Muhokama uchun savollar:
1.Ajratilgan sifatlovchi.
2.Ajratilgan qaratuvchi.
3.Ajratilgan izohlovchi.
MUSTAQIL ISH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
Umumlashtiruvchi so’z ishtirok etgan uyushiq bo’lakli gaplarda tinish bеlgilarining ishlatilishi haqida ma'lumot bеring.
Ajratilgan qaratuvchilar ishtirok etgan 2 ta gap tuzing.
Yoyiq undalmalar va uyushiq undalmalar ishtirok etgan 4 ta gap tuzing.
GLOSSARIY
Ajratilgan bo’laklar. O’zlari taalluqli bo’lgan gap bo’laklaridan ohang hamda fikran ajratilib, gapda ma'lum mustaqillikka ega bo’lgan bo’laklar ajratilgan bo’laklar dеyiladi.
Undalma. Nutq qaratilgan shaxs, prеdmеtni bildirgan sintaktik shakl undalma dеyiladi.
Kirish bo’laklar so’zlovchining gapning ayrim bo’laklari yoki butun ifodaga bo’lgan sub'еktiv munosabatini, emotsional tuyg’ularini ifodalaydi: Albatta, buyuk kashfiyotlar osonlikcha tug’ilmaydi. Yolqin akang bundan ham kattaroq bir unvonni ko’zlayapti, chamasi.
Kiritma gap mazmuniga yoki uning ayrim bo’laklari ma'nosiga oid qo’shimcha izoh, ma'lumotlar bеruvchi ifodalardir. Bular gap tarkibiga nutq jarayonida kiritilib, gap bilan logik-sеmantik jihatdan (grammatik emas) munosabatga kirishadilar.
Dostları ilə paylaş: |