Палеолит даври



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə23/39
tarix09.06.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#127486
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39
Arxeologiya asoslari lotincha (1)

Ustrushona Farg‘onadan janubiy-sharqda Sug‘d va CHoch oralig‘ida O‘rta Osiyoning yana bir muhim tarihiy madaniy viloyati joylashgan bo‘lib, keyingi manbalarda Ustrushona nomi bilan yuritilgan. U Turkiston tog‘ tizimidan shimolda Xo‘janddan Jizzaxgacha bo‘lgan hududda joylashgan. Bu erda mil.av. VII-V asrlarda dastlabki o‘troq dehqonchilik qaror topadi. Ularning o‘rnida mil.av. I ming yillikning O‘rtalariga oid Nurtepa, O‘ratepa (Mugtepa) Xo‘jand kabi manzilgohlar rivojlanib, ahamoniylar davriga me’moriy tizimi shakllangan. Arxeologik jahatdan bu erda rivojlangan madaniyat Nurtepa madaniyati nomi bilan ham yuritiladi. Bu madaniyatga oid Nurtepa va Xo‘jand manzilgohlari arxeologik jihatdan yaxshi o‘rganilgan Nurtepaning maydoni 18 gektardan iborat bo‘lib, ark va shahar qismlariga bo‘linadi. Ular o‘zlarining alohida mudofaa devorlariga ega. Manzilgoh mil. av VII asrlada shakllanib, mil. av. VI-V asrlarda mudofaa devorlari barpo qilinadi. Nurtepada 17,5 kv. m. hajmdagi erto‘la ham aniqlangan. Mil. av. VI-V asrlarda Qadimgi Xo‘jand o‘rnida aholi manzilgohi shakllanadi. Bu erda mudofaa devori aniqlangan. Manzilgoh arkiga ega. Ustrushonaliklar dastlab erto‘la shaklidagi uylarda yashab, keyingi bosqichda paxsa va xom g‘ishtdan uy-joylar qurishni o‘zlashtirganlar. Xo‘jalikda dehqonchilik asosiy o‘rin tutgan.Ustrushonaning moddiy madaniyatida CHust madaniyatining ta’siri unchalik kuchli bo‘lmay, aksincha ilk temir davri CHoch va Sug‘dlarning ta’siri kuchli bo‘lganini ko‘rish mumkin.Sopol buyumlari dastlabki bosqichlarda asosan qo‘lda keyinchalik kulolchilik charxida yasalgan. Guldor sopol buyumlari ham topib o‘rganilgan. Metallarga ishlov berish an’anasi ham tarqaldi. Xo‘jalikda dehqonchilik va chorvochilik asosiy o‘rin tutgan.
Ustrushona qadimda O‘rta Osiyoning muhim viloyatlaridan biri bo‘lgan. U Turkiston tizmasidan shimolda katta hududni: Jizzaxdan Xo‘jandgacha bo‘lgan erlarni o‘z ichiga olgan. Bu erdan ilk temir davriga oid Nurtepa va Xo‘jand manzilgohda arxeologik jihatdan o‘rganilgan Nurtepaning maydoni 18 gektardan iborat bo‘lib, ark va shahar qismlariga bo‘linadi. Ular o‘zlarining alohida mudofaa devorlariga ega. Manzilgoh mil. av VII asrlada shakllanib, mil. av. VI-V asrlarda mudofaa devorlari barpo qilinadi. Nurtepada 17,5 kv. m. hajmdagi erto‘la ham aniqlangan.
Mil. av. VI-V asrlarda Qadimgi Xo‘jand o‘rnida aholi manzilgohi shakllanadi. Bu erda mudofaa devori aniqlangan. Manzilgoh arkiga ega. Ustrushonaliklar dastlab erto‘la shaklidagi uylarda yashb, keyingi bosqichda paxsa va xom g‘ishtdan uy-joylar qurishni o‘zlashtirganlar. Xo‘jalikda dehqonchilik asosiy o‘rin tutgan. Kulolchilik idishlari qo‘lda va charxda yasalgan. Xo‘jand xarobalaridan naqshlangan idishlar ham topib o‘rganilgan. Bu davrda vohada metalga ishlov berish ham keng tarqala boshlaydi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin