-investitsion siyosat rivojlangan xorijiy davlatlarda ham o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega. Ayniqsa, Yevropa ittifoqida faoliyat bo‘yicha AQSH va 
Yaponiya bilan raqobatlashadi va qo‘yidagi tadqiqot turlarini rivojlantirishni 
o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi: 

tabiiy fanlarni genetika fanlari bilan birgalikda; 

sog‘liqni saqlash sohasida biotexnologiyalar; 

og‘ir kasalliklarni oldini olish; 



nanotexnologiyalar, “ko‘p funksiyali” aqlli texnologiyalar; 

aeronavtika va fazo, ekologik tizimning barqaror 
rivojlanishi; 

yechilmagan amaliy texnologik muammolar bo‘yicha xalqaro 
hamkorlikni kuchaytirish. 
4. “Fan-innovatsiya-investitsiya- ishlab chiqarish” zanjiri va bu jarayonning 
xorijiy davlatlar tajribasi hamda uning 
respublikamizda foydalanish mumkin bo‘lgan jihatlari 
Respublikamizda innovatsion iqtisodiyotni taraqqiy ettirish bir qator o‘ziga xos 
yondoshuvlarni talab etadi. Bunda, ayniqsa, “fan-innovatsiya- investitsiya-
ishlab chiqarish” zanjiri mazmunmohiyatini tahlil qilish va bu borada xorijiy 
davlatlar tajribasidan foydalanish juda ahamiyatlidir. Shunday ekan, “fan-
innovatsiyainvestitsiya- ishlab chiqarish” zanjirining mazmun-mohiyatini 
ko‘rib chiqamiz. 
1.
Fan – yuqori malakali mutaxassis tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi 
ilg‘or-pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchisi 
sifatida namoyon bo‘ladi hamda kadrlar tayyorlashda ilmiy tadqiqotga 
asoslangan tarkibiy qismi hisoblanadi. 
2.
Innovatsiya – (inglizcha innovationyangilik kiritish) bozorda 
sotilayotgan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, amaliy faoliyatda 
foydalaniladigan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon 
ko‘rinishida amalga oshirilgan innovatsion faoliyatning yakuniy 
natijasidir. 
3.
Investitsiya – cheklangan resurslar sharoitida iqtisodiy- ijtimoiy samara 
olish maqsadida milliy iqtisodiyotninng u yoki bu sohasiga kapital 
kiritish hisoblanadi. 
4.
Ishlab chiqarish – kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek, ularning 
tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan quyiladigan talablarni 


belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va 
moddiy-texnik jihatdan ta’minlash jarayonining qatnashchisidir. 
Respublikamizda ilm-fan zamonaviy va uzluksiz ta’lim tizimini yanada 
takomillashtirish o‘ta zarur hisoblanadi. Bu borada O‘zbekiston Resupblikasi 
Prezidenti SH.Mirziyoev aniq 
vazifalarni belgilab bergan jumladan, 

“... ilm-fan, zamonaviy va uzluksiz ta’lim tizimini yanada 
takomillashtirish zarur... shu sababli ta’lim sohasidagi davlat siyosati 
uzluksiz ta’lim prinsipiga asoslanishi...binobarin, inson kapitaliga 
e’tiborni kuchaytirishimiz, buning uchun barcha imkoniyatlarni safarbar 
etishimiz zarur.”; 

“... yuksak malakali mutaxassislar qancha ko‘p bo‘lsa, rivojlanish 
shuncha tez va samarali bo‘ladi...oliy ta’lim muassasalarida ilmiy 
salohiyatni yanada oshirish, ilmiy va ilmiypedagogik kadrlar tayyorlash 
ko‘lamini kengaytirish – eng muhim masalalardan biridir. Har bir ishlab 
chiqarish sohasida tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari, konstruktorlik 
byurolari, tajriba ishlab chiqarish va innovatsion markazlar bo‘lishi 
maqsadga muvofiqdir. Biz mamlakatimizda investitsiyalarni faqatgina 
iqtisodiyot tarmoqlariga emas, balki ilmiy ishlanmalar “nou-xau”lar 
sohasiga ham keng jalb qilishimiz kerak.”[3.3] 

“... mamlakatimiz uchun ilm-fan sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni aniq 
belgilab olishimiz kerak. Har bir davlat ilmfanning barcha sohalarini bir 
yo‘la taraqqiy ettira olmaydi. Shuning uchun biz ham har yili ilm-
fanning bir nechta ustuvor 
yo‘nalishlarini rivojlantirish tarafdorimiz.” 

“...ilm-fan yutuqlarini elektron platformasini, mahalliy va xorijiy ilmiy 
ishlanmalar bazasini shakllantirish lozim. Har bir oliy ta’lim va ilmiy-
tadqiqot dargohi nufuzli chet-el universitetlari va ilmiy markazlari bilan 
hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi shart.”[3.5] 
Shunday ekan, respublikamizda keng ko‘lamli islohotlarni yanada rivojlantirish 


uchun innovatsion iqtisodiyotning taraqqiyotini xorijiy davlatlar tajribasida 
chuqur o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Bu borada bugungi kunda xalqaro 
miqyosida tez va innovatsion asosda fan va texnologiya yutuqlariga asoslanib 
rivojlanayotgan Xitoy davlati tajribasi ayniqsa, ahamiyatlidir. 
Davlatning innovatsion siyosatning keng joriy etishi Xitoy iqtisodiy o‘sishining 
asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylandi. 1978 yildan beri Xitoyda fan va 
texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha bir nechta islohotlarning o‘tkazilishi 
oliy ta’lim tizimining tez rivojlanishiga sabab bo‘ldi. O‘ttiz yil davomida 
amalga oshirilgan islohotlar o‘rtacha 9foiz iqtisodiy o‘sishga erishishga zamin 
yaratdi. 2010 yilda Xitoyning yalpi ichki mahsuloti Yaponiyanikidan o‘zib 
ketdi va Xitoy dunyoning ikkinchi eng yirik iqtisodiyotiga aylandi. 2014 yilga 
kelib Xitoyning yalpi ichki mahsuloti o‘n trillion dollardan oshib ketdi, jahonda 
faqatgina AQSH bu natijaga erishgan. Ammo 2008 yildagi moliyaviy inqiroz 
Xitoyning ishlab chiqarishga asoslangan iqtisodiyoti o‘sishini sekinlashtirdi, 
chunki u rivojlangan davlatlar texnologiyalarini o‘zlashtirar edi. Inqirozdan 
keyin Xitoy rivojlangan davlatlardan qaramligini kamaytirish maqsadida o‘z 
mahalliy innovatsiyalar infratuzilmasini rivojlantira boshladi. Ya’ni mahalliy 
tadqiqot institutlari va universitetlarning raqobatdoshligini kuchaytirish 
bo‘yicha islohotlar o‘tkaza boshladi. 2017 yilda Xitoy global innovatsiyalar 
indeksi bahosi bo‘yicha dunyoda 22o‘rinni egalladi. Global innovatsiyalar 
indeksining bilim va texnologiyalar natijalari ko‘rsatkichi bo‘yicha 2017 yilda 
to‘rtinchi o‘rinni egalladi. 
Xitoyning fan va texnologiyalarni rivojlantirish siyosati 1970 yillarda 
boshlanib to‘rt bosqichda rivojlandi: 

tajriba bosqichi; 

tizimli islohotlar; 

chuqur islohotlar; 

uzoq muddatli rejalashtirish; 
Tajriba bosqichi(1978-1985 yillar). 1980 yillarda Xitoy iqtisodiyoti va fan 
texnika taraqqiyoti rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotidan va ilm fanidan hali 
ancha orqada edi. 1960 yillarda o‘zlashtirilgan fan va texnologiyalarni 
rivojlantirishning Sovet modeli tadqiqot va ishlab chiqarishni 
birlashtirolmasligi aniq bo‘la boshladi. Islohotlar, avvalambor, tadqiqot 


institutlarning ba’zi qismlarini xususiylashtirish orqali boshlandi. Bu islohot 
tadqiqot institutlarini moliyalashtirishni osonlashtirdi va keyinchalik ularda 
muhim innovatsiyalarni yaratilishiga xizmat qildi. Xitoyning hozirgi ko‘pchilik 
texnologiya kompaniyalari o‘sha davrda tashkil topdi. Ularga kompyuter 
xizmatlari va mahsulotlari ishlab chiqaruvchi LenovoGroupLtd. ( avval Legend 
Computer) – Xitoy fanlar akademiyasi axborot texnologiyalar institutidan 
ajralib chiqqan korxona, raqamli texnologiyalar ishlab chiqaruvchi 
FounderGroupLtd. Konglomerati – Pekin universiteti loyixasi asosida 
yaratilgan korxona hisoblanadi. 
Tizimli islohotlar(1985-1995 yillar). 
1985 yilda qabul qilingan “Fan va texnologiyada tizimli islohot” qonuni 
Xitoyda “tepadan pastga” ko‘rinishdagi islohotlarni o‘tkazilishiga olib keldi. 
Bu qonunning birlamchi maqsadi tadqiqot institutlari va tegishli sanoat 
tarmoqlari o‘rtasida aloqalarni kuchaytirish edi. Shu bilan birga, fan va 
texnologiyaning iqtisodiy ta’sirini oshirish maqsad qilingan edi. Bu qonunga 
asoslangan islohotlar natijasida Xitoy tabiiy fanlar jamg‘armasi tashkil etildi. 
Bu jamg‘arma amaliy tadqiqotlarni moliyalashtirish bilan shug‘ullana boshladi. 
Ilmiy tadqiqotlarni tijoratlashtirish uchun 863 dasturi(1986 yilda), Uchqun 
rejasi(1986 yilda), Shu’la rejasi(1988 yilda) va kichik va o‘rta korxonalar 
uchun mo‘ljallangan Shenjen qimmatli qog‘ozlar birjasi (1990 yilda) ishga 
tushirildi. Oliy ta’limni rivojlantirish maqsadida 1993 yilda Xitoy hukumati 
“211 loyixa” dasturini ishlab chiqib, amaliyotga joriy eta boshladi. Hukumat 
har bir viloyatning eng yetakchi universitetlarini qo‘llab quvvatlash uchun 
maxsus byudjet mablag‘larini ajrata boshladi. Shu vaqt davomida Xitoy fanlar 
akademiyasining “100 ta talant” dasturi shakllantirilib, xorijda bo‘lgan 
malakali milliy kadrlarga ta’lim sohasida ish taklif qilish va ularni vataniga 
qaytarish vazifasi qo‘yildi. 
Chuqur islohotlar fazasi(1996-2006 yillar). Besh yillik milliy byudjet rejasi va 
boshqa qator qarorlar fan va texnologiya sohasidi chuqur tizimli islohotlar 
fazasini boshlab berdi. Xitoyning asosiy strategiyasi “milliy iqtisodiyotni fan 
va ta’lim orqali yoshartirish” bo‘ldi. 1996 yilda hukumat “fan va texnologiyada 
bo‘ladigan ixtirolar va yangiliklar” to‘g‘risida qonun qabul qildi. 
Bu yangi siyosat uchta asosiy maqsadi: 

innovatsiyalarni yaratuvchi kuchni tadqiqot institutlaridan sanoat 
tarmoqlariga ko‘chirish; 

sanoat tarmoqlarining ilmiy ishlanmalarga investitsiyalarni sanoat 
tarmoqlarining innovatsion quvvatini kuchaytirish; 



ilmiy yangiliklarni tijoratlashtirishni yaxshilash; 
Shu davrda milliy innovatsion infratuzilmada to‘rtta muhim o‘zgarish yuz 
berdi. Jahon talablariga mos keluvchi Xitoy universitetlarin shakllantirish 
maqsadida “211 loyiha” dasturining davomi bo‘lgan “985 tashabbus” dasturi 
ishga tushirildi. Hukumat, shu bilan birga, Xitoy fanlar akademiyasida davlat 
institutlarida tadqiqot sifatini oshirish maqsadida “Bilim innovatsiya 
tashabbusi” dasturini ishlab chiqildi. Bundan tashqari davlat ilmiy tadqiqotlarni 
yanada qo‘llab quvvatlash maqsadida 973 dasturi va Yangzi daryosi olimlar 
dasturlarini ishlab chiqdi va shu orqali o‘qituvchi professorlarning ish haqini 
oshirish imkoniyati yaratildi. 
Uzoq muddatli rejalashtirish fazasi(2006-2014 yillar). 2006 yilda Xitoy 
markaziy boshqaruv apparati 2006-2020 yillarga mo‘ljallangan “o‘rta va uzoq 
muddatli milliy rivojlanish rejasi” ni qabul qildi. 2006 yilgi Milliy Rejada fan 
va texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar, mustaqil 
innovatsiyalarni yaratish, muhim texnologik sohalarini tez rivojlantirish, asosiy 
infratuzilmani barpo etish kabilar qayd etib o‘tilgan. Bu rejada barqaror 
iqtisodiy o‘sishga erishish, innovatsiyalarni rivojlantirish strategiyalarini ishlab 
chiqish, innovatsion faoliyat quvvatini oshirishlarga alohida to‘xtalib o‘tilgan. 
Shu davrda davlat endi olib borayotgan siyosati samaradorligini baholash va 
joriy etilishini boshqarishga katta e’tibor qaratdi. Oldin ishlab chiqilan 
qonunlar va qarorlarning joriy etilishida anchagina kamchiliklar bo‘lib, ularni 
yagona tushunarli tarzda tizimlashtirishni talab etardi. 2011 yilda Xitoy 
hukumati qobiliyatli yoshlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida “1000 ta iqtidorni 
ishga olish” dasturini ishga tushirdi. 2016 yilda bu dastur orqali 2000ga yaqin 
o‘z sohalarida yetakchi bo‘lgan olimlar Xitoyga qaytib keldi. 2012 yilda Xitoy 
o‘z oldiga 2020 yilgacha “eng innovatsion millat” bo‘lish maqsadini qo‘ydi. 
2012 yilning oxirida o‘tkazilgan Kommunistik partiyaning 18 - majlisida milliy 
iqtisodiy rivojlanishda innovatsiyalar omili strategik ahamiyatga ega deb 
belgilandi. 
Xitoyning fan va texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan oxirgi o‘ttiz yil 
davomida olib borgan siyosati innovatsion faoliyatni misli ko‘rilmagan 
darajada rivojlantirdi. 2002 yildan 2012 yilgacha Xitoyning YAIMi deyarli 
to‘rt barobar o‘sdi. Xitoy fan va texnologiyasi rivojlanishini ilmiy texnik 
ishlanmalarga yo‘naltirilgan investitsiyalar; innovatsiya natijalari-patentlar, 
mahsulotlar va ilmiy maqolalar; fan ta’limi hamda texnologik sohalarda 
iqtidorlarni yetishtirishda ko‘rishimiz mumkin. Fan va texnologiyaga 
yo‘naltirilgan investitsiyalar 2002 yilda YAIMning 1foiz dan 2012 yilda 


2foizga o‘sdi. Sanoat tarmoqlarida ilmiy texnik ishlanmalarga kiritilgan 
investitsiyalar 2002 yilda jami investitsiyalarning 70foiz tashkil etgan bo‘lsa, 
2012 yilda bu ko‘rsatkich 80foizga etdi. Xitoyda oxirgi yillarda patentlar 
bo‘yicha arizalar soni keskin ortdi. 2012 yildan beri Xitoy global innovatsiyalar 
indeksida mahalliy patentlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallab 
turibdi. 
Xitoyda fan va texnologiyaning rivojlanishi ta’lim sohasi va malakali kadrlarni 
yetishtirish bilan birga bordi. Ta’lim sohasida o‘tkazilgan islohotlar ta’lim 
sifatini sezilarli oshirishga va universitetlarda o‘qiydigan talabalar sonini 
keskin oshishiga zamin yaratdi. Masalan, universitet va institut bitiruvchilari 
2002 yilda 1 mln 300 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2012 yilda bu raqam 
olti millionni tashkil etdi. Universitetlarda iqtidorli talabalar sonining 
ko‘payishi Xitoyning innovatsion tizimining rivojlanishiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatdi. Shu bilan birga bu islohotlar iqtidorli yoshlarni yetishtrishda ham o‘z 
ta’sirini ko‘rsatdi. Masalan, “1000 ta iqtidor” dasturi xorijda bo‘lgan ko‘plab 
innovatsiyalarni yaratilishiga hissa qo‘shgan xitoylik iqtidorli olimlar va 
tadqiqotchilarni qaytarishga erishdi. 
Innovatsion jarayon bosqichlarini o‘rganishning turli usullari mavjud. Masalan, 
R.Norman innovatsion jarayonni ikki qismdan tashabbus va ijrodan iborat deb 
hisoblagan. J.Xeydj va M.Eykenlar esa innovatsion jarayonni to‘rtga bo‘lib 
o‘rganishni tavsiya etgan, bular: 

baholash; 

tashabbus; 

joriy etish; 

rutinizatsiya(uzluksiz ishlab chiqarish). 
Ba’zi olimlar innovatsion jarayonni tashkiliy kontekstda tahlil qilishadi. 
Masalan, J.Uilson uchta bosqichni ajratib ko‘rsatadi:[7.7] 

konseptualizatsiya; 

taklif kiritish; 

qabul qilish va joriy etish. 


Tomsonning fikricha innovatsion jarayonning boshlanishiga quyidagi omillar 
ta’sir ko‘rsatadi: 

mavjud maqsadlar o‘rtasida uzilish; 

haqiqiy vaziyat; 

rivojlanish uchun qulay imkoniyat izlash. 
Shu va boshqa qarashlar innovatsion jarayonni turli jihatlarini yoritib beradi. 
Innovatsiyalarning ko‘p qirraliligi bu tushunchaga yagona universal ta’rif 
berish imkonini bermaydi. Bundan tashqari vaqt o‘tishi innovatsiyalar tarkibi 
va xususiyatlar o‘zgarib boradi, bu esa ilmiy tadqiqotlarni yanada 
qiyinlashtiradi. 
5. Xorijda innovatsion faoliyatni moliyalashtirilishi 
Sanoat rivojlangan mamlakatlarda turli xil shakl, usul va yo‘llar ishlab 
chiqilganki, ular yordamida fundamental izlanishlarni, innovatsion 
ishlanmalarni moliyalashtirish, xususan kichik innovatsion biznesga moliyaviy 
kumak berish amalga oshirilayapti. Asosiy e’tiborni AQSH, Yaponiya, 
FRD, Buyuk Britaniya, Fransiya va Kanada kabi mamlakatlarning tajribalari 
namoyon etadi. Ushbu mamlakatlarda innovatsion muammolarni xal qilish 
amaliyoti har bir mamlakatga xos bo‘lgan xususiyatlari qatorida, umumiy 
negizga ega – innovatsion siyosatni olib orishda davlatning faol ishtiroki. Bu 
innovatsiyalarni bevosida moliyalashtirishda ham, bilvosita moliyaviy 
ko‘makida ham namoyon bo‘ladi. 
Davlat ilmiy–texnik siyosatining muhim moliyaviy uskunasi – davlat 
byudjetidagi mablag‘larni ishlatish. Rivojlangan mamlakatlarda davlat 20dan 
50% gacha milliy ilmiy, innovatsion xarajatlarga ega. Tadqiqot ishlari va 
innovatsion ishlanmalar uchun qilingan xarajatlar ulushi davlat xarajatlarining 
umumiy summasidan yuqori emas, biroq oxirgi 20 yillikda yetarli darajada 
barqaror. U AQSHda 6–7% ni, FRG, Fransiya, Buyuk Britaniya va Italiyada 4–
5% ni, Yaponiyada 3–5%ni tashkil etadi. 
Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlarini moliyalashtirish bo‘yicha 
bosh mamlakat AQSH bo‘lib qoladi. 2002 yilda 200 mlrd.doll.(1995y. – 173 
mlrd.doll.) fundamental izlanish va innovatsion ishlanmalarni rivojlanishi 
uchun sarflangan (investitsiya qilingan). Ushbu ko’rsatkich shu sohada 
Yaponiya xarajatlaridan 2,2 baravar, FRG xarajatlaridan – 5,6 baravar va 


Buyuk Britaniyadan – 8,7 baravar ziyod. AQSH, Yaponiya, FRG, Fransiya va 
Buyuk Britaniya dunyo rivojlanishining texnologik yadrosi mamlakatlaridan 
hisoblanib, o‘zlarining izlanishlariga 80% ga yaqin jahon mablag‘ini ilm–fanga 
va 50%dan ortiqini ilmiy personalga sarf qilishadi. 
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish hajmining muhim ko‘rsatkichi yalpi 
ichki mahsulotda Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlariga qilingan 
xarajatlar ulushi hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich AQSHda 2,45%ni tashkil etadi. 
Yaponiyada u 3%ga teng, Fransiyada – 2,4, FRGda–2,3 va Buyuk Britaniyada 
– 2,2% (umumiy xarajatlarda ushbu mamlakatlarda NIKRga shartli ravishda 75 
mlrd.doll., 26 mlrd.ortiq, 36 mlrd.dan ortiq va 21 mlrd.doll.). Shvetsiyada u 3 
%ga yetadi, Finlyandiyada – 2,3, Niderlandiyada – 1,9, Kanadada – 1,55, 
Ispaniyada – 0,91, KNRda – 0,82 va Gretsiyada – 0,62 %. 
Rivojlangan mamlakatlarda Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash 
ishlariga qilingan xarajatlar tuzulmasi turlicha. Bu davlat innovatsion siyosati 
ustunligi va xususiy sektorni innovatsion jarayonga jalb etilganlik darajasiga 
bog‘liq. Bunda, fundamental tadqiqotlarga G‘arbiy Evropa xarajatlari ulushi, 
AQSH va Yaponiyaga nisbatan ko’proq. Masalan, Ilmiy-tadqiqot va 
eksperimental loyihalash ishlariga xarajatlar tuzulmasida fundamental 
izlanishlarning ulushi AQSHda 16%ni tashkil etadi, Yaponiyada – 15, 
Fransiyada – 21dan ortiq, FRGda– 23%. Xususiy innovatsion ishlanmalar 
bo‘yicha esa (tajriba– 
konstruktorlik ishlari) teskari vaziyat yuzaga keladi. Yaponiyada ularning 
ulushi 60% ga teng, AQSHda–63, Fransiyada –44%. 
Innovatsion ishlanmalarni moliyalashtirshning manbalari xususiy va davlat 
sektorlari hisoblanadi. Xususiy sektor iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda 
Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlarini moliyalashtirishning bosh 
manbasi hisoblanadi. Uning ulushiga ilmiy izlanishlar va texnik ishlanmalarni 
moliyalashtirishning umumiy hajmidan 48–72% AQSH, Yaponiya, FRG va 
Fransiyaga tushadi. Xususiy sektorda umumiy hajmidan 60dan 75% ilmiy 
izlanishlar va innovatsion ishlanmalar olib boriladi, jumladan 70% ortiq amaliy 
izlanishlar moliyalashtiriladi va bajariladi va 90% tajriba–konstruktorlik 
ishlari. Xususiy sektorda olib boriladigan fundamental tadqiqotlarning ulushi 
4% atrofida tashkil etadi. 
Rivojlangan mamlakatlarga davlat sektorlari, garchi muhim manba 
hisoblansada, innovatsion ishlanmalarni moliyalashtirish va o’tkazishda 
ikkinchi darajali urinni egallaydi. Ilmiy tadqiqotlarni umumiy 
moliyalashtirishda Uning ulushi ko’pgina rivojlangan davlatlarda xususiy 
sektor ulushiga nisbatan 1,3 – 2,5 marta kam. Fransiyada u 42% darajasida, 
FRG – 37, AQSH – 36, Yaponiyada – 21 %. Ilmiy-tadqiqot va eksperimental 


loyihalash ishlarini bajarishda davlat sektorining ulushi ularni 
moliyalashtirishga nisbatan yanayam kamroq, va sanoat rivojlangan 
mamlakatlar bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy, innovatsion ishlanmalarning 
umumiy hajmidan 10–21% tashkil etadi. Innovatsion faoliyatlarni 
moliyalashtirishda oliy ta’lim muassasalarining ulushi kam va ular FRGda 
noldan Yaponiyada 6,5%atrofida farqlanadi. Ilmiy-tadqiqot va eksperimental 
loyihalash ishlarini o’tkazishda universitetlarning ulushi ularning 
moliyalashtirilishiga nisbatan ahamiyatliroq va 17– 20% tashkil etadi. Bunda 
fundamental tadqiqotlarning solishtirma og‘irligi olim ta’limlarda 55–80% ga 
etadi. 
Rivojlangan mamlakatlarda innovatsion faoliyatni moliyalashtirishda asosiy 
e’tibor kichik firmalarga qaratiladi. Masalan, AQSHda kichik firmalar Ilmiy-
tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlarini davlat moliyalashtirish 
to’g‘risida qonun mavjud. Ushbu qonunga muvofiq federal vazirlik va idoralar 
har yili kichik firmalarga o‘zining byudjeti hisobidan Ilmiy-tadqiqot va 
eksperimental loyihalash ishlari o’tkazishi uchun mablag‘ ajratib berishi kerak. 
“Texnologik yangiliklar to’g‘risida”gi qonun sanoat innovatsiyalarini 
kuchaytirishda, buning uchun ijrochi hukumat apparatida maxsus tashkilotlarni 
tashkil etishda, universitetlar, sanoatlar va federal laboratoriyalar o’rtasida 
ilmiy va texnik xodimlar bilan almashinishda hamkorlik ko’rsatishda qator 
choralarni nazarda tutadi. Bundan tashqari, 1982y. AQSHda kichik innovatsion 
firmalarni rivojlantirish to’g‘risida qonun qabul qilingan bo‘lib, u ularning 
tadqiqodiy loyixalarini turli federal idoralari, shu jumladan Milliy ilmiy fond 
byudjetidan ta’minlanishini kengaytirishga qaratilgan. Ushbu qonun kichik 
tadbirkorlarga shartnoma asosida federal tadqiqodiy loyixalariga qaytarib 
berish shartisiz maqsadli subsidiya olish imkonini beradi. 
AQSHda innovatsion tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash bilan kichiy biznes 
ishlari bo’yicha Ma’muriyatlar, Milliy ilmiy fond, NASA, universitetlar, 
tarmoqli vazirliklar shug‘ullanishadi. 
Germaniyada esa ushbu ishni iqtisodiyot Vazirligi, ilmiy tadqiqot va 
texnologiyalar Vazirligi, sanoat tadqiqot uyushmalari Federatsiyasi, Patent 
markazlari olib borishadi; Fransiyada – iqtisodiyot Vazirligi, tadqiqotlar 
natijalarini joriy etish bo‘yicha Milliy agentliklar, Ilmiy–texnik fondlar; 
Yaponiyada – kichik biznesni moliyalashtirish Korporatsiyasi, Xalq moliya 
korporatsiyasi, xavfli tadbirkorlik Markazi; Italiyada – texnologiya yangiliklar 
Fondi. Markaziy va tijorat banklari, sug‘urta fondlari bilan birgalikda barcha 
ushbu tashkilotlar kichik innovatsion biznesni qo’llab quvvatlashda milliy 
dasturlarni samarali amalga oshirish uchun zarur asoslarni yaratishadi. 
Xorij tajribasi va qiyochiy baholarni qo’llash nuqtai nazarida xorij 


mamlakatlari, masalan AQSH va Rossiyaning innovatsion siyosat va 
innovatsion mexanizm asoslarini taqqoslash muhim. Qiyosiy tahlil shuni 
ko’rsatadiki, innovatsion siyosatning asoslari va innovatsion mexanizmning 
asosiy tarkibiy qismlari umumiy xajmda qiyoslanadigan mamlakatlar bo‘yicha 
farq qilmaydi. Bunda innovatsiyaning tashkiliy va boshqaruv jihatlari, hamda 
davlatni ta’sir ko’rsatishining bevosita choralari deyarli bir xil (tuzulmasi, 
shakli, funksiyasi va vazifasi bo‘yicha), mavjud farqliklar esa majburiy emas. 
Innovatsiya sohasida ta’sirning bilvosita usullari bo‘yicha yondashuvlar 
yaqinroq. Farqliklar faqat innovatsiyalarni moliyalashtirirsh usullari va 
tartiblari va innovatsion qonunchilikda kuzatiladi. Biroq bu elementlar 
bo‘yicha ham ma’lum o‘zgarishlar va qarashlarning yaqinligi kuzatiladi. 
Sanoat rivojlangan mamlakatlarning ilmiy – texnik, xususan innovatsion 
siyosatining yaqinligi va bir xilligi, hamda innovatsion mexanizmlarning ko’p 
tarkibiy qismlarining o’xshashligi, ilmiy – texnik taraqqiyot, ilm fan 
rivojlanishining qonunlari va innovatsion jarayonlarning tendensiyalari barcha 
iqtisodiy tizimlar uchun iqtisodiy rivojlanish modeliga qaramasdan yagona 
ekanligidan dalolat berad

Foydalanilgan adabiyotlar 
1. 
Iqtisodiyot nazariyasi(B.X. Xodiyev , SH.SH.SHodmonov) 
2. 
Abdullaev Yo. «Bozor iqtisodiyoti asoslari». Toshkent: «Mehnat»-1997 yil, 
321-329 betlar. 
3. 
Abdurahmonov Q., Bozorov N., Volgin N. va boshqalar. «Mehnat iqtisodiyoti 
va sotsiologiyasi». Toshkent: «O’qituvchi»-2001 yil, 81-92 betlar. 


4. 
Abdurahmonov Q.H., Xolmo’ninov Sh.R. «Mehnat iqtisodiyoti va 
sotsiologiyasi». Toshkent-2004 yil, 42-51 betlar. 
5. 
Giddens Entoni. «Sotsiologiya». Toshkent: «Sharq»-2002 yil, 560-565 betlar. 
6. 
Karimova. O., G’afforov Z. «Davlat va huquq asoslari». Toshkent: 
«O’qituvchi»-1995 yil, 380-387 betlar.Internet saytlari 
1. 
Ziyonet.uz 
2. 
Lex.uz 
3. 
tfi.uz 

Yüklə 341,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin