Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyоrlash va ularning malakasini


O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fanning nomi



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə45/144
tarix03.12.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#172028
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   144
41010107 - Tashishni tashkil etish

O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fanning nomi

fizika, matematika va kimyo, elektrotexnika va elektronika asoslari va texnikaviy chizmachilik.

O‘qitishni tashkiliy shakli

N – Nazariy ta’lim;
A – Amaliy ta’lim;
NA – Nazariy va amaliy ta’lim birgalikda tashkil etiladi;

Dasturga qo‘yilgan talab

Majburiy

O‘qitish tili

Guruhda belgilangan o‘qitish tili asosida

Baholash tartibi

Baholash bo‘yicha amaldagi tartib asosida

O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash

Yozma, og‘zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriq



2. O‘quv dasturi mazmuni



Mavzuning nomi

Mavzuning qisqacha mazmuni

Jami

O‘qitishni tashkiliy shakli

Mustaqil ta’lim


Kirish.Avtomobillarning umumiy tuzilishi.

Avtomobillar klassifikatsiyasi, o‘rganiladigan avtomobillarning qisqacha tavsifnomasi. Avtomobil-larning umumiy tuzilishi. Avtomobil agregat, tizim, mexanizm, detal, dvigatel tushunchalari.

2

N/A

1


Dvigatelning
umumiy tuzilishi
va asosiy
ko‘rsatkichlari.

Dvigatelning umumiy tuzilishi va asosiy ko‘rsatkichlari. Dvigatelmexanizm va tizimlari. Porshenning ilgarilanma-qaytma harakatini tirsakli valning aylanma harakatiga aylantirib berish. Dvigatelning asosiy ko‘rsatkichlari: pastki va yuqori chekka nuqtalari,porshen yo‘li, yonish kamerasining hajmi, silindrning to‘la va ishchi hajmlari, litraj, siqish darajasi.

2

N/A

1


Ish sikllari.

Quyidagi tushunchalar: ishchi sikllar,takt, 4 taktli dvigatel, 2 taktli dvigatel, 4 taktli karbyuratorli dvigatelning gazli va dizel dvigatellarga nisbatan afzalligi va kamchiliklari.Bir silindrli dvigatelning
kamchiliklari. Ko‘p silindrli dvigatelning ishlash tartibi.Silindrlari bir qator joylashgan 4taktli dvigatellarning (4 va 6silindr) va silindrlari 2 qator Vsimon joylashgan dvigatellarning (4 va 6 silindrli) ishlashi. Ko‘psilindrli dvigatellarningafzalligi va kamchiliklari.

4

N/A

2


Krivoship–shatun
mexanizmi.

Krivoship-shatun mexanizmining vazifasi. Krivoship-shatun mexanizmining turlari. Qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas detallar. Krivoship-shatun mexanizmi tuzilishi

6

N/A

3


Gaz taqsimlash
mexanizmi.

Gaz taqsimlash mexanizmining vazifasi. Mexanizmning turlari. Mexanizm qismlarini tuzilishi. Klapanlar, pastda va yuqorida joylashgan mexanizm qismlari va o‘zaro ta’sirlanishi. Mexanizmdagi oraliq tirqishi (zazor). Gaz taqsimlash fazalari va uning dvigatel ishiga ta’siri.

6

N/A

3


Sovutish tizimi.

Sovutish tizimining vazifasi. O‘ta sovutish va qizdirishning dvigatel ishiga ta’siri. Sovutish tizimining turlari. Suyuqlik bilan sovutish tizimining umumiy tuzilishi,ishlashi tuzilishi.
Dvigatel doimiy issiqlik rejimining ahamiyati, uni ushlab turish usullari. Sovutish suyuqliklari. Sovutish tizimi qismlarining tuzilishi. Sovutish tizimini yurgizib yuborish oldidan qizdirish. Dvigatel yurgizib yuborish qizdirgichlarining tuzilishi va ishlashi.Suyuqlik va havo bilan sovutish tizimining afzallik va kamchiliklari.

4

N/A

2


Moylash tizimi.

Moylash tizimining vazifasi. Ishlatiladigan moylar. Ishqalanuvchi yuzalarga moyni uzatish usullari.Moylash tizimining umumiy tuzilishi .Moylash tizimi qismlarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘ratish. Moyni filtrlash. Har xil filtrlarning filtrlash sifati bo‘yicha va filtrlash qobiliyatining doimiyligi bo‘yicha taqqoslash.Dvigatel karterini shamollatish. Sovutish tizimining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi. Dvigatel karterining shamollatishni atrof muhitgata’siri.

4

N/A

2


Karbyuratorli va
injektorli
dvigatelning
ta’minlash tizimi.

Ta’minlash tizimining vazifasi. Ta’minlash tizimining umumiy tuzilishi,ishlashi. Karbyuratorli va injektorli dvigatellar uchun ishlatiladigan yonilg‘ilar. Dvigatelning detonatsiyasi to‘g‘risida tushuncha. Quyidagi tushunchalarini aniqlang. Yonuvchi aralashma. Ishchi aralashma, yonuvchi aralashma tarkibi. Havoning ortiqlik koeffitsenti. Yonuvchi aralashmaning alangalanish chegaralari. Yonuvchi aralashmaga qo‘yiladigan talablar. Aralashma tarkibining dvigatel quvvatiga va tejamli ishlashiga va atrof muhitga ta’siri. Karbyurator va injektorning vazifasi, tuzilishi va qo‘yiladigan texnik talablar. Dvigatelning ish tarkiblari va bu tarkiblarda yonuvchi aralashmaning tarkiblari. Asosiy tozalash tizimining vazifasi, o‘rganilayotgan karbyuratorli tizimning turlari, tuzilishi va ishlashi. Karbyuratorning yordamchi qurilmalari.Tirsakli val cheklagichining tuzilishi va ishlashi. Karbyuratorni boshqarish. Yonuvchi aralashma hosil qiluvchi va ishlatilgan gazlarni chiqaruvchi qurilmalarning tuzilishi, ishlashi. Ishlatilgan gazlar tarkibining atrof muhitga ta’siri. Ishlatilgan gazlarning zaharligini kamaytirish usullari. Yonilg‘ini purkash elektron tizimi. Katalitik neytralizatorlar tuzilishi va ishlashi.

4

N/A

2


Gaz balon
qurilmali
dvigatelning
ta’minlash tizimi.

Avtomobillar uchun ishlatiladigan gaz holatidagi yonilg‘ilardan foydalanish va ularning afzalliklari. Suyuq va siqilgan gazda ishlaydigan gaz balonli qurilmalarning umumiy tuzilishi, ishlashi. Gaz balonli avtomobillar uchun yonilg‘ilar. Gaz balon qurilmali dvigatelni yurgazib yuborish va ishlashi. Havfsizlik texnikasi va yonilg‘i xavfsizligi bo‘yicha asosiy talablar.

4

N/A

2


Dizel dvigatelning ta’minlash tizimi.

Dizel dvigatelli avtomobillarni ishlatishdagi afzalliklar. Dizel dvigatelning ta’minlash tizimini umumiy tuzilishi, ishlashi tuzilishi. Dizel yoqilg‘ilari. Dizel dvigatelida aralashma hosil qilish. Alangalanishning tutilish davri to‘g‘risida tushuncha. Dizel dvigatelning ta’minlash tizimi uskunalarini tuzilishi, ishlashi. Dizel dvigatelning ishlashini atrof-muhitga ta’siri.

2

N/A

1


O‘t oldirish tizimi.

Elektr tok manbai vazifasi, tuzilishi. Generator tuzilishi. O‘t oldirish tizimining vazifasi va uning turlari. Kontakli va kontaktli-tranzistorli, o‘t oldirish tizimining umumiy tuzilishi, ishlash. Yuqoridagi o‘t oldirish tizimilarining afzallik va kamchiliklari. O‘t oldirish tizimi uskunalarining tuzilishi. O‘t oldirishni ilgarilatish burchagini
rostlash. Yurgizib yuborish tizimining vazifasi, tuzilishi. Startyor va uning yuritmasi tuzilishi, ishlashi. Dvigatelni yurgizish va to‘xtatish. Elektron o‘t oldirish tizimining umumiy tuzilishi.

6

N/A

3

  1. .

Transmissiya.

Transmissiyaning vazifasi va turlari. G‘ildirak formulasi. G‘ildirak formulasi 4x2, 4x4, 6x4, 6x6 mexanik transmissiyalarining sxemalari. Transmissiya agregatlarining vazifasi, joylashishi.

2

N/A

1


Ilashish muftasi.

Ilashish muftasining vazifasi va turlari. Bir diskli va ikki diskli ilashish muftalarining tuzilishi. Aylanma tebranishlarni so‘ndirgichlari. Ilashish muftalarini gidravlik, mexanik yuritmalari, ajratish mexanizmlari, tuzilishi, ishlashi. Ilashish muftasining ajratish mexanizmidagi erkin yo‘l. Ilashish muftasi yuritmasidagi kuchaytirgichlarning tuzilishi, ishlashi.

4

N/A

2


Uzatmalar qutisi.

Uzatmalar qutisining vazifasi va turlari. Tishli pog‘onali uzatmalar qutisining sxemasi, tuzilishi, ishlashi. Uzatmalar soni to‘g‘risida tushuncha. 4,5,10 pog‘onali uzatmalar qutilarining tuzilishi. Sinxronizatorning tuzilishi. Uzatmalar qutisini boshqarish mexanizmining tuzilishi, ishlashi tuzilishi. Gidromexanik uzatmalar qutisini tuzilishi. Uzatmalarni ajratib-qo‘shishni boshqarishning elektron tizimi. Taqsimlash qutisining vazifasi, tuzilishi. Spidometrning vazifasi, tuzilishi. Spidometr yuritmasi.

4

N/A

2


Kardanli uzatma.

Kardanli uzatmaning vazifasi, turlari, tuzilishi. Kardan sharnirlarini oraliq tayanchini, shlitsali birikmalarning, vallarning, yetakchi boshqariluvchi ko‘prikdagi kardan sharnirlarining tuzilishi va
ularga texnik xizmat ko‘rsatish

2

N/A

1


Asosiy uzatmalar,
differensial,
yarim o‘q.
Boshqariluvchi
g‘ildirak yuritmasi.

Ko‘prik turlari.Yetakchi ko‘prikning vazifasi,tuzilishi. Yetakchi ko‘prik balkasining vazifasi, umumiy tuzilishi. Asosiy uzatmaning vazifasi, turlari. Birlamchi va ikkilamchi asosiy uzatmalarning tuzilishi, har xil asosiy uzatmalarning afzallik va kamchiliklari. Differensialning vazifasi va turlari. G‘ildiraklararo differensialning va yuqori ishqalanishli differensialning tuzilishi. Yarim o‘qlarning vazifasi, turlari, tuzilishi. Oraliq ko‘prikning vazifasi, tuzilishi. Boshqariluvchi yetakchi ko‘rikning vazifasi, tuzilishi.

4

N/A

2


Rama

Ramaning vazifasi va turlari. Lonjeronli ramalarning tuzilishi. Agregatlar, mexanizmlar, uzellarning rama bilan biriktirilishi. Tortuvchi-ulovli qurilmaning tuzilishi.

2

N/A

1


Oldingi
boshqariluvchi
ko‘prik.

Ko‘priklarning vazifasi va turlari. Bo‘linadigan va bo‘linmaydigan oldingi boshqariluvchi ko‘priklarning tuzilishi. Boshqariluvchi ko‘prikda g‘ildiraklarni o‘rnatish. G‘ildiraklarning razval va
yaqinlashuvi, shkvorenning ko‘ndalang va bo‘ylama tekislikda og‘dirib o‘rnatilishi. Boshqariluvchi ko‘prikdagi g‘ildiraklarning harakat xavfsizligiga, shinalarni yeyilishiga va yonilg‘i sarfiga ta’siri.

2

N/A

1


Osmalar.

Osmalarning vazifasi va turlari. Mustaqil va nomustaqil osmalarning tuzilishi. Uch o‘qli avtomobilning orqa osmasi. Ressorning vazifasi, turlari,tuzilishi. Ko‘ndalang turg‘unlik stabilizatorlarining vazifasi, tuzilishi. Osmalarni harakat xavfsizligiga ta’siri.

4

N/A

2


G‘ildirak va
shinalar.

G‘ildirakning vazifasi va turlari. Chuqur va tekis obodali g‘ildirakning tuzilishi, g‘ildiraklar gupchagi va yarim o‘qlarni mahqamlanish. Shinaning vazifasi va turlari. Kamerali va kamerasiz shinalarning tuzilishi. Diognal va radial shinalar to‘g‘risida tushuncha. Shinalarning rusumlari. Shinalarda havo bosimining meyorlari. Shina konstruksiyasi va holatining harakat havfsizligiga ta’siri.

2

N/A

1


Kuzov, kabina

Kuzovning vazifasi. Yengil avtomobil va avtobuslarning kuzovlarining turlari. Ko‘taruvchi kuzov yengil avtomobil va avtobusning tuzilishi. Yengil avtomobil va avtobusning kO‘taruvchi kuzovining tuzilishi. Yuk avtomobili va avtobusning kabina va platformasining tuzilishi. Kuzov va kabinani o‘rnatish. Zanglashdan himoyalash, o‘rindiqlarning tuzilishi. Ehtiyot g‘ildirakni mahkamlash usullari. Eshik mexanizmlar, qulflar, yukxonalar, oyna tozalagichlar, kuzgular, quyoshga qarshi himoya uskunalarining tuzilishi. Kuzov va kabinani shabalatish va isitish. Kapot, radiator oblitsovka, qanotlar.

2

N/A

1


Rul boshqarmasi

Rul boshqarmasining vazifasi. Rul boshqarmasinnig asosiy qismlari. Avtomobilning burilish sxemasi. Rul trapetsiyasining vazifasi. Rul mexanizmining vazifasi, turlari, tuzilishi, ishlashi. Rul tortqichi lyufti va rul chambaragi lyufti to‘g‘risida tushuncha. Rul yuritmasi kuchaytirgichlarining vazifasi, turlari, tuzilishi, ishlashi. Rul boshqarmasi holatining harakat xavfsizligiga ta’siri.

4

N/A

2


Tormoz tizimi

Tormoz tizimining vazifasi. Tormoz tizimining asosiy qismlari. Tormoz tizimi asosiy qismlarining avtomobilda joylashishi. Tormozmexanizmi vazifasi va turlari. G‘ildirak va transmissiya tormoz mexanizmlarining tuzilishi,ishlashi. Tormoz yuritmasining turlari. Mexanik, gidravlik va pnevmatik yuritmali tormoz mexanizmining ishlashi, tuzilishi. Tormoz yuritmasidagi kuchaytirgichlarning vazifasi, turlari, tuzilishi. Antiblokirovkali elektron tormoz xavfsizligi ta’siri.

4

N/A

2





Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin