Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix19.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#186942
1   2   3   4
bo-lajak-pedagoglarda-kasbiy-kompetentlikni-shakllantirishning-o-ziga-xos-xususiyatlari

Ключевые слова:
компетентность, профессиональная компетентность, 
компетентность будущего педагога, компетентный подход. 
 
Abstract:
In this article, the concept of competence, professional 
competence, competent approach, professionally competent teacher, some work 
that needs to be done if the formation of professional competence of future 
teachers is considered as a pedagogical problem, the concept of competence in 
professional competence and There is a need to pay attention to the forms of 
theoretical training of future teachers in the formation of professional competence. 
Keywords:
competence, professional competence, competence, future 
educators, competent approach. 


Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar 
Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions 
Кластер педагогического образования: проблемы и решения 
Chirchik, Uzbekistan 1669 International Conference 
Kompetentlik atamasi «samaradorlilik», «erishish», «muvaffaqiyatlilik», 
«tushunish», «natijalilik», «ega bo‟lish», «sifat», «miqdor» so‟zlari yordamida 
ta‟riflanadi, shu bilan birga ko‟pgina mualliflar uni tashxislashdagi qiyinchiliklarni 
qayd etgan. L. Spenser va M. Spenserlarning ta‟kidlashicha, kompetensiyalarning 
shakllanishi ularni o‟lchash va xususiyatlarini aniqlash qiyinchiligi bilan ortga 
suriladi
Dj. Raven kompetentlikni biror bir ob‟yekt yoki ob‟yektlar sinfiga ko‟ra 
biror sohaga tegishliligi bilan baholash kerak - deb hisoblaydi. Natijada ma‟lum 
faoliyatning individual motivatsiyasi jadalligining bahosi hosil bo‟ladi. U shaxs 
kompetentligini biror bir maqsadga erishish uchun faoliyat olib borishi kutilgan 
holdagina aniqlanishi ma‟noga ega bo‟ladi - deb tushuntiradi.
Jamiyat talablarini qondirish hozirgi zamon o‟qituvchisidan yuqori 
madaniyat, chuqur ma‟naviyat, Vatan uchun javobgarlik hissi, mas‟uliyatlilik, 
chuqur bilimga ega bo‟lishi, o‟z o‟quvchilarining ijodiy potensialini 
rivojlantirishga pedagogik qiziqishi, innovatsion faoliyatga, o‟z ustida ishlashga
kasbiy faollikka qobiliyatlilik va shu kabi boshqa bir qator sifatlarni talab etadi. 
Shu sababli, komil shaxsni tarbiyalash masalasi bilan bir qatorda yana bir asosiy 
masala, ya‟ni mutaxassisning kasbiy kompetentligini shakllantirish masalasi 
bugungi kunda o‟ta muhim hisoblanadi. Mutaxassisning kompetensiyalarga ega, 
ya‟ni faoliyatning qaysi usulini egallashi, nimalarni bajara olishi, nimalarga 
tayyorligini aniqlash – kompetentli yondoshuv deyiladi. 
“Kompetentlik” tushunchasi ta‟lim sohasiga psixologlarning ilmiy 
izlanishlari natijasida kirib kelgan. Psixologik nuqtai nazardan kompetentlik 
“noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o’zini qanday 
tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o’zaro munosabatlarda yangi yo’l 
tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to’la ma’lumotlardan 
foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish 
rejasiga egalik”
ni anglatadi. 
Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga 
oshirish uchun zarur bo‟lgan bilim, ko‟nikma va malakalarning egallanishi va 
ularni amalda yuqori darajada qo‟llay olinishidir. 
Kasbiy kompetentli o‟qituvchi birinchidan, o‟quv-tarbiya jarayonida ijodkor 
ta‟lim oluvchilarni shakllantirishga ijobiy ta‟sir ko‟rsatadi, ikkinchidan, o‟z kasbiy 
faoliyatida ijobiy natijalarga erisha oladi va uchinchidan, shaxsiy kasbiy 
imkoniyatlarini amalga oshira oladi. 
Agar bo‟lajak pedagoglarning kasbiy kompetentligini shakllantirish - 
pedagogik muammo sifatida qaralsa, quyidagi ishlarni amalga oshirish zarur: 



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin