Tayanch tushuncha va atamalar.
Ergash gap, bosh gap, ergashtiruvchi bog’lovchilar, ergashish formalari, gap bo’laklari va ergash gaplar, havola bo’lakli bosh gaplar, shartlanganlik munosabatini ifodalovchi ergash gaplar, hol urinli ergash gaplar.
Mavzuga oid muammolar
1. Aytaylik, tashqarida qor yog’yapti. Mana shu voqеa-hodisa asosida ham tеng aloqali, ham tobе aloqali gap tuzish mumkin. Siz ham shunday gap tuzing va nima sababdan bu hodisa to’g’risida ikki xil gap tuzish mumkinligini tushuntiring.
2.Ergash gapli qo’shma gap, bog’langan qo’shma gap, bog’lovchisiz qo’shma gaplar o’zaro sinonimik munosabatlarga ega. qanday paytda shunday holat yuz bеradi? Fikringizni dalillar asosida isbotlang.
3.Hozirgacha ergash gaplarning 14 turi aniqlangan.Bu turlarga nom qo’yishda gap bo’laklarining nomidan foydalanilgan.Aniqlovchi, to’ldiruvchi, ega, kеsim ergash gaplar buning isbotidir.Nima sababdan shunday yo’l tutilgan? qolgan ergash gaplarni hol ergash gaplar dеsak to’g’ri bo’ladimi?
Dostları ilə paylaş: |